2. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari



Yüklə 22,7 Kb.
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü22,7 Kb.
#184220
  1   2
iqt xavfsizlik 2


Mavzu:Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati,shakllari va asosiy ko`rsatkichlar,tahdidlar

Reja:
1. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari.
2.Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.


1.Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari.

Milliy iqtisodiyotimizni turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, shu jumladan korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganish va ularni oldini olish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish, chora – tadbirlar samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.


Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning maqsadi – davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Iqtisodiy xavfsizlikning vazifalari:
- milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;
- iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari va yo’llarini ko’rsatib berish;
- O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo’ladigan tahdidlarni hisoblash va tahlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va boshqalar.
XX asr oxirlariga kelib, “xavfsizlik” va “milliy xafsizlik” tushunchalari tez-tez qo’llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg’in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning og’irligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum yemirilgandan keyin dunyoning qarama-qarshi qutblarga bo’linishi barham topgandan keyingi davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o’zagarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
Xavfsizlik tushunchasi o’zining obyektlari va subyektlari nuqtainazaridan turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ammo hozirgi davrda bu tushunchaning umumlashgan shakli milliy xavfsizlik deb ataladi.
.
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o’z ichiga oladi

Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.


Iqtisodiy xavfsizlik – bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o’sishi, ijtimoiy ehtiyojlarning maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajalarda himoyalash ta’minlanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning eng muhim elementi, moddiy bazasi hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot nazariyasi va siyosatshunoslikning sintetik kategoriyasi bo’lib, iqtisodiy tobelik va mustaqillik, barqarorlik va himoyasizlik, iqtisodiy suverenitet hamda iqtisodiy bosim o’tkazish, shantaj qilish, majburlash va tajovuzkorlik kategoriyalari bilan chambarchas bog’liqdir.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik jamiyat, davlat va iqtisodiyotning maqbul nisbatiga bog’liq bo’lgan xususiyat sifatida ifodalanadi.
Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan choratadbirlarning umummilliy majmuasi bo’lib, u albatta davlatning ijtimoiysiyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko’zda tutadi.
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining obyekt va subyektlariga ega bo’lib, uning obyekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik obyektlariga quyidagilar kiradi:
- tabiiy boyliklar;
- inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;
- ishlab chiqarish fondlari;
- ko’chmas mulk;
- moliyaviy resurslar;
- xo’jalik tizimlari;
- mintaqalar;
- oila;
- inson.
Iqtisodiy xavfsizlik subyektlari quyidagilardan iborat:
- funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari;
- soliq xizmatlari;
- bojxona xizmatlari;
- banklar; - birjalar;
- sug’urta kompaniyalari;
- qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo’mita va komissiyalari;
- mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko’rsatuvchilar;
- iste’molchilar jamiyatlari.


Yüklə 22,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin