4-mavzu.Grafik modellashtirish.Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni
grafik imkoniyatlaridan foydalanish.
Reja:
1.Grafik modellashtirish.
2.3D Max, CATIA, KOMPAS, Solid Works, AutoCAD,Parasolid,Solid Edge,
CorelDraw amaliy dasturlari misolida grafik modellashtirish.
Tayanch so’z va iboralar:vizuallashtirish, grafika, grafik dasturlar,
vektorli grafika,
rastrli grafika, fractal grafika,Adobe
PhotoShop, CorelDraw,
Adobe
Illustrator,vizuallashtirish, uch o’lchamli grafika,3D,AUTO DESK 3D
MAX, KOMPAS, Solid Works, CATIA,
grafik model, matematik model,
MathCad.
Grafik modellashtirish.
Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng ko’p tarqalgan yo’nalishlardan
biri-bu kompyuter grafikasidan foydalanishdir.Bu yo’nalishda
faqatgina
professional dizayner yoki rassomlar emas,balki
oddiy foydalanuvchilar ham
ishlashi mumkin.Buning uchun maxsus kompyuter grafikasi programmalari
bo’lishi zarurdir.
Ma’lumki,har qanday korxona yoki firma o’z
faoliyatida gazeta yoki
jurnalda reklama e’lonlar berishi,buklet chiqarish zaruriyati paydo bo’ladi.Yirik
firma va kompaniyalar bunday ishlarni professionallar qo’liga topshiradilar.
Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega bo’lgan kichik korxonalar esa bu ishni
asosan
o’z
imkoniyatlariga
ko’ra
bajaradilar.Zamonaviy
multimedia
programmalari kompyuter grafikasisiz ishlay olmaydilar.Ommaviy
holda
qo’llaniladigan programmalar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu
programmalarni bezash uchun sarflanadi.
Kompyuter grafikasining turlari:
Kompyuter grafikasi programmalari 3 turga bo’linadi:
1.Rastrli grafika
2.Vektorli grafika
3.Fraktal grafika
Bu programmalar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish
usullari bilan farq
qiladi.