17-mavzu: Munfasil harflar
Dars maqsadi:
Muttasil (qo‘shilgan) va munfasil (ayrilgan) harflar haqida ma’lumot berish.
Kerakli jihozlar: alifbo, darslik, doska, bo’r.
Ishni bajarish tartibi:
Harflarni ikki guruhga : muttasil va munfasil harflar guruhiga ajratish.
Munfasil (ayrilgan) harflarni 2 xil shaklini yozib mashq qilish.
Muttasil (qo’shilgan) harflarni 4 xil shaklini yozish, mashq qilish.
Arab-o‘zbek alifbosida harflar soni 32 ta bo‘lib, ular yozuvda o‘gdan chapga tomon yoziladi. Alifbodagi harflar yozuvdagi (alohida, so‘z boshida, so‘z o‘rtasida va so‘z oxirida) ko‘rinishlari va harflarning bog‘lanishlari jihatidan o‘ziga xos guruhlarga bo‘linadi. Arab alifbosidagi harflarni yozuvdagi ko‘rinishiga ko‘ra ikki turga ajratish an’anaga aylangan. Ular muttasil harflar va munfasil harflar deb nomlanadi. Muttasil harflar (ikki tomonlama qo‘shiluvchi harflar) yozuvda to‘rt ko‘rinishga ega bo‘lsa, munfasil harflar (bir tomonlama qo‘shiluvchi harflar) esa yozuvda ikki ko‘rinishli bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda ularning yozuvdagi ko‘rinishlari alohida va bog‘langan deb ataladi.
Muhokama uchun savollar:
1.Ayrilgan harflarga ta’rif bering
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.Muttasil va munfasil harflarga ta’rif berish.
2.Munfasil harflarni (bir tomondan qo’shilib yoziluvchi) harflarni yozish, ular ishtirokida so‘zlarga misollar yozing.
3.Muttasil (har ikki tomondan qo’shiluvchi) harflarni har birini bir necha qatordan yozib chiqing. Ular ishtirokidagi so‘zlarga misollar keltiring.
Mavzu bo‘yicha asosiy xulosalar:
Muttasil harflar 25 ta bo’lib ular har ikki tarafdan qo’shilib yoziladi
va bu harflar yozuvda 4 xil ko‘rinishga ega
Munfasil harflar 7 ta bo’lib yozuvda 2 xil ko‘rinishga ega. ko‘r
Mavzuga oid adabiyotlar:
Abdusamatov M. Fors tili. 9-12 bet. 28-35 bet.
Jumaniyozov R. Eski o‘zbek yozuvi. «O‘qituvchi». Toshkent. 1989 y. 101-104 bet.
Xalilov . Fors tili. «O‘qituvchi».Toshkent. 1992 yil.1-33 betlar. O‘qituvchi
Dostları ilə paylaş: |