O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2138-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 8-iyuldagi 21-2021-sonli va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 7-iyuldagi 15-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2138-2, 15.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2138, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
21-2017-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
120-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 3-noyabrdagi 21-2017, 120-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.”.
2. Ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar
Dostları ilə paylaş: |