2-amaliy mashgʻulot Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikalari Suyuqliklarning truba quvurlari va kanallarda oqishi, harakatga keltiruvchi kuch, ya’ni bosimlar farqi ta’sirida roʻy beradi. Ushbu kuch nasos kompressorlar, ayrim hollarda suyuqliklar zichligi yoki sathining farqi yordamida hosil qilinadi.
Ma’lum miqdordagi suyuqlikni zarur tezlikda uzatish uchun bosimlar farqini aniqlash kerak. Undan tashqari, uzatish uchun kerakli energiya miqdorini yoki bosimlar farqi ma’lum boʻlsa, suyuqlik sarfi va tezligi topiladi. Yuqorida koʻrsatilganlarni amalga oshirish uchun gidrodinamika qonuniyatlarini bilish darkor.
Gidrodinamikada tashqi va ichki masalalar boʻladi. Truba va kanallar ichidagi suyuqlikning harakati - bu gidrodinamikaning ichki masalasidir. Turli jismlar yuzasida suyuqlikning harakati – bu gidrodinamikaning tashqi masalasidir.
Suyuqlik sarfi va tezligi.Oʻzgarmas koʻndalang kesimli trubada suyuqlik harakatini koʻrib chiqamiz.
Vaqt birligida koʻndalang kesim orqali oqib oʻtayotgan suyuqlik miqdoriga suyuqlik sarfi deyiladi. Agar suyuqlik sarfi m3/s, m3/soat oʻlchov birliklarida oʻlchansa - hajmiy sarf, kg/s, kg/soat larda oʻlchansa - massaviy sarf deb hisoblanadi.
Oqim koʻndalang kesimining turli nuqtalarida suyuqlik zarrachalarining tezligi bir xil boʻlmaydi.
Suyuqliklarning massaviy va hajmiy sarfini aniqlash D diametrlik slindrik sigʻimga 𝟂2 200C da suyuqlik yuborilmoqda. Sigʻimda h2 balandlikda suyuqlik boʻlgan boʻlsa va d1 diametrlik quvur orqalik 𝟂1 tezlikda suyuqlik chiqarilayotgan boʻlganda quyadagilar aniqlansin: 1.d1 va d2 quvirlardan kirayotgan va chiqayotgan suyuqlikni massaviy va hajmiy sarflari aniqlansin. 2. d1 va d2 quvirlardagi suyuqlikning harakat rejimi aniqlansin. 3. h2 τ vaqtdan soʻng suyuqlik qanday hajm va balandlikni egallaydi. Namuna tariqasida CaCl2 ning 10% li eritmasi uchun hisoblar olib boramiz