15-Ma’ruza Mavzu;Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. Reja



Yüklə 52,32 Kb.
səhifə1/4
tarix01.05.2023
ölçüsü52,32 Kb.
#105451
  1   2   3   4

15-Ma’ruza
Mavzu;Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.
Reja;

  1. Seminar mashg’uloti tipologiyasi.

  2. Seminar mashg’ulotini tashkil etish va tayyorlanish.

Turlari bo’yicha seminar mashg’ulotlarini taxlil qilish
Tayanch tushunchalar: o‘quv mashg‘uloti, seminar, seminar mashg‘ulotining turlari, amaliy mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulotlarning turlari, laboratoriya mashg‘uloti, laboratoriya mashg‘ulotlarining turlari.
I. Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish.Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar asosan, talabalarning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini o‘tagan. XX asr boshlarida seminar mashg‘ulotlari talabalrning umumiy ilmiy duyoqarashani kengaytirishda, ularni muayyan fan, tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan.
Ilmiy davrlarda ham olib borilgan tadqiqotning avtoreferati, hisobotlari, ilmiy ma’ruza va ocherklar ham seminar shaklida tashkil etiladigan anjumanlarda soha mutaxassislari e’tiboriga havola etiladi. Bu kabi seminarlarda, odatda, olimlar o‘rtasida ilmiy munozaralar tashkil etiladi. Masalan, 1874 yildan 1875 yilgacha Kiev-Mogilyan akademiyasida professori M.Avenariusius tashabbusi bilan seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar keng qo‘llanila boshlandi1.

Seminar (lot. “seminarium” – 1) bilimlarni ko‘chirib o‘tkazish; 2) manba, maskan) – OTM tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining muhim shakllaridan biri


U o‘quv fani bo‘yicha dasturda belgilangan mavzu bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida muhim, bir qadar murakkab masalalarning muhokamasini tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi. Seminar mashg‘ulotlari chog‘ida talabalarning nazariy bilimlari boyiydi, ularda mustaqil fikrlash, axborotlarni izlash va tahlil qilish, bahs-munozaraga kirishish, muammo yuzasidan to‘g‘ri xulosalarga kelish, o‘z fikrini ilgari surish va uni himoya qilish qobiliyatlari rivojlanadi.


Seminar mashg‘ulotining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimini real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. Shu sababli seminar mashg‘ulotlari talabalarni ta’lim jarayonida faol qatnashishga jalb etish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Mashg‘ulot maqsadiga erishish uni tashkil etish jarayonida qator vazifalar hal etilishi lozim. Ular seminar mashg‘ulotining funktsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
O‘quv mashg‘ulotining bu shakli muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ya’ni:



  • nazariy ma’lumotlarni tartibga solish va mustahkamlash;

  • mavjud bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;

  • amaliy hamda tadqiqot ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish;

- talabalarningo‘quv-bilishfaoliyatininazoratqilish

Bu kabi mashg‘ulotlarda pedagog va talabalar o‘rtasidagi faol muloqot asosida mavjud nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish uchun talab qilinadigan zarur shart-sharoit ta’minlanadi.


Seminar mashg‘ulotlarining muayyan turlari mavjud. Ularni quyidagi tipologiyada ko‘rish mumkin (16-jadval):

Yüklə 52,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin