2. Tijorat banklarining turlari. Ulgurji banklar, Chakana banklar va aralash banklar



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#99572
  1   2
pul va bank


16.Mavzu: Tijorat banklari va ularning
funksiyalari.
Reja:\

1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning funksiyalari.
2. Tijorat banklarining turlari.
3. Ulgurji banklar, Chakana banklar va aralash banklar.
4. Ixtisoslashgan tijorat banklari va ular faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari.
5. Xulosa.


Tayanch iboralar: Deposit, kredit, mablag’lar chegarasi, xizmat ko’rsatish, diversifikatsiya, to’lov operatsiyalari, majuriy rezervlar, omonotlar, bank balansi.
Kirish.
Ba’zi adabiyotlarda «bank-bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki «maxsus korxona» deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning funksiyalari.
Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar.
Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va qo‘yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar shaklida to‘lash kerak. Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‘ qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‘lanadigan foizlar) ko‘proq qiziqtiradi.
Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‘lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlari sub’ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‘lari harakatini boshqarib boradi.
Bu ikkita foiz stavkalari o‘rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi.
SHunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.
Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud:
-birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar.

Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin