2-kurs bakalavr +9989335050518 Jamoat salomatligi va menejment fanining o’rni va asosiy vazifalari Anatatsiya



Yüklə 20,33 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü20,33 Kb.
#149996
Farangis


Butunova Farangis Esonpo’lat qizi
2-kurs bakalavr
+9989335050518
Jamoat salomatligi va menejment fanining o’rni va asosiy vazifalari
Anatatsiya:Menejment fanining maqsadi va vazifalari.Menejmentning maqsadlarini belgilashda mutaxassislar ko‘pincha o‘z davlatlaridagi boshqaruvning maqsadi va vazifalariga qarab muvofiqlashtiradilar (Yevropa davlatlari, Rossiya, O‘zbekiston)9. Menejmentning tadqiqotchilari ham menejmentning maqsadi va vazifalarini belgilashda uning ta’riflarini asos qilib olishadi.
Menejmentning fan sifatidagi vazifasi boshqaruv nazariyasini rivojlantirishdan iborat.
Ya’ni menejment amaliyotining korxonalar boshqaruvida nazariy holatlar bilan bog‘langanligidan foydalanish va bu amaliyot uchun nazariyani rivojlantirishdir. Shuning uchun ham ko‘pchilik mutaxassislar menejmentning maqsadi va vazifasini umumlashgan holatda qisqacha belgilashadi.
Menejmentning bosh maqsadi – ishlab chiqarish samara- dorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan iborat. Menejmentda ikkita maqsadni ajratadilar:
1. Umumiy (strategik) maqsadlar.
2. Maxsus maqsadlar.
Umumiy (strategik) maqsadlar tashkilotni rivojlantirish konseptsiyasini aniqlaydi. Bu maqsadlar oldindagi istiqbollarga(bashoratlash, korxona faoliyatini reja- lashtirish) mo‘ljallangan bo‘ladi.
Maxsus maqsadlar umumiy maqsadlarning tarkibida korxonaning asosiy faoliyat turlari, yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi. Menejmentning bosh maqsadi har bir tashkilotning va bu tashkilotdagi har bir ishchining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan boshqaruvni tashkil qilishdan iborat hisoblanadi. Menejmentning maqsadi uzoq muddatlarda korxonaning bozordagi o‘rnini saqlash, mustahkamlash va yashab qolishini, faoliyatini davom ettirishini ta’minlovchi boshqaruvni ishlab chiqish va qo‘llash hisoblanadi.
Boshqaruvdagi maqsadlarni belgilashda albatta har tomonlama yondoshuvni hisobga olish talab qilinadi. Korxonani yuritish maqsadlari korxonaning missiyasi va uning rivojlanishi doirasida shakllantiriladi va belgilanadi. Maqsad – har qanday tashkilotning yuqori natijalarga erishishidagi natijalaridir. Menejment qo‘ygan maqsadlardan firmalar faoliyatlari uchun umumiy mo‘ljallarni beruvchi standartlarni belgilashda, tashkilotning samaradorligini baholashda foydalanadilar.
Maqsadlar sotib olinishi ham mumkin, yoki aniq omillarning saqlanganligidan ham kelib chiqishi mumkin. Maqsadlar hamma vaqt ham istiqbolda rivojlantirish farazlariga asoslanadi, shuning uchun ham, maqsadlarni asoslash bu farazlarning naqadar aniqliligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Maqsadlar o‘z navbatida belgilanishi bo‘yicha quyidagidek ko‘plab tavsiflarga egaki, menejmentda bu maqsadlarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi:
• sohani qamrab olish bo‘yicha maqsadlar (umumiy, xususiy);
• muhimliligini belgilovchi maqsadlar (bosh, oraliq,
ikkinchi darajali);
• o‘zgaruvchi miqdorlardagi maqsadlar (bir va ko‘p
alternativli);
• predmetli maqsadlar (umumiy yoki xususiy natija);
• tipik xo‘jalik maqsadlari (faqat foydaga intilish, mol-mulkga intilish – firmani shu darajaga yetkazish kerakki u qimmat baholarga 
sotilsin, faqat xarajatlarni pasaytirishga intilish, faqat foydani oshirishga intilish).Menejmentning vazifasi fan sifatida boshqaruv nazariyasini rivojlantirishdan iborat. Fan sifatida menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– tashkilotning, korxonaning muvaffaqiyatli
ishlashini ta’minlovchi raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi ishlanmalar yaratish;
– bu ishlanmalardagi tajribaviy nazoratni va
amaliyotga ilmiy natijalarni va yondoshuvlarni, Menejmentning asosiy vazifalari haqida ham menejment fanining tadqiqotchilari ko‘plab xulosalarni bildirishgan. Bu tadqiqotchilarning natijalari tahlil qilinganda ma’lum bo‘ladiki, har bir tadqiqotchi yoki menejment nazariyotchisi menejmentning vazifalarini o‘z davlatidagi boshqaruv mezonlari bo‘yicha belgilaydilar. Bu xildagi ta’riflarni menejmentning mazmuni va mohiyatini aniqroq belgilovchi Menejmentning belgilangan vazifalarini asosan “Menejment” atamasini ta’lim va ishlab chiqarish tizimiga kiritayotgan MDH davlatlaridagi menejment tadqiqotchilari belgilashadi. Bizda ham shunday.
