2- amaliy mashg‘ulot



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə1/4
tarix30.11.2022
ölçüsü57,5 Kb.
#71436
  1   2   3   4
2-amaliy mashg\'ulot (1)

2- AMALIY MASHG‘ULOT


Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili unlilar tizimi, undagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar. Eski o`zbek yozuvi harfiy belgilarini hosil qiluvchi shakllar. Unli tovushlarning yozuvda ifodalanishi.
Reja:
1. Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o’zbek adabiy tili davri va unlardagi fonetik jarayon
2. O’rxun-Enasoy yozuvida unli va undoshlarning ishlatilishi
3. Eski o’zbek yozuvidagi matnlar ustida ishlash


Darsning shiori: Har qanday maqsadning o’z yo’li bor, Jannatning yo’li esa ilmdir (Hadis un-Nabaviy)


Ishdan maqsad: Qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishi bo’yicha talabalarda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.

Hozirgi turkiy tillarning unli fonemalar (tovushlar) tizimi sifat belgilari va miqdor belgilariga ko`ra turli turkiy tillarda ma’lum o`xshashliklar mavjud bo`lishi bilan birga, ayrim farq va ayrimliklarga ham egadir. Turkiy tillardagi unli fonemalar ana shu farqlantiruvchi belgilari jihatdan dastlab miqdor belgilari va sifat belgilariga ko`ra tasnif qilinadi va qiyoslanadi.


Miqdor belgilariga ko`ra hozirgi turkiy tillar unlilari cho`ziq-qisqaligi bilan farqlanadi. Turkshunoslik adabiyotlarida qadimgi turkiy til va hozirgi turkiy tillarning unli tovushlar qiyofasini hisobga olgan holda ularni qisqa va cho`ziq shakllariga ega bo`lgan 8 unlidan iborat deb qabul qilingan. Bular quyidagilar:
Qisqa unlilar: a, ә, o, ѳ, u, ү, i, ы,
Cho`ziq unlilar: a:, ә:, o:, ѳ:, u:, ү:, i:, ы:
Cho`ziq-qisqalik xususiyatlariga ko`ra qadimturkiy tillarda mavjud bo`lgan bu tizimni hozirgi turkiy tillarning hammasiga ham taalluqli deb bo`lmaydi, chunki bu, bir tomondan, hozirgi yoqut, tuva, ayrim o`g‘iz guruh tillar (turkman,ozarbayjon, gagauz, turk, o`zbek tili xorazm dialektlarida) saqlanib qolgan bo`lsa, boshqa barcha hozirgi turkiy tillar qadim turkiy cho`ziq juftlarini yo`qotib, qadimgi sakkiz qisqa unli, hatto undan ham kam (o`zbek tilida olti unli) shakllariga kelib qolgan, ikkinchi tomondan, tuva, karagas va boshqa ayrim turkiy tillarda yarim cho`ziq xususiyatiga ega bo`lgan “farengal” (tilning orqa tomoni va bo`g‘izning taranglashishidan hosil bo`ladigan tovush) unlilar ham mavjud. Shuning uchun hozirgi turkiy tillar unli fonemalarini miqdor jihatidan aniq belgilash qiyin. Faqat odatdagi unli fonemalariga ega bo`lgan hozirgi turkiy tillar 6 (o`zbek), 7,8 (boshqa turkiy tillar) unlili tillar bo`lsa, cho`ziq juftlari bilan birga ayrim turkiy tillarda unlilar miqdori 18 va undan ham oshishi mumkin. Masalan, gagauz tili grammatikalarida unlilar 18 fonema sifatida beriladi: a, ы, o, u, ye, i, o:, u:, a:, aa, ыы, oo, uu, yee, ii, o:o:, u:u:, a:a:. Bundagi so`nggi a:a:, o:o: kabi unlilarni tilshunoslikda o`ta cho`ziq (ultra cho`ziq) unlilar ham deb yuritiladi.
Hamma yozuvlarda bo’lganidek, dulbarchin (O’rxun-enisey) yozuvi ham zamoni va makoni bilan bog’liq bo’lgan ayrim shakliy farqlar tufayli o’rxun, turfon va enisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi o’rxun variantidir.
O’rxun yozuvida unli tovushlarni bildiradigan to’rtta, enisey bitiklarida esa beshta harf bor.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin