15-laboratoriya mashg’uloti. Invertor turini tanlash va hisoblash Ishdan maqsad: Fotoelektrik tizimlar uchun invertorlar
Invertorlar AB da doimiy tokni o‘zgaruvchan tokka o‘zgartirish yoki quyosh panellarida doimiy tokni markaziy elektr ta‘minoti tarmoqlaridagi anolog tok kabi o‘zgartiradi.
Tarmoq bilan bog‘langan tizimlarda invertorlar (tarmoq invertorlari) quyosh panellaridan energiyani qabul qilib ularni o‘zgaruvchan tokka aylantiradi, so‘ngra tarmoqqa ham uzatadi.
Ko‘pchilik quyosh panellari doimiy tok ishlab chiqaradi. Integratsiyalashgan invertorlar bilan qo‘llaniladigan panellar ham bo‘lib ular mikroinvertorli AS panellar deb nomlanadi (8- rasm).
8-rasm. Quyosh panelining orqasida joylashgan mikroinvertor
Ularning afzalliklari shundaki, oson sozlash, bunday panellarni fotoelektrik tizimga oson qo‘shish yo‘li bilan masshtabini kengaytirish imkoniyatidir. Bunday invertorlar faqat tarmoq bilan bog‘langan tizimlarda ishlatiladi.
Avtonom tizimlarda standart maishiy qurilmalarni 220 V o‘zgaruvchan kuchlanish bilan ta‘minlash uchun AB yoki quyosh panellaridagi tokni o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, rezerv tizimlarda ham ushbu muammo – AB dagi doimiy tokni o‘zgartirish va odatiy jihozlarni ta‘minlash. Ko‘pgina invertorlar mavjud bo‘lib, ular quvvati va turlari bilan farqlanadi. Ulardan ba‘zilari – yuqori samaradorilkka ega. Agar invertor ko‘p hollarda yuklamasiz bo‘lsa, kutish rejimida iste‘mol qilinadigan kichik quvvatni berish kerak. Agar u ko‘p hollarda yuklamani ta‘minlaydigan bo‘lsa, unda maksimal FIK ga ega invertor tanlash kerak bo‘ladi.
Quyosh paneli doimiy tok ishlab chiqaradi, AB esa doimiy tok ko‘rinishida energiyani saqlaydi, lekin ko‘pchilik jihozlar 220 V yoki 380 V o‘zgaruvchan tok kuchlanishini talab qiladi. Invertor domiy tokdagi kichik kuchlanishlar 12, 24, 32, 36, 48, 96, 120 V ni yuqori kuchlanish 220 V ga o‘zgartirib beradi. O‘zgartirish vaqtida energiyaning bir qismi yo‘qoladi, ya‘ni 5% dan – 20 % gacha, bu esa uning ish rejimi vaqtida sifatining darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Invertorlar har xil quvvatda bo‘lib ularning turi qo‘llash holatiga qarab tanlanadi. Kichik avtonom tizimlarda kamquvvatli invertorlar (100- 1000Vt) televizor, radio, lampochkalar va boshqa jihozlarni ta‘minlash uchun foydalaniladi. Bu invertorlarda kirish kuchlanishi 12 V yoki 24 V chiqish kuchlanishi esa 220 V bo‘ladi. Katta quvvatli invertorlarda kirish kuchlanishi 24 V, 48 V yoki 96 V yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Arzon iinvertorlar generatsiya vaqtida energiyani bosqichli yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda yoki umumiy nom bilan kvazisinusoidal yoki modifikatsiyalashgan sinusoida signal shaklida o‘zgartiradi. Kuchlanishning bunday shakli har doim ham hamma jihozlarga to‘g‘ri kelmaydi. Sof sinusoidal invertorlar tarmoqdagi kabi sifatli tok kabi istalgan yuklamani muammosiz ta‘minlay oladi.
Dostları ilə paylaş: |