Ya’ni menejmentning vazifalari moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkillashtirish va boshqarishning barcha savollarini qamrab olishlari lozim.Menejment mukammal rivojlangan va rivojlanayotgan AQSH va Yevropa davlatlarida boshqaruvni kengroq rejalashtirish uchun ularda ham menejmentni tashkil qilishda, uning funksiyalarini belgilashda vazifalar detallashtirilgan. Hozirga kelib, Yevropa menejmenti menejmentning vazifalarini belgilashda bir yo‘nalishdagi vazifalarning barchasini bir guruhga birlashtiradi va bir nom bilan atashadi. Masalan, boshqaruvni tashkillashtirish bilan bog‘liq barcha vazifalar “Tashkillashtirish” vazifasiga kiritiladi. Menejment fanining maqsadi va vazifalari.
Menejment bir ilm sohasi sifatida fanlararo tarmoq bo'lib, unda iqtisod sotsiologiya, psixologiya, huquq, texnik va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlar, shuningdek, boshqaruv san'ati tajribalari o'z ifodasini topadi. O'zbekistonda shakllanayotgan zamonaviy menejment - bu kompleks ravishdagi innovatsiya fani bo'lib, u bozor iqtisodiyotining shakllanishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, muayyan shart-sharoitlar va raqobatga layoqatlilikning yaratilishi, iqtisodiy erkinlik hamda ma'suliyat asosida jismoniy hamda huquqiy shakllar faoliyatini jonlantirish uchun qulay zamin yaratilish bilan bir vaqtda dunyoga kelmoqda.
Menejment predmeti xo'jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o'rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo'lib turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko'rinishlarda bo'ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo'l ostidagi xodimlar o'rtasidagi aloqa va o'zaro ta'sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob'ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya'ni mehnat qurollari va predmetlariga ta'sir etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo'lib, u menejmentga o'rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi.
Menjmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqe'lik hodisalarini o'rganishga aniq tarixiy yondoshuv; xo'jalik mexanizmi barcha unsurlarini bir vaqtning o'zida tahlil qilish va to'liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondoshuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ular to'g'ri bog'lab qo'llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo'lishidan iboratdir.
2. Boshqarish maqsadlari
Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday bajariladi), tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima qilinadi).
Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy muammolarni boshqarish tizimsi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.
Shunday qilib, menejment jarayoni qo'yilgan masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko'rsatishidir.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga o'tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqariluvchi tizimlarga aniq ta'sir ko'rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi.
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar. Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig'ish, tahlil etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish, boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar. Tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: tushintirish, ishontirish, rag'batlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta'sir etish va boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni bajarilishni nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko'p holatlarda hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari o'zaro bog'lanmaydi.
Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko'rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma'lum masalalarni yechishga yo'naltirilgan bir turli ishlar yig'indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar ma'suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo'lim to'g'risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko'rsatmalarda o'z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi.
g) muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o'zaro aloqa o'rnatiladi, amaldagi me'yor va me'yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi.
d) rag'batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo'lida g'amxo'rlik qilishni boshqarish;
ye) hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me'yorda ta'minlashni boshqarish.
Agar boshqariluvchi ob'ekt o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko'rsatadi. Biroq, korxona timsolida quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
v) mahsulot sifatini boshqarish;
g) mehnat va ish haqini boshqarish va boshqalar.
Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo'lib, ular o'z navbatida yana bir necha qismga bo'linadi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, marketing, rejalashtirish, rag'batlantirish va boshqalarni o'z ichi ga oladi. Hamma funksiyalar o'zaro aloqada bo'ladi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ibragimov R.G. Marketing. Toshkent, Sharq-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati, 2002.
2. Normaxmatov R. Marketing (Ma'ruzalar kursi). Samarqand, SamISI bosmaxonasi, 2007.
References
1. Ibragimov R.G. Marketing. Tashkent, Sharq-printing campaign, 2002.
2. Normakhmatov R. Marketing (lecture course). Samarkand, samisi printing house, 2007.
www.openscience.uz
Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin