2. Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]



Yüklə 162,27 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü162,27 Kb.
#186358
  1   2   3
278 09.04.2018




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;

2.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki, Aviatsiya va temir yo‘l transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar ularning muddati tugaguniga qadar amal qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Komissiya tarkibini qayta ko‘rib chiqishni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i D.B. Ahmedov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-aprel,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
3. Aholining hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ygan hamda avariya-qutqarish va tiklash ishlarini amalga oshirishni talab etadigan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumat qarorlariga binoan muruvvat yuklarini yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tashishlarni amalga oshirish, shuningdek, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlarga mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) olish talab etilmaydi.
4. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
5. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra, litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
mahalliy yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish;
xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish;
mahalliy yo‘nalishda yuklar tashish;
xalqaro yo‘nalishda yuklar tashish.
6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
7. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga, shuningdek, yuklarni tashish qoidalari, temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalariga hamda temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;
harakat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan, temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni bilish bo‘yicha Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxslarning shtatda mavjud bo‘lishi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
lokomotiv, yo‘lovchi yoki yuk tashish vagonining tegishli temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi tomonidan rejali ta’mirlash turlaridan o‘tganligini tasdiqlovchi texnik pasportining (formulyari) mavjud bo‘lishi;
temir yo‘lda tashishlar xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasi, harakatlanuvchi tarkibni texnik soz holatda saqlash, uning butligini ta’minlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, lokomotivni reysdan oldin texnik ko‘rikdan va tegishli xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha talablar va normalarning bajarilishi;
yo‘lovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan harakatlanuvchi tarkibning, shuningdek, xodimlarning temir yo‘l transportida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
harakatlanuvchi tarkibning xizmat muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi zarur guvohnomalarning, yangidan sotib olingan harakatlanuvchi tarkib uchun sertifikatlarning, kirishi yo‘lining texnik pasporti hamda kirish yo‘lida xizmat ko‘rsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarning mavjud bo‘lishi;
litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada ko‘rsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;
shartnomalar tuzishda — mijozlarning talabiga ko‘ra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish paytida — nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;
Transport vazirligining talabiga ko‘ra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni unga taqdim etish.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va yuridik shaxsning bankdagi hisobraqami, yuridik shaxs amalga oshirishni ko‘zlayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (uning bir qismi), shuningdek, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ham ko‘rsatilishi mumkin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibning ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ro‘yxati;
temir yo‘l transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxati;
temir yo‘l transportida tashish jarayoniga, kirish yo‘llarining, harakatlanuvchi tarkibning texnik holatiga, tormoz boshmoqlarining saqlanishi va hisobini yuritishga, harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish xavfsizligi va butligini ta’minlashga mas’ul shaxslarni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxs rahbarining buyrug‘idan nusxa;
arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning litsenziya talabgori tomonidan to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (to‘lov topshiriqnomasining nusxasi).
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Transport vazirligiga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgori elektron manzilining ko‘rsatilishi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
Litsenziya olish uchun Transport vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va ro‘yxatning nusxasi ariza beruvchiga hujjatlar belgilangan organ tomonidan qabul qilingan sana qayd etilgan holda topshiriladi (yuboriladi).
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
12. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan zarur hujjatlar Transport vazirligi ularning aksini tasdiqlamagunicha barcha holatlarda ishonchli hisoblanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ishonchli bo‘lmagan yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Transport vazirligiga litsenziyalash uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olish talab qilingan holatlarda, litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi va bunda Transport vazirligi ko‘rsatilgan hujjatlarni yuridik shaxsning ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
4-bob. Arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
14. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziya talabgorining arizasi, shu jumladan Yagona portal orqali taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
16. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va zarur hujjatlarni (ko‘rik dalolatnomasi, texnik, ekspert xulosalari va boshqalarni) tayyorlash Transport vazirligining litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
17. Ishchi organ hujjatlarni ariza olingan kundan boshlab, o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqadi, joylarga borib litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini o‘rganadi, o‘rganish natijalari bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va uni transport vazirining o‘rinbosariga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bayonnoma qarorining tegishli loyihasi bilan birga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Transport vazirining o‘rinbosari ishchi organning ekspert xulosasi olingandan so‘ng besh ish kunidan oshmaydigan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bayonnomani tasdiqlaydi.
Transport vazirligining litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Transport vazirligi litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin litsenziya talabgori Transport vazirligini xabardor qilgan holda, arizada ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda Transport vazirligi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berishga majbur.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
18. Transport vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobraqamining rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etish sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda axborot tizimi orqali yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan Transport vazirligi bildirishnomasida belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar Transport vazirligi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi. Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada avval ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha litsenziya berish rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori Transport vazirligining litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek, mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
20. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Transport vazirligiga litsenziya berish uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoki litsenziya bitimini imzolamasa, Transport vazirligi mazkur litsenziyani bekor qilish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
21. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi Transport vazirligi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Transport vazirligi tomonidan litsenziatning litsenziya bitimi talablari va shartlarini bajarishini nazorat qilish tartibi.
(21-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Transport vazirligi uchun bir nusxadan tuziladi.
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
22. Litsenziya maxsus blankada rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankasining namunasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun transport vazirining o‘rinbosari javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
23. Litsenziyalar litsenziya talabgori davlat boji to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganidan va litsenziya bitimini imzolaganidan keyin ikki kun muddatda Transport vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziyalar transport vazirining o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
24. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda Transport vazirligiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziatlar — yuridik shaxslar qo‘shilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun amal qilishi to‘xtatilganda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
25. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda belgilangan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda, Transport vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Litsenziyalar Transport vazirligi tomonidan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda, litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
28. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda Transport vazirligi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshiruvdan o‘tkazish paytida yuzaga keluvchi masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini joyiga borib o‘rganish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilish holatlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlar chiqarish va bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turish yoki bekor qilish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan temir yo‘l transporti sohasida yo‘lovchilar va yuklarni tashish faoliyati litsenziyasiz amalga oshirilgan holatlar aniqlangani to‘g‘risidagi materiallarni soliq organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish uchun belgilangan tartibda yuborish.
Transport vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
31. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari aniqlaganda Transport vazirligiga aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
32. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
33. Amal qilish muddati to‘xtatib turilgan yoki to‘xtatilgan litsenziyalar, shuningdek, bekor qilingan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Transport vazirligi tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
34. Quyidagi holatlar litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol buzilishi hisoblanadi:
litsenziat tomonidan temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obyektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq) buzilishi;
temir yo‘l transportida tashishlar jarayoni bilan bog‘liq ishlarning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi;
litsenziyani olishda qalbaki hujjatlardan foydalanilgani to‘g‘risidagi dalillarning aniqlanishi.
35. Transport vazirligining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Transport vazirligi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
8-bob. Litsenziyalar reyestri
36. Transport vazirligi litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
(36-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
37. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
9-bob. Davlat bojini to‘lash tartibi
38. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilgani uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji mablag‘lari Transport vazirligining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagi tarzda taqsimlanadi:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga;
(38-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son)
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga — 80 foiz.
10-bob. Yakunlovchi qoida
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI


(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA


Yüklə 162,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin