2-amaliy mashg’ulot
Analitik reaksiyalarning seziluvchanligi
Sifat analizida analitik reaksiyalarning seziluvchanligi katta ahamiyatga ega. Reaksiyaning sezgirligi qancha katta bo’lsa, moddaning ochish miqdori shuncha kam bo’ladi.
Agar modda qiyin eriydigan bo’lsa, topiladigan ionning konsentratsiyasi nihoyatda oz bo’lsa, ham cho’kma tushsa, bunday reaksiyalar seziluvchan reaksiyalar deyiladi. Reaksiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog’langan: topilish minimumi (m), cheksiz suyultirgandagi konsentratsiya (S chek.suyul.) yoki cheksiz suyultirish chegarasi (V chek.suyul.) va cheksiz suyultirilgandagi eng kam hajm (V min) bilan tavsiflanadi.
Topilish minimumi berilgan sharoitda reaksiyaning bajarish mumkin bo’lgan modda yoki ionning eng kam miqdori topilish minimumi mikrogrammlarda ifodalanib, grekcha γ (gamma) harfi bilan belgilanadi:
1 mkg = 0,001 mg = 10-6 g yoki 10-9 kg.
Masalan: Kalsiy ionini H2SO4 bilan ta’sirlashib mikrokristall cho’kma hosil qilish reaksiyasining ochilish miniumi 0,4*10-10 kg.ni tashkil etdi. Demak, eritmada Ca 2+ ionini miqdori 0,4*10-10 kg bo’lsa, H2SO4 ta’sirida cho’kma hosil bo’ladi, undan kam bo’lsa, cho’kma tushmaydi. Ochilish minimumi qancha kichik bo’lsa, reaksiya to’liq va tez boradi. Topilish minimumi reaksiyaning seziluvchanligini to’liq ifoda qila olmaydi, chunki eritmada tegishli modda yoki ionning faqat absolyut miqdorigina emas, balki konsentratsiyasi ham ahamiyatli. Shuning uchun modda (ion)ning tegishli reaksiyasi bilan topish mumkin bo’lgan eng kam konsentratsiyasini ifodalovchi kattalik cheksiz suyultirgandagi konsentratsiyadan ham foydalaniladi. Cheksiz suyultirgandagi konsentratsiya aniqlanadigan ionning massasini eng ko’p erituvchining massasiga nisbati bilan ifodalandi. Cchek.syul ,g/ml,kg/m3. Agar erituvchi suv bo’lsa, massa o’rniga hajmi olinadi. Cheksiz suyultirlgan konsentratsiyaning teskari qiymati – cheksiz suyultirish chegarasi deyiladi.
U 1 kg aniqlanadigan ion qancha massa erituvchida saqlanishini ko’rsatadi (g/ml, kg/m3). Cheksiz suyultirish konsentratsiyasi qancha kichik bo’lsa, cheksiz suyultirish chegarasi shuncha katta bo’ladi. Aniqlanadigan ionni topish minimumini saqlagan eritma hajmi cheksiz suyultirilgandagi eng kam hajmi deyiladi (Vmin).
Yuqoridagi kattaliklar orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
m = Cchek.suyul ∙Vmin ∙ 106 , mkg yoki
m = Cchek.suyul ∙Vmin ∙ 10-3 , kg (1)
Agar Cchek.suyul o’rniga Vchek.suyul berilgan bo’lsa,
mkg yoki kg (2)
tenglamadan,
yoki (3)
Agar cheksiz suyultirish chegarasi Vchek.suyul. berilgan bo’lsa, unda Cchek.suyul.
quyidagicha hisoblanadi:
yoki (4)
va (2) tenglamadan
yoki (5)
Agar cheksiz suyultirish konsentratsiyasi berilgan bo’lsa, unda Vchek.suyul
quyidagicha hisoblanadi:
yoki )
Cheksiz suyultirgandagi eng kam hajm quyidagicha hisoblanadi:
yoki
Dostları ilə paylaş: |