RO‘YXATI
1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari.
2. Surunkali kechuvchi o‘pkaning nospetsifik kasalliklari bilan bog‘liq yurak-o‘pka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).
3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori bo‘yicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik o‘zgarishlari.
4. II va III darajali
qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gipertoniya).
5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va o‘tkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi,
sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past bo‘lsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).
6. Barcha bosqichdagi xavfli o‘sma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).
7. Turg‘un buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari.
8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir davri.
9. Og‘ir va qo‘shma travmatik shikastlanishlar.
10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur bo‘lgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar tsirrozi).
11. Endokrin kasalliklarining og‘ir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak
osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).
12. Qon tizimi kasalliklari:
a) o‘tkir
va surunkali leykozlar;
b) Idiopatik trombotsitopenik purpura;
v) aplastik anemiya.
13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turg‘un buzilishi hamda psixopatik buzilishlar.
14. Shizofreniya barcha turlarining xuruj davri.
15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz
va psixomator xurujlari bilan, shuningdek hushning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:
a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan shaxsning chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;
b) epileptik psixozlar.
16. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
17. Psixopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.
18. Og‘ir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari:
a)
asoratlangan psoriaz;
b) pursildoq yara;
v) Layell sindromi;
g) Stivens-Jonson sindromi.
19. Zaxmning yuqumli bosqichi.
20. Traxomaning I, II, III darajalari.
21.
Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno).
22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son)