2 – амалий машғулот Мавзу: Rezervuarlardagi zaxiralarni hisoblash



Yüklə 107,79 Kb.
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü107,79 Kb.
#130502
  1   2
12 amaliy


2 – амалий машғулот
Мавзу: Rezervuarlardagi zaxiralarni hisoblash

2.1. Neft mahsulotlari omborlari klassifikatsiyalari.


Neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar ikki guruhga: mustaqil neft mahsuloti omborlari va korxona qaramog`idagi neft mahsulotini saqlovchi omborlariga (skladlar) bo’linadilar.
Mustaqil neft mahsuloti omborlari (1 – guruh) neft mahsulotlarini saqlash, iste‘molchilarga taqsimlash, uzatish kabi ishlarni bajaradi. Korxona qaramog`idagi (2 – guruh) neft omborlari, kichik sklad ko`rinishida bo`lib, ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona tsexlarini va boshqa xo`jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun xizmat qiladilar. Ular to`g`ridan – to`g`ri joylashgan xizmat qilayotgan korxona rahbariyatiga bo`ysunadilar. Ular neft mahsulotlarini taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft mahsuloti omborlaridan oladilar.
Neft mahsuloti ombori rezervuarlar saroyining hajmiga ko`ra 3 ta kategoriyaga bo`linadilar. 1 – kategoriyaga – umumiy hajmi 100*103 m3 va undan ortiq bo`lgan neft mahsuloti omborlari; 2 – kategoriyaga – umumiy hajmi 20*103 m3 dan 100*103 m3 gacha bo`lgan neft mahsuloti omborlari; 3 – kategoriyaga – umumiy hajmi 20*103 m3 gacha bo`lgan neft mahsuloti omborlari kiradi.
Operativ bajaradigan ishlariga ko`ra neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchilarga bo`linadilar. Taqsimlovchi (1 – guruh) neft mahsuloti omborlari o`z sferasi karamog`ida barcha korxona, tashqilot va boshqa iste‘molchilarga neft mahsulotlarini taqsimlash (ta‘minlash) ishlarini bajaradilar. Uzatuvchi neft mahsuloti omborlari esa, bir transport orqali olib kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib, keyin ularni boshqa transport vositalari orqali iste‘molchilarga (taqsimlovchi neft mahsuloti omborlariga) uzatadilar. Masalan, suv transportida keltirilgan mahsulotlarni qabul qilib (saqlab), keyin ularni boshqa tur transportlar (temir yo`l, quvur) orqali iste‘molchilarga uzatiladi. Neft mahsuloti omborlari yong`indan xavfsizlik talablariga ko`ra korxona va boshqa ob‘ektlardan ma‘lum uzoqlikda, maxsus ajratilgan maydonda joylashadilar. Ular orasidagi masofa qurilish norma va qoidalari orqali aniqlanadi.

    1. Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan ishlar.

Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan operatsiyalar (ishlar) asosiy va qo`shimcha operatsiyalarga bo`linadilar.
Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- Barcha turdagi transport vositalari orqali ketirilgan neft mahsulotlarini qabul qilish;
- Neft mahsulotlarini rezervuarlarda va idishli omborlarda saqlash;
- Katta partiyadagi neft mahsulotlarini temir yo`l tsisternalarida yoki quvurlarda tarqatish;
- Kichik partiyadagi neft mahsulotlarini yoqilg`i quyuvchi stantsiyalar orqali (AZS) quyuvchi idishli skladlar orqali iste‘molchilarga tarqatish.
Yordamchi operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- Yuqori qovushqoqlik neft mahsulotlarini va yog`larni tozalash;
- Ishlatish yog`larni regeneratsiya qilish;
- Kichik idishlarni tayyorlash va ta‘mirlash.
Yordamchi operatsiyalar, asosan, quvvati katta bo`lgan neft mahsuloti omborlarida bajariladi.

    1. Neft mahsuloti omborlari va ularning joylanishlari.

Neft mahsuloti omborlari, asosan, 6 ta zonadan (bo`limdan) tashqil topgan bo`ladi.
- neft mahsulotlarini qabul qilish zonasi (temir yo`l yoki suv transportidan) ;
- neft mahsulotlarini saqlash zonasi;
- operativ zona;
- yordamchi texnik qurilishlar zonasi;
- administrativ va yordamchi imoratlar zonasi;
- tozalash qurilmalari zonasi.
Neft mahsuloti omborining umumiy tarzdagi chizmasi quyidagidan iborat.

Temir yo`l neft mahsuloti omborining bosh rejasi bo`yicha zonalarga bo`linish chizmasi.
I – zonada temir yo`l transportida olib qilingan neft mahsulotlarini tushirish (ortish) operatsiyalari bajariladi. U yerda to`kuvchi – quyuvchi estakada, nasoslar, mahsulotlarni idishlarda saqlovchi omborlar, laboratoriya va boshqa qurilmalar joylashgan.
II – zonada neft mahsulotlari saqlanib, tegishlicha, rezervuarlar, gaz yig`uvchilar, nasoslar joylashgan.
III – zona operativ zona (tarqatuvchi) bo`lib, u yerda neft mahsulotlarini kichik partiyada avtotsisternalarda, konteynerlarda va bochkalarda tarqatadi. Bu yerda nasoslar, idishlarda saqlovchi omborlar, quyadigan kalonnalar va boshqa maydonchalar joylashgan.
IV – bu yordamchi qurilishlar zonasi bo`lib, bu yerda mexanik payvandlash ustaxonalari, bug`latuvchi qurilmalar, elektrostantsiya, transformator podstantsiyasi, isituvchi qozonlar, yoqilg`i va materiallar skladi, laboratoriya va boshqalar joylashgan.
V – boshqaruv – xo`jalik imoratlar va qurilishlar zonasi bo`lib, boshqaruv idoralari, qoravulxona, garaj va boshqalar joylashgan.
Neft mahsulotlari omborlarining maydoni ularning mahsulotlarni saqlash hajmiga bog`liq bo`ladi. Masalan, mahsulot saqlash hajmi 10000 m3 bo`lganda maydoni (8 ÷ 10) · 104 m2; 20000 m3 bo`lganda (15 ÷ 19) · 104 m2; 50000 m3 bo`lganda (27 ÷ 29) · 104 m2 bo`ladi va x.k.
2.4. Neft mahsuloti omborining rezervuar saroyi hajmini aniqlash.
Rezervuar saroyi, neft mahsuloti omborining eng qimmat ob‘ektlaridan biri bo`lib, uning hajmini kelgusidagi rivojlanishini hisobga olib aniqlash katta ahamiyatga ega. Rezervuar saroyining hajmi ortiq ham va kam ham bo`lishi kerak emas. Bu transportlarni bo`sh qolishini va texnologik jarayonlarning izdan chiqishini sodir etadi. Saroy hajmi, neft omborining turiga, yuk almashishiga va yuk olib kelish va olib ketish sharoitiga bog`liq bo`ladi. Agar olib kelish va olib ketish sinxron tarzda bajarilsa, rezervuar saroyi kerak bo`lmaydi. Aniq sharoitlarda olib kelish bilan olib ketish to`g`ri kelmaydi. Bu o`z navbatida rezervuar saroyining bo`lishini taqozo etadi.

Temiryo‘l berk estakadalarining umumiy chizmalari:

Yüklə 107,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin