Mavzu: Maktabgacha ta`lim metodikasi kabinetining tuzilishi va vazifalari . REJA: 1. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari. 2. Respublika metodika kabineti xodimlari kengashi tarkibi. 3. Yaratilgan shart-sharoitlar. 4.Foydalanilgan adabiyotlar . Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha tashkilotlar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi - Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi-metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida); - Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga, seminar-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi. Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, seminar- treninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi). Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.Fan va texnologiya.-T:,2008 y. 2.F.Qodirova, N. Qayumova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent. Tafakkur nashriyoti. 2019 3.Karimova V.M. “Oila pedagogikasi”. Darslik-T.: Fan va etxnologiya, 2008-y 4.Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila pedagogikasi”. T.: Sharq. 2009-y.