Suv sarfini o‘lchash asboblari Modda sarfi va miqdorini o‘lchash. Asosiy ma'lumotlar va tasnifi Ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini va TJABS samarador- ligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli xal etishni taqoza etadi. Sanoatda asosiy texnologik jarayonlar xomashyoning turli kom- ponentlarini tashkil etuvchilarini yuqori sifatli maxsulot olish maqsadida aralashtirish bilan ifodalanadi. Sarf o‘lchash siste- malarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning xal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Tovarni hisobga olish operatsiyalarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini xar bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta'minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi.
Modda miqdorini o‘lchayligan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istal- gan vaqt (sutka, oy va xokazo) -mobayinda o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanidi. Modda miqdori hajmi (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqliq bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar;
bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari;
o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar;
induksion sarf o‘lchagichlar;
ultratovush sarf o‘lchagichlar;
kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar;
ionli sarf o‘lchagichlar.
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘, gaz va hokazolarni o‘lchagichlarga bo‘linadi.
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga ajratiladi:
hajm hisoblagichlari;
tezlik hisoblagichlari;
vazn hisoblagichlari.
Quyida kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida eng keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.