`
21
MARKAZDAN QOCHMA NASOSLAR, ULARNING ISHLASH PRINSIPI
1.
Turg’unova Laylo Ramil qizi
2.
Urinov Bekjon Jovli o’g’li
3.
G’aniyev Sarvar Yo’ldosh o’g’li
1.
TKTI Shahrisabz filiali talabasi
2.
TKTI Shahrisabz filiali o’qituvchi
3.
TKTI Shahrisabz filiali o’qituvchi
Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali
Tel:+998755225068
https://doi.org/10.5281/zenodo.7802972
Nasos
-
elektr yuritkichning mexanik energiyasini suyuqlikning harakatlanish energiyasiga
aylantirib beruvchi gidravlik
mashina hisoblanadi va odatda, suv,turli moylar, benzin, neft,
kerosin va boshqa suyuqliklarni chuqurlikdan tortish, yuqoriga ko‘tarish, bir yerdan ikkinchi
yerga uzatish, ular yordamida boshqa jismlarni ko‘chirish, tashish uchun ishlatiladi.
Bunda
suyuqliklar nasos orqali o‘tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik
ustida aytilgan ishlarni bajarish mumkin. Nasoslar suyuqlikka bergan energiyasiga yoki o‘zidan
qancha suyuqlik o’tkaza olishiga qarab turli gruppalarga bo’linadi va bajaradigan vazifasini qaysi
usulda amalga oshirishiga qarab turlicha nomlanadi.
1
Nasoslar harakatlanish turiga qarab
hajmiy, markazdan qochma(kurakli), uyurmaviy va o’qli nasoslarga bo’linadi.Quyida kurakli
ya’ni markazdan qochma nasoslar haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.
Markazdan qochma nasoslar suv trubasining teskari tomonidir. Turbinada g’ildirak orqali oqib
o’tadigan suvning kinetik energiyasi mexanik ishlarga, markazdan qochma nasosda esa mexanik
ish suvning kinetik energiyasiga aylanadi. Suv markazdan qochