2- modul: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja



Yüklə 36,43 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü36,43 Kb.
#185889
2- modul qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja-fayllar.org


2- modul: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Reja

2- Modul: QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI.
REJA:
1. Qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi.
2. Onalik urug‘chilik davrida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari.
3. Patriarxat davrida jismoniy tarbiya xususiyatlari.
4.Patriarxat davrida jismoniy mashqlar.


Tayanch so`z va iboralar:
shamol, sel, sovuqlik, hayvonlarning hujumi, gurzi, nayza irg‘itishga, yoydan o‘q otish, katta rezina koptok, chavgon, Mikluxa-Maklay, kovak va yaxlit kauchukli koptoklar,
1. Qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi.

Jismoniy tarbiya tarixi qadimgi davrda jismoniy tarbiyaning vujudga kelish xususuyatlarini o‘rganishdan boshlanadi. Qadimgi dunyo jismoniy tarbiyasi deganda insoniyat bosib o‘tgan ikki tarixiy-ijtimoiy davr – ibtidoiy jamoa tuzumi va quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyasi tushuniladi.


Insoniyatning eng qadimgi davr tarixi 3-3,5 million-yil avval boshlanib, milodiy IV asrgacha davom etgan. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, odamzod dastlab Afrika, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. Keyinroq esa Osiyo va YYevropaning boshqa hududlariga kirib borgan. O‘rta Osiyoda ham eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay sharoitlar majud bo‘lgan. Ilk davrlarda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar va turli tabiiy ofatlardan (shamol, sel, sovuqlik, hayvonlarning hujumi va h.k.) saqlanish uchun harakat qilganlar.
Inson uchun kerakli hayotiy malaka va ko‘nikmalar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilingan. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan o‘rgangan hamda ularga taqlid qilib rivojlantirgan.
Qadimgi davr odamlari hali dehqonchilik va chorvachilikni bilmaganlar. Qadimgi odamlar mehnatining asosini ovchilik va termachilik tashkil etgan. Bu davrda odamlar yirik hayvonlarni – mamont, ulkan ayiq, bizon, zubr, yovvoyi ot, buqa qabi hayvonlarni ovlaganlar. Yirik hayvonlarni ovlash juda qiyin bo‘lgan. Buning uchun bu davrda jamoa bo‘lib, ovchilikning turli usullaridan foydalanganlar. Qadimgi odamlar mehnat va yashash uchun kurash jarayonida aqliy va jismoniy rivojlanishi tezlashgan. Ular ov qurollarini yasash, olov yoqish, kiyinish, jismonan baquvvat bo‘lish uchun bolalarni maxsus mashqlar bilan tayyorlash kabi juda ko‘p ijtimoiy turmush tajribalariga ega bo‘lganlar.
Turli mustahkam va o‘tkir uchli yengil nayzalarning, o‘q va kamonning paydo bo‘lishi ovchilikning takomillashuvi va ovning rivojlanishiga olib kelgan. Buning natijasida oziq-ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqargan. Natijada, o‘troqlashib yashash, bolalarni tarbiyalash imkoniyatlari kengaygan. Ibtidoiy to‘da davrida kashf etilgan oddiy yutuqlar urug‘ jamoasi va tarbiyasining vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratib bergan.
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming-yillar kerak bo‘ladi.
Urug‘ jamoasi insoniyat tarixining alohida bosqichini tashkil etadi. Xo‘jalikni idora qilishning Yangi shakllari yuzaga kelishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish holatlari ancha mustahkamlanib borgan. Ona urug‘i jamoalari paydo bo‘lgan, ularning a’zolari qarindosh-urug‘chilik munosabatlari asosida birlashib, mehnat qilganlar. Bu o‘z navbatida, jamoatchilikni yuzaga keltirgan. Tarbiya sohasida ham o‘zgarishlar yuzaga kelgan: uy-joy qurish, hunarmandchilik, tasviriy san’at (qoya toshlariga rasm chizish, yog‘och va loydan turli xil shakllarni yasash) paydo bo‘lgan, ijod qilingan (jamoada qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etish, vujudga kelgan). Ana shu davrlarda ilohiy kuchlarga ishonish, ularga bo‘ysunish, qurbonliklar keltirish kabi diniy tasavvurlar paydo bo‘lgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan turli musobaqalar, o‘yinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi va ulardan urug‘ jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalangan. Ilk bor mehnatning jins va yoshga qarab bo‘linishi amalga oshirilgan.

San’atning paydo bo‘lishi kishilarning fikr va tasavvurlarini boyitib, ularning ma’naviy dunyosini takomillashtirgan. O‘yin va raqslarda takrorlanadigan mehnat va mudofaa xususiyatidagi harakatlar faqat mehnat emas, balki jismoniy mashqlar sifatida rivoj topgan. Turli xil jismoniy mashqlarning (kurash, otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik va h.k.) o‘yinlar tarzida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat tarbiyasida tubdan o‘zgarishlar yasash uchun to’rtki bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat va tarbiya jarayonlari deyarli barcha qit’alarda turli darajada shakllanib, keyinchalik tobora rivoj topgan.


Urug‘chilik jamoasi to‘da davrining davomi bo‘lib, bundan 40-35 ming-yillar ilgari boshlangan. Bu davrda mehnat qurollari takomillashgan, o‘q-yoy kashf etilgan, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq vujudga kelgan. Urug‘chilik jamoasi ona urug‘i (matriarxat) va ota urug‘i (patriarxat)ga bo‘lingan. Ularning har biri o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyot va jismoniy tarbiya xususiyatlariga ega bo‘lgan. Matriarxat taraqqiy qilgan davrda o‘yin uchun maxsus tayyorlangan uskunalar (jundan qilingan to‘p, shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi to‘mtoq nayzalar, o‘yinchoq, palaxmon, yoy, to‘qmoq va h.k.) paydo bo‘lgan. Yoshlarni gurzi, nayza irg‘itishga, yoydan o‘q otishga o‘rgatish ibtidoiy jismoniy tarbiya yo‘nalishlaridan hisoblanib, uning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Hindular qabilasida kauchuklardan koptoklar, maxsus chana yasaganlar. Ulardan xo‘jalik yumushlari va turli musobaqalarda ham maqsadli foydalanganlar.
Sharqiy Afrikadagi ibtidoiy qabilalarda langarcho‘p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham o‘tkazilgan. Ularni turli bayramlarda namoyish etishgan.
Shimoliy va Janubiy Amerikada YYevropaliklarning istilosiga qadar katta rezina koptok, chavgon va raketkalardan foydalanib, o‘ynaladigan yozgi va qishki o‘yinlar rasm bo‘lganligi aniq manbalarda o‘z ifodasini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida suvda suzish, kanoye va baydarka xilidagi yyengil uzunchoq qayiqlarda eshkak eshish ham keng qo‘llanilgan. Sharqiy Braziliya xalqlari orasida qiz va yigitlar hayotida kerak bo‘lgan epchillik, chaqqonlik chidamlilik, jasurlik va qat’iyatlilik kabi qobiliyatlar hamda sifatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Qabilalarda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmagunlaricha uylanishga ruxsat berilmagan.

Ibtidoiy jamoaning yyyemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo‘lib, ularda ham o‘ziga xos jismoniy mashqlar va o‘yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo‘lib o‘yin o‘ynash an’anaga aylangan, ya’ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo‘lgan sport o‘yinlariga asos solgan bo‘lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat har­biy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan.


Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari. Ishlab chiqarish foliyatida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig‘ish davri edi. Yovvoyi hayvon ovi hali tasodifiy xarakterga ega edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat foliyati jarayonida hosil qilinar edi. Faqat yoshlar o‘sha vaqtlarda mavjud bo‘lgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlashni hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlash kerakligini katta yoshdagi kishilardan ma’lum darajada o‘rganar edilar.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi keyinchalik irg‘itiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keldi. Turli mustahkam va o‘tkir uchli yengil nayzalarning, so‘ngra esa o‘q va yoyning paydo bo‘lishi ovchilik kishining asosiy kasbiga aylantirdi. O‘sha davrdagi kishilarning qazilmalar davrida topilgan manzilgohlari odamning ancha yaxShiroq hayot kechira boshlaganidan va o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ancha katta imkonyatlarga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Chunonchi, o‘sha davrdagi odamda yosh avlodning tarbiyalashish imkoniyati tug‘ildi; bunda jismoniy tarbiya asosiy rol o‘ynadi. Odamlarining bir yerga yig‘ilishi va tasodifiy ov yo‘li bilan ovqat topish hamda birlashgan dastlabki jamoasi ham mustahkam ijtimoiy organizm emas edi. Shuning uchun ham kishilar jamoasining boshlang‘ich, ijtimoiy shaklini “ijtimoiy poda” deb atalardi.
2.Onalik urug‘chilik davrida jismoniy tarbiyani rivojlanish xususiyatlari.
Xo‘jalikning idrok qilishning Yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug‘chilik jamoasi paydo bo‘ldi, uning a’zolari birgalikda qilinadigan doimiy kollektiv mehnat va qon-qarindoshlik bilan boshlangan edi. Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi bilan asta-sekin tarbiya sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bo‘ladi, tasviriy san’at bunyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlar keng tarqaldi. Jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi. Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ jamoaning turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Mehnatning jins va yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan ibtidoiy jismoniy tarbiyada ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy tarbiyaning yanada rivojlanishida ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va tuyg‘ularini boyitdi, ularning manaviy dunyosini takomilashtirdi. O‘yin va raqslarda taqdirlanadigan mehnat va mudofa xarakteridagi ko‘pgina harakatlar endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu harakatlar jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi.
Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga kelishi ibtidoiy jamiyat kishisining tarbiyalashishida tubdan o‘zgarish yasadi. Odamlar kishini hayotiga, ayniqsa mehnat foliyatiga tayyorlashining Yangi vositasiga ega bo‘ladilar.
Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N. Mikluxa-Maklay, masalan, papuaslarning ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqasdda o‘yinlardan ham foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini”,- deb yozgan edi. Mikluxa-Maklay – tayoqlarni nayzaga o‘xshatib irg‘itishdan, kamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina yutuqqa erishishlari bilan ularni amaliyotga tadbiq etadilar. Men soatlab dengiz bo‘yida, o‘tirib, yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz bolalar bilan ham xuddi shunday hol yuz beradi, chunki ular xo‘jalik ishlari bilan juda erta shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga aylanadilar”.

Yuqoridagi rasm ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining mehnatni ifodalab, kishilarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnograflarning ta’kidlashicha, XIX asrning 60-yillaridayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalarida ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonning shaklini qumga chizib, unga nayza otish rasm bo‘lgan; bunda har bir ovchi o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat qilgan. Bunga mashq va musobaqaning ayrim elementlari qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib borganlar. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishilik o‘yinlari odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan.


Urug‘lik tuzumi onalik urug‘chilik tuzumi (matriarxat) va otalik urug‘chilik tuzumi (patriaraxat)ga bo‘lingan. Bu urug‘chilik tuzumining har biri o‘ziga xos taraqqiyot va jismoniy tarbiya xususiyatlariga ega bo‘lgan.
Onalik urug‘chilik tuzumining gullab-yashnagan davrida o‘yin uchun maxsus tayyorlangan narsalar (jundan qilingan koptok shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi to‘ntoq nayzalar, o‘yinchoq, paloxmon, o‘yinchoq yoy, bosh egri, hassa va boshqa narsalar) paydo bo‘lgan.
Yoshlarni, masalan, nayza, tayoq, suyil irg‘itishga yoydan otishga o‘rgatish ibtidoiy jismoniy tarbiya tarkibiga kirib, uning eng muhim tarkibiy qismini tashkil etgan. Yoy otishga va bumerang irg‘itishga o‘rgatish, ayniqsa, murakkab bo‘lgan.
Onalik urug‘chilik davrida bir qancha o‘yin asboblari ham ixtiro etilgan edi. Masalan: hindularda otalik urug‘chiligi davriga (ularni yYevropaliklar kashf etgan davrda) o‘tish bosqichidayoq ichi kovak va yaxlit kauchukli koptoklar, maxsus chana (“tabog‘gan”) lar bor edi; ular bu koptok va chanalardan faqat xo‘jaliklardagina emas, balki musobaqalarda ham foydalanganlar. Kolumb davridayoq Yevropaliklar hindularning koptoklari – Kostilyaliklari (Ispaniya)ning koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Hindular tomonidan rezina koptokning kashf etilishi ko‘pgina boshqa Yevropa xalqlarida ham koptok o‘yinining yanada ravnaq topishida muhim rol o‘ynadi. Ibtidoiy odamlarga suyakdan qilingan chang‘ilar, konkilar koptok bilan o‘ynashga mo‘ljalangan raketkalar ma’lum bo‘lgan.
Onalik urug‘chiligi sharoitida ayollar mudofaa faoliyatida erkak bilan baravar qatnashar edi. Mavjud etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda mushtlashish, kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda ayollarning maxsus musobaqasi, ayollar bilan erkaklar musobaqasi o‘tkazilar edi. Ba’zi bir ma’lumolarga qaraganda, ayollarning bunday mashqlari masalan; skiflarda, o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat tuzumi sharoitidagi ayrim boshqa urug‘lar orasida saqlanib qolgan.
Ibtidoiy jamoa jismoniy tarbiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yukladi. Yosh qiz va yigitlar hayotda kerak bo‘ladigan epchilik, chidamlilik, chaqqonlik, jasurlik va qat’iyatlik kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan, baroro va qonella (sharqiy Braziliya)larda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmagunlarcha hatto uylanishlari ham mumkin emas edilar. Kurash va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Braziliya tadqiqotchilaridan biri Bushan, bu badan mashqlarining qiyinligi shundaki, yugurayotgan kishi elkasida og‘ir bir yog‘och bo‘lagini ko‘tarib borishi va yugurib borib, nishonga tegizish lozim, deb yozgan edi. Meksikalik hindularda yugurish musobaqasi 20 kmlik masofani aylanib o‘tishdan iborat edi. Etnograf Sobel hindularning qaragumar qabilasidagi ayollardan ba’zilarining ancha katta masofani erkaklar bilan aniq bir vaqtda yugurib o‘tganligini kuzatgan. Sharqiy Afrikadagi ko‘pgina ibtidoiy qabilalarda langar cho‘p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham bo‘lganligi ma’lum. Chunonchi, vatusi qabilasida yugurib kelib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash turli bayramlar vaqtidagi oddiy hodisa bo‘lgan.
Ibtidoiy jamoa sharoitlaridayoq suzishning turli usullari, elementlari (masalan; krol usuli bilan suzish) ma’lum bo‘lgan, kanoye va baydarka - xilidagi yyengil uzunchoq qayiqda eshkak eshish qo‘llanilgan. etnografik materiallar Janubiy Amerikadagi ba’zi bir qabilalarda (YYevropaning mustamlaka qilib olishgacha bo‘lgan davrda) turli mashq qilish elementlari mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida dalolat beradi. Shimoliy Amerika hindularining ayrim qabilalarida (bu qabilalar kashf etilgan vaqtida onalik huquqi asosida urug‘i birlashtirilgan edi) katta rezina koptok, chovgonlardan foydalanib o‘ynaladigan xokkey to‘pidagi yozgi va qishki o‘yinlar rasm bo‘lgan.
Ba’zi bir manbalar ibtidoiy jamoa odamlarida disk uloqtirish mashqi ham bo‘lganligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, hali bu musobaqa turi har tomonlama mustaqil bo‘lmagan balki kompleks xaraktyerdagi o‘yinlar tarkibiga kirgan. “Disk” kaktus o‘simligidan tayyorlangan va yumaloq shaklda bo‘lgan. Oldin kaktusdan tikanlar tozalangan. Disk ham o‘ng, ham chap qo‘l bilan uloqtirilgan. O‘ynovchilar ikki to‘daga bo‘lingan. Birinchi to‘dadagi o‘yinchilar navbat bilan diskni uloqtiradigan paytda ikkinchi to‘dadagi o‘yinchilar (navbat bilan) uchib kelayotgan diskga yoy o‘qi bilan tekkizishga harakat qilganlar. O‘qi nishonga tegmagan o‘yinchilar o‘yindan chiqarilgan.
Yuqorida aytilgan mulohazalar hozirgi zamon sporti va jismoniy mashqlarning qator elementlari onalik urug‘chiligi sharoitidayoq paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
3.Patriarxat davrida jismoniy tarbiya xususiyatlari.
Patriarxat davrida ishlab chiqarish jarayonlari takomillashib, yanada rivojlandi. Bunda erkaklarning mehnati, yaratuvchilik fikr-mulohazalari oldingi o‘rinda turgan. Temir qurollarning paydo bo‘lishi, omoch, bolta bilan ishlash, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ovning xo‘jalik ahamiyatini kamaytirgan. Chorva mollarini boqish, qo‘lga o‘rgatish, xonakilashtirish va dehqonchilik qilishdagi tajribalar jamoada erkak­larning hukmron bo‘lishini ta’minlagan. Patriarxat oilalar vujudga kelgan.
Patriarxat taraqqiyotining dastlabki bosqichida qabilalar o‘rtasida nizolar, janjallar, ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qabila vakillarining yakkama-yakka kurashi bilan hal etilgan. Ba’zi hollarda janjalli masalalar birgalikda bayramlar tashkil etish, bir-biriga sovg‘alar berish va h.k. bilan yakunlangan. Qabilalar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Qabilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharafi, o‘zaro bir-birini quvvatlash, zaiflarga yordam qilish tushunchalari rivoj topgan.
Avvalgi majmuaviy mashqlar (kurash, mushtlashish, og‘irlik ko‘tarish, yugurish, sakrash va h.k.) asta-sekin mustaqil tur sifatida o‘rganilib, an’analar, marosimlarda namoyish etilgan va musobaqa tarzida tashkil etilib, g‘oliblarni olqishlash, taqdirlash kabi odatlar amalga oshirilgan. Dehqonchilik, chorvachilik va boshqa kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchilar o‘z sohalari bo‘yicha turli o‘yinlar, mashqlarni ixtiro qila borganlar. Masalan, bug‘uchilik bilan shu­g‘ullanuvchilar, bug‘uchilar musobaqalarini uyushtirganlar.
Ibtidoiy jamoaning yyyemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo‘lib, ularda ham o‘ziga xos jismoniy mashqlar va o‘yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo‘lib basketbolga juda o‘xshab ketadigan o‘yin o‘ynash an’anaga aylangan. ya’ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo‘lgan sport o‘yiniga asos solgan bo‘lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat har­biy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan.
Turli qabilachilik holatlari o‘zaro jang, nizo va urushlarni keltirib chiqargan. Shu sababdan himoya qal’alari, qurol-yaroqlar yasash kabi Yangi faoliyatlar tarkib topib, ular yanada rivojlangan. Natijada, maxsus jangchilarni tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Jangchilarning jismoniy tayyorgarligida boshqa qabila va elatlarni bosib olish, ezish, ko‘pchilikni hukmron ozchilikka bo‘ysundirish uchun foydalanishni ko‘zda tutadigan jismoniy tarbiyaning Yangi tizimi namunalari tug‘ila boshladi. Bunday jarayonlar esa quldorlik tuzumini vujudga keltirgan.
Quldorlikning dastlabki davrida qabilachilik munosabatlarining xalq hokimligi an’anasi saqlanib, qabila zodagonlari hokimiyatini cheklab turgan. Lekin qabilalar o‘rtasida to‘qnashuvlar jiddiy harbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan. Ular­ning asosiy sababi boylik orttirish va o‘z hukmronligini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Harbiy dohiylar rahbarligida maxsus posbonlar paydo bo‘lgan. Dohiylar ko‘pincha qabilalarning yo‘lboshchisi ham hisoblangan. Xalq kengashlari yuzaga kela boshlagan. Ularning vazifalari jamoaning barcha a’zolarini himoya qilishdan iborat bo‘lgan. Qishloq istehkomlari paydo bo‘lib, chet el posbonlari hujumidan harbiy mudofaa qilish tarbiyasi rivojlangan.
Temir plug va boltaning paydo bo‘lishi, plug bilan ishlash dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ovning xo‘jalik ahamiyatini barbod qildi. Chorva mollari tutish va dehqonchilik qilish uyda erkak kishining hukumron bo‘lishini ta’minladi. Oila katta patriarxat oilaga aylana boshlaydi. Monogamiyaga-yagona nikohga o‘tila boshlanadi. Patriarxat oilalar yig‘indisi patriarhal, urug‘ini yoki urug‘chilik jamoasini tashkil etadi, urug‘lar yig‘indisi va umum qabila yyerlariga ega bo‘lish qabilalarni hosil qiladi.
Qabilalararo munosabatlarning rivojlanishi bilan o‘zaro madaniy ta’siri kuchayadi, jismoniy tarbiya tajribasi ham boyib boradi. Ko‘pgina qabila o‘yinlari va jismoniy mashqlardan endi bir qancha qabilalar bahramand bo‘ldi. Onalik urug‘chiligi sharoitida ma’lum bo‘lmagan, jangovar musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ladi. Jangovar shon-shavkat va shuhrat tushunchalari tug‘uladi.
Patriarxat taraqqiyotining ilk bosqichida qabilalar o‘rtasida tug‘iladigan janjallar ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qabila vakillarining kurashi (yakkama-yakka kurashi) bilan hal etilar edi. Bazan janjallar birgalikda shodiyona mehmondorchiliklar tashkil etish, bir-biriga sovg‘alar berish, aka-uka tutinish va hokazolar bilan tugar edi.
Jismoniy mashqlar qabilalar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida katta rol o‘ynar edi. Qabilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharaf, o‘zaro bir-birini quvvatlash ancha zaif raqibga rioyagarchilik qilish tushunchalari va boshqa tushunchalar rivojlanib borar edi. Kelishmovchiliklarni musobaqa yo‘li bilan hal etish patriarxat sharoitida yashagan ko‘pgina qabila va elatlarda ko‘rilgan. Masalan, eskimoslarda (XIX asrning boshlarida) turli guruhlarning to‘qnashuvi vaqtida har bir guruhdan jangchilar tanlab olishgan. Ular tayoqbozlikda musobaqalashib, ulardan biri yyengildim, demaguncha musobaqa davom etgan. Qoryaklar, to‘nguslar va chukchalar orasida sport kurashi shaklidagi yakkama-yakka olishuv keng tarqalgan edi. Yangi Gvineyadagi ko‘pgina G‘arbiy Yevropa tadqiqotchilari musobaqa o‘yinlarining bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro musobaqalarni doimiy urushlar shaklida, musobaqa o‘yinlarini esa “bu urushlarning nusxasi” shaklida tasvirlashga harakat qilgan olimlarning uydirmalarini rad etadi.

4.Patriarxat davrida jismoniy mashqlar.


Ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot sohasidagi o‘zgarishlar oqibati-natijada jismoniy tarbiya sohasida ham bir qancha Yangi xodisalarning sodir bo‘lishligi sabab bo‘ldi. eski o‘yinlar ko‘pincha ilgarigi ovchilik terminlarini saqlagan holda harakatlar xarakteriga ko‘ra, jamoa ovchilik mashqlarining ilgarigi usullari va uslubiyatlariga endi bevosita munosabatda bo‘lmas edi. Masalan; ilgari, odatda, jamoa ovchilik o‘yinlari majmuasiga kirgan mushtlashish, kurashish, og‘irlik ko‘tarish va hakozalar asta-sekin erkaklarning individual mustaqil musobaqa turiga aylandi. Ovchilik o‘yinlari ovchilar turmush an’analarini aks etirib kelgan eski mazmunini yo‘qotdi. Ayni vaqtda dehqonlar va chorvadorlarning mehnati va turmushini aks etiradigan Yangi musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ldi. “Zog‘ar”, “Tariq”,”Sichqon va mushuk”, “Kalxat” va boshqa shu singari xalq o‘yinlari aftidan, o‘z ildizlari bilan ibtidoiy jamoa tuzish davridagi musobaqa o‘yinlariga borib taqalsa kerak. Bu o‘yinlarda XIX asrdayoq ibtidoiy dehqonlar va chorvadorlarning o‘yinlari uchun xarakterli bo‘lgan marosim va musobaqa elementlari ancha aniq saqlangan edi. Ko‘pgina xalqlarda ho‘kiz bilan olishuv o‘yini keng tarqalgan edi. Bu o‘yinlarga yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish hamda usullarini aks ettiruvchi jismoniy mashqlar kirar edi.
Patriarxat davrida ibtidoiy jamoa odamlarining o‘yin ijodini tarkibiy elementlariga ajratish, ixtisoslashtirish jarayoni kuchayadi. Masalan, bug‘uchilik bilan shug‘ulanadigan qabilalarda bug‘u bilan olishuv o‘yini asosan bolalar o‘rtasida saqlanib qolgan. Qatnashganlar o‘rtasida esa bu o‘yinlardan faqat ayrim mashqlargina foydalanilgan: bu mashqlar sportning mustaqil elementlari sifatida tarkib topdi (bu usullarda tezlikda kim o‘zarcha poyga qilish, katta yuklarni tashishda poyga qilish, yugurib kelayotgan bug‘uning shoxiga arqon tashlab, bir joyda turgan buyumga va havoda aylanib turgan buyumga arqon tashlash, keng chang‘ilarda kim o‘zarga poyga qilish va hakozalar). Kurash singari musobaqa turi ham shaklan o‘zgardi. Agar ilgari hayvon terisiga o‘ralib raqs harakatlari va sakrashlari bilan kurashga tushilgan bo‘lsa, endi raqs mustaqil mashq sifatida ajralib chiqdi, kurash esa sport xarakteriga ega bo‘ldi. Hayvon terisiga o‘ralib sakrash musobaqaning mustaqil turi sifatida bajarila boshlandi. O‘yinlar va jismoniy mashqlarning bunday evollyuatsiyasi Kamchatkadagi bir qancha qabilalar va boshqa xalqlarda kuzatilardi.
Jismoniy tarbiya mehnat ehtiyoji tufayli vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya dastlab mehnat jarayonida taqlid qiladigan va unga tayyorlaydigan mashq hamda o‘yinlardan iborat bo‘lgan. Jamiyat urug‘chilik tashkilotlarining tushumini va rivojlanishi bilan o‘ynovchilarning o‘yinlari va harakatlari asta-sekin takomilashtirib borgan. O‘yin uchun suniy buyumlar snaryadlar, koptoklar, sharlar, chovgonlar, raketkalar, qoziqchalar va hakozalar paydo bo‘lgan. Bu hol kishilar ijtimoiy foydali faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lgan jismoniy tarbiya elementlari tartib topish bosqichining boshlanganligidan dalolat beradi. Jismoniy mashqlar, raqslar, jamoa musobaqa o‘yinlari va yakkama-yakka kurashlar diniy marosim bayramlaridagi urf-odatlarning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
Ibtidoiy jismoniy tarbiya barcha urug‘ a’zolarining erkin jamoa mehnati negizida paydo bo‘ldi va ibtidoiy jamoa tuzumining ishlab chiqarish usuliga batamom muvofiq keladi. Ibtidoiy jismoniy tarbiya barcha urug‘ a’zolari boyligi bo‘lib, urug‘- qabila mehnat turmushi bilan chambarchas bog‘langan edi. Ibtidoiy jamoa tuzumining yyemirilishi davrida jismoniy tarbiya urug‘-qabila aslzodalari tomonidan o‘zini va o‘z drujinalarini harbiy jihatdan tayyorlash uchun foydalanildi, bu drujinalar boshqa qabilalarni har biri yo‘l bilan tanlash uchun mo‘ljallangan edi. Bu bilan jismoniy tarbiya urug‘-qabila aslzodalarining bundan keyingi boyishiga va sinfiy ajralishiga, sinfiy quldorchilik jamiyatining paydo bo‘lishiga imkon yaratdi.
Ibtidoiy jamoaning yyyemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo‘lib, ularda ham o‘ziga xos jismoniy mashqlar va o‘yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo‘lib basketbolga juda o‘xshab ketadigan o‘yin o‘ynash an’anaga aylangan. Ya’ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo‘lgan sport o‘yiniga asos solgan bo‘lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat har­biy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan. Turli qabilachilik holatlari o‘zaro jang, nizo va urushlarni keltirib chiqargan. Shu sababdan himoya qal’alari, qurol-yaroqlar yasash kabi Yangi faoliyatlar tarkib topib, ular yanada rivojlangan. Natijada, maxsus jangchilarni tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Jangchilarning jismoniy tayyorgarligida boshqa qabila va elatlarni bosib olish, ezish, ko‘pchilikni hukmron ozchilikka bo‘ysundirish uchun foydalanishni ko‘zda tutadigan jismoniy tarbiyaning Yangi tizimi namunalari tug‘ila boshladi. Bunday jarayonlar esa quldorlik tuzumini vujudga keltirgan. Quldorlikning dastlabki davrida qabilachilik munosabatlarining xalq hokimligi an’anasi saqlanib, qabila zodagonlari hokimiyatini cheklab turgan. Lekin qabilalar o‘rtasida to‘qnashuvlar jiddiy harbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan. Ular­ning asosiy sababi boylik orttirish va o‘z hukmronligini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Harbiy dohiylar rahbarligida maxsus posbonlar paydo bo‘lgan. Dohiylar ko‘pincha qabilalarning yo‘lboshchisi ham hisoblangan. Xalq kengashlari yuzaga kela boshlagan. Ularning vazifalari jamoaning barcha a’zolarini himoya qilishdan iborat bo‘lgan. Qishloq istehkomlari paydo bo‘lib, chet el posbonlari hujumidan harbiy mudofaa qilish tarbiyasi rivojlangan.
Tayanch tushunchalar:
Qabilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalar, ibtidoiy jismoniy tarbiya, onalik urug‘chilik tuzumi, otalik urug‘chilik tuzumi, chang‘i, arqon tashlash, kauuchukli koptok.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi haqida gapiring.
2. Onalik urug‘chilik davrida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Patriarxat davrida jismoniy tarbiya xususiyatlari qaysilar?
4. Jismoniy mashqlarni paydo bo‘lish xususiyati haqida fikringiz?
5.Qadimgi xalqlar jismoniy tarbiyasining shakllarini izohlab bering?
Mavzu bo‘yicha testlar:
1. Qadimda disk uloqtirishda qaysi o‘simlikdan foydalanilgan ?
a) Daraxtlar po‘stidan aylana shaklda bo‘lgan
b) YOg‘och bo‘lagidan to‘rt burchak shaklda bo‘lgan
v)* Kaktusdan oval shaklda bo‘lgan
g) To‘g‘ri javob yo‘q.
2. Ona urug‘chilik tizimi nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
a) Patriarxat
b) Polixostirika
v) *Matriarxat
g) Sparta
3. Ota urug‘chiligi tizimi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping ?
a) Matriarxat
b) Materializm
v) *Patriarxat
g) A va V javoblar to‘g‘ri
4. Matriarxat davrining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilang?
a) Temir bolta va shunga o‘xshash narsalar bilan o‘troq hayot kuechirishga majbur bo‘lganlar.
b) *O‘yin uchun kerak bo‘ladigan ayrim anjomlar paydo bo‘lgan ( jumladan:
koptok shar, nayza).
v) Sport turlari va anjomlari ( nayza, qilich, o‘q otar miltiqlar) paydo bo‘lgan.
g) B va V javoblar to‘g‘ri.
5. Patriarxat davriga xos xususiyatlarni belgilang?
a) CHavgon hozirgi xokkey tipidagi o‘yinlarning paydo bo‘lishi.
b) Kanoeda suzish, disk uloqtirish, o‘yin va musoboqalarning keng tarqalishi.
v) O‘yin uchun kerak bo‘ladigan anjomlarning paydo bo‘lishi.
g) *Temir va boltaning paydo bo‘lishi, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi, uyda erkaklarning hukumron bo‘lishini ta’minlaydi.
6. Ibtidoiy jamoa tuzimida jismoniy tarbiyaning asosiy xususiyati nimalardan iborat edi?
a) YOsh avlodni jismoniy tarbiyalash va chiniqtirish.
b)*Ov qilish qurollari va ovchilikni takomillashuvi.
v) Diniy marosim va o‘yinlar.
g) A va V javoblar to‘g‘ri.
7. Ibtidoiy jamoa tuzimida jismoniy tarbiyani kelib chiqishining asosiy omillari nimalardan iborat?
a) Harbiy jismoniy tayorgarlik.
b) Jismoniy mashq va o‘yinlarning vujudga kelishi.
v) Jismoniy tarbiyaning mehnat va turmush tarzi bilan bog‘liqltgi.
*g) Mehnat faoliyati , ongning rivojlanishi, harakatlarga tabiiy ehtiyoj.
8.Qadimgi Gretsiyada (Yunoniston) oddiy zodogonlarning yugurish, mushtlashish, nayza va disk uloqtirish, kamondan otish, g‘ildirakli aravalarda poygalar uyushtirish haqidagi ma’lumotlar ( ........) tomonidan uning (.........) asarida keltirib o‘tilgan?
a) Amir Temur. “Temur tuzuklari” asari.
b) Abu Rayxon Beruniy . “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida.
v) *Gomer. “Iliada va Odisseya”.
g) Abu Ali Ibn Sino. “ Tib Qonunlari”
9. Jismoniy tarbiya tarixida ibtidoiy jamoa tuzimi nomlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
a) Patriarxat va Sparta
b) Mariarxat va Afina
v) Sparta va Afina
g) *Pariarxat va matriarxat
10. Ibtidoiy jamoa tuzimida Meksikalik hindularda yugurish musobaqasi necha kilometr masofani aylanib o‘tishdan iborat edi?
a)*20 km
b) 10 km
v) 35 km
g) 42 km
11. Qaysi qabilada yugurib kelib balanllikka sakrash, langarcho‘pda sakrash bayramlar o‘tkazishgan?
a) Sharqiy afrikadagi ko‘p qabilalarda.
b) *Vatusi qabilasida.
v) Sharqiy Braziliyada
g) Barcha javoblar to‘g‘ri
12. Ibtidoiy jamoa tuzimidayoq ma’lum bo‘lgan suzish turi qaysi?
a) Brass
b) Chalqangi suzish.
v)* Krol usuli bilan suzish
g) A va V javoblar to‘g‘ri.
13. Ibtidoiy jamoa tuzimida ikkinchi to‘dadagilarning vazifasi to‘g‘ri berilgan qatorni toping?
a) Masofani o‘lchagan.
b) Tomoshabin bo‘lgan.
v) *Yoy o‘qi bilan diskni nishonga olgan.
g) Barcha javoblar to‘g‘ri.
14. Ibtidoiy jamoa tizimida disk uloqtirish musoboqasidagi birinchi to‘daning vazifasi to‘g‘ri berilgan qatorni topining?
a) Yoy bilan diskni nishonga olgan.
b) Musoboqada hakamlik qilgan.
v) Dislarni yig‘ib kelgan.
g) *Navbat bilan disk uloqtirgan.
15. Ibtidoiy jamoa tuzimida disk uloqtirish musobaqasida qatnashchilar necha to‘daga bo‘lingan?
a) 4-ga
b) 6-ga
v) 3-ga
http://fayllar.org
Yüklə 36,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin