13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi
Reja:
1.
Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit.
2. Muhammad payg’ambar (a.s) hayoti va faoliyati.
3. Islomda mazhablarning paydo bo`lishi.
4. Tasavvuf va hozirgi zamon.
Tayanch tushunchalar:
Islom,Hijoz, quraysh, haniflar, muslim, umma, halifa,
vahiy, Qur’on, hadis, sunnat, suhuf, sura, Usmon mus’hafi, ro’za, zakot, shariat,
farz,
shialar,
mazhab,
mutakallimlar,
mu’taziliylar.Oyat;
Pora,
juz’;Pergament,Tafsir,
Hofiz;Qiroat;Hadis;Sunnat;Roviy;Isnod;Sahih;Zaif;Muhaddis;
1.Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg’ambar (a.s)
hayoti va faoliyati.
Islom dini yuzaga kelishi jihatidai jahon dinlari ichida uchinchi o’rinda turadi.
Islom dini Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo, Kavkaz
xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o’rin tutadi va ayni vaqdda ham ularning
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazib kelmokda. Eron,
Pokiston, Afg’aniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari
mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDX, davlatlari xududida
Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston
xalqlari o’zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli
qit’alarda yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy
farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan
hamda jahon ijtimoiysiyosiy va madaniy hayotida salmoqli o’rinlardan birini
egallaydi. XX asrda musulmonlar dunyo aholisining 15-16 foizini tashkil etgan
bo’lsa, bugungi kunda bu ko’rsatkich Er yuzidagi har besh kishidan birini tashkil
etmoqda. 2025 yilda esa, dunyo aholisini 30 foizini islomga e’tiqod qiluvchilar
tashkil etishi mumkin. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.),
Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63
mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.),
Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir.
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston Yarimorolida paydo bo’lgan.
Yarimorol aholisining asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi
arafasida arablar asosan chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Arabistonning qulay
geografik o’rni (hududidan g’arb va Sharq davlatlarini bog’lovchi karvon yo’llari
o’tgan va uchta qit’ani tutashtirib turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik
qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi Yarimorolning hududlarida
turlicha bo’lgan. Uning bepoyon cho’llarida yashagan ko’chmanchi arablar
chorvachilik bilan shug’ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va
Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yuli
o’tgan janubi-g’arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, sun’iy sug’orishga
asoslangan dehqonchilik va qisman xunarmandchilik rivojlangan. Milodiy I asrda
Arabistonning janubi-g’arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV—VI
asrlarda bu erla Makka. Yasrib, Toif singari yirik shaharlar mavjud edi. Ularda
istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining daromadini karvon yo’llaridan kelayotgan
boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy
jonlanish natijasida ko’chmanchi chorvador qabilalarda urug’-qabilaviy
munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo’lish jarayoni
kuchaygan. Islomgacha bo’lgan davrda Arablarda johiliya davri hukm surgan.
«Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik- nodonlik», ma’nolarini beradi. Bu
davrda axloqsizlik, nodonlik, sudxo’rlik, xotin-qizlarga past nazar bilan qarash
holatlari kuchayib borgan edi. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif,
Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o’z ichiga olgan qismini
qadimdan Hijoz deb atalgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga
kelguniga qadar «ko’pxudolilik» e’tiqodi hukm surardi. Islomgacha Arabistonda
turli xil dinlar mavjud edi. Semit qabilalari an’analariga ko’ra, quyosh, Oy,
tabiatning bejilov kuchlari, turli xudolar va ruhlarga sig’inganlar. Har bir
qabilaning o’z xudolari, totem yoki fetishlari mavjud bo’lgan. Ular gohida bir-
biriga qarama-qarshi edi. Qabilaning diniy tasavvurlari faqat mazkur qabila
a’zolarininggina birligini ta’minlagan, umumarab dini esa yo’q edi. “Allohning
Rasuli dunyoga kelishi arafasida Arabiston yarim orolida tarqoq, qabila tuzumida
istiqomat qiladigan xalqlar butparastlik va jaholat botqog’iga botib qolgandilar.
Payg’ambar Ibrohim (a.s.) va uning o’g’li Ismoil (a.s.) tiklagan muqaddas Ka’ba
but va sanamlarga to’lib bo’lgandi. Qabilalar tinmay o’zaro janglar olib borar,
ijtimoiy va mulkiy tengsizlik chidab bo’lmas darajada edi. Jaholat shu darajaga
borgandiki, ayrim qabilalarda qiz farzand dunyoga kelsa, uni tiriklayin ko’mib
yuborar edilar”. Demak, Arabistondagi iqtisodiy inqiroz, tarqoq qabilalarni
birlashtirishga intilish Yangi mafkuraga talabni kuchaytirgan va islom shunday
mafkura sifatida vujudga kelgan. Qadimgi arablarning diniy tasavvurlari jumlasiga
totemizm, fetishizm, animizm elementlari va o’tmish ajdodlar ruhiga sig’inishni
kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko’pgina qabilalarning
nomlarini keltirish kifoya: asad “arslon”, kalb “it”, bakr “bo’taloq”, sa’lab “tulki”,
zi’b “bo’ri” va h.k. Barcha somiy xalqlarga xos bo’lgan samoviy jismlarga
sig’inish, ya’ni astral kultlar arablar orasida ham keng tarqalgan edi. Arabistonda
har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulti bir vaqtda paytda paydo bo’lgan emas,
albatta. Ular uzoq vaqt shakllanganlar. Biroq, keyingi davr islom tarixchilarning
xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga
ibodat qilishni targ’ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo’lgan.
Keyinchalik butlarga sig’inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but-
sanamlarga sig’inish – dinning Yangi bosqichi bo’lgan. Ibn alKalbiyning (v. 763
y.) «Kitob al-asnom» asarida ta’kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab
qabilasi o’z sanamiga ega edi. Tez-tez bo’lib turadigan qabilalararo urushlardan
so’ng, odatda, mag’lub qabila g’olib qabila sanamiga sig’ina boshlardi. Ba’zida
g’olib qabila mag’lub qabilaning sanamini ham o’z sanamlari safiga qabul qilishi
mumkin edi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud
bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi.
Makka eski Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’baga sanamlar
to’plandi. Ibn al-Asirning (vafoti 1232 y.) uqtirishicha, Makka fath etilgan 630 yili
Ka’ba ichida 360 ta sanam bo’lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko’rinadi,
ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo’lsa, u Ka’baga
shuncha nusxada qo’yilgan bo’lishi mumkin. Islomdan oldin Arabistonda Yahudiy
jamoalari mavjud bo’lgan. Arabiston Yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis,
tafsir, sira (Payg’ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi
adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va
hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi
Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil. av. 552-
542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o’ziga poytaxt qilib olgan
Nabonid bu erdagi shaharlarni o’zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini
ko’chirgan; ularning ko’pchiligini Yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan
oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30
ming Yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davom etgan
edi. Shundan so’ng ham ba’zi Yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib
ketgandilar. Arabiston yarim orolida Yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini
ham tarqaldiIjtimoiy ziddiyatlar va arab qabilalarining og’ir tanglikdan chiqish
uchun markazlashgan mustaqil davlatga birlashishga harakatlar kuchaygan. Buning
uchun tarqoq arab qabilalarini birlashtiruvchi mafkura zarur edi. Islom dini tarqoq
qabilalarni birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqqan. VI asrda
Janubiy Arabistonda haniflar (arabchada — chinakam e’tiqod qiluvchilar,
taqvodorlar degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni yakka xudolikka da’vat etuvchilar
harakati keng yoyilgan. Ularni «haniflar» deb atalganligining sababi hozirgacha
aniq emas. Ayrim manbalarda harakat ishtirokchilarining ko’pchiligi “banu hanifa”
urug’idan chiqqanligi bois shunday nom berilganligi qayd etiladi. Ular sanamlar,
fetishlar va turli xudolarga sig’inishni qoralab, Yagona xudoga sig’inishga da’vat
qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |