17-Mavzu: Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja: Skaner va uning turlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#120480
  1   2   3   4
17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner

17-Mavzu:Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari

Reja:

  1. Skaner va uning turlari

  2. Qo‘l skaneri

  3. Uch o‘lchamli obyektlarni skanerlash. Grafik planshet


Grafik axborotlarni kiritish qurulmalariga skaner va grafik planshetlar kiradi.
Skaner (scanner) – tasvirni (matnni) avtomatik tarzda kom- pyuterga kiritish qurilmasidir, ya’ni kiritilayotgan obyektning raqamli tasvir nusxasini yaratadi.
Skanerlarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar:

  1. Optik ruxsat berish, ya’ni skanerlovchi moslamadagi yorug‘likni sezadigan elementlarning soni ishchi sohaning kengligiga bo‘linishi bilan aniqlanadi. Ruxsat berishning o‘lchamini belgilash uchun bir necha o‘lchash birligidan foydalaniladi: dpi (dots per inch) – dyuymdagi nuqtalar; ppi (pixels per inch) – dyuymdagi piksellar;

  2. Mantiqiy ruxsat berish. Bu ko‘rsatkich dasturiy ta’minot yordamida, ya’ni dastur-drayverning o‘zi yetishmayotgan nuqta- larni sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishiga erishiladi.

  3. Skanerlash tezligi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahi- fani skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.

  4. Razryadligi yoki rang chuqurligi. Tasvirning skanerlan- gan nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘r- satadi. SSD matritsasining sifati esa ARO‘ (analog – raqamli o‘zgartirgich) ning razryadi bilan aniqlanadi.

Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish im- konini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rang- li asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha tebranadi. Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold) skanerlari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tarkibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.
Zamonaviy skaner turlarini ko‘rib chiqamiz.
Qo‘l skaneri yorug‘lik manbayi va yorug‘lik diodidan tashkil topgan chizg‘ichdan iborat. Bu qurilma yordamida qandaydir hujjatni kompyuterga kiritish uchun skanerlovchi moslamani mos keluvchi tasvir ustidan keskin harakatlarsiz o‘tkazish kerak. Odatda, kiritiladigan tasvir kengligi qo‘l skanerlari uchun 4 dyuym (10 sm) dan oshmaydi. Zamonaviy qo‘l skanerlari kiritilayotgan tasvirlarni avtomatik «yopishtirish»ni ta’minlaydi, ya’ni alohida kiritilgan qismlardan butun tasvirni shakllantiradi.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin