Mavzu:Hayvonotlarning bir-biriga o`xshashligi va farqli jihatlari.
Reja:
Hayvonlar to`g`risida umumiy ma’lumot.
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti.
Hayvonlarning o`xshashligi va farqli jihatlari.
Hayvonlarning ahamiyati.
Hayvonlar, hayvonot dunyosi — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. Hayvonotning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. Hayvonot — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. H.da metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: mus-kul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi H. uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sel-lyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq Hayvonot bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy.
Masalan, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida Hayvonotga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (mas, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). Hayvonot bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. Hayvonot va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.
Tabiatda va odam hayotida Hayvonot katta ahamiyatga ega. Hayvonot — barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Hayvonot oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va Hayvonot qoldigʻi bilan oziqlanadigan Hayvonot Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich Hayvonot tabiatda zararkunanda Hayvonotning sonini cheklab turishga yordam beradi. Hayvonot odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. Hayvonot orasida qishloq xoʻjaligi, odam va Hayvonotga ziyon keltiradigan parazit turlari ham koʻp. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra hozirgi davrda har kuni Hayvonotning bitta turi yoʻqolib bormoqda. Hayvonotni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsa-dida deyarli barcha mamlakatlarda qonunlar qabul qilingan; maxsus qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 184 hayvon turi kiritilgan.
Hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. Zoologiya keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o’rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o’rga nadi.