2-ma’ruza mavzu: algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari reja



Yüklə 145,22 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü145,22 Kb.
#209276
  1   2   3   4   5   6
2) 2- ma\'ruza matni dasturlash



2-MA’RUZA


MAVZU: ALGORITMLASH VA DASTURLASHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI


Reja:

  1. Unar va ternar operator;

  2. Statik operator (sizeof);

  3. Kompilyator va uning turlari;

  4. Qiymat o‘zlashtirish operatorlari va ularning ishlash usullari;

  5. Format modifikatorlari: printf(), scanf() funksiyalari;

  6. Preprotsessor direktivalari.

Kalit so‘zlar: Algoritm, kompilyator, sizeof, ternar, preprotsessor direktivalar
Algoritm — ijrochi uchun ma’lum bir masalani yechishga qaratilgan ko‘rsatmalarning aniq ketma-ketligi.
“Algoritm” so‘zi O‘rta Osiyolik buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bogʻliq. Al-Xorazmiyning nomini lotincha ifodasi — Algorithm. Algoritm — informatika va matematikaning asosiy tushunchalaridan hisoblanadi.
Algoritm ijrochisi”.
Algoritm ijrochisi — algoritmda ko‘rsatilgan buyruqlarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik, biologik yoki biotexnik) tizim.
Algoritmlarga xos xususiyatlar:

  • oddiy harakatlar;

  • buyruqlar tizimi.

Buyruqlar tizimi. Har bir ijrochi faqatgina ushbu ijrochi tushunadigan buyruqlarni (ya’ni, ijrochi bajaradigan buyruqlar ro‘yxatiga mansublarni) bajara oladi.
Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy harakatlarni bajaradi.
Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma’lum bo‘lmaydi. Shuning uchun ijrochi “nimaga” va “nima uchun” degan savollarni bermaydi.
Informatikada algoritmlarning universal ijrochisi bo‘lib kompyuterlar hisoblanadi.
Algoritmning xossalari
Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:
Tushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq bilishi kerak.
Diskretlilik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak.
Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma’noli bo‘lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi oxir-oqibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak.
Ommaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya’ni faqatgina boshlangʻich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlangʻich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo‘lgan sohadan olinadi.



Yüklə 145,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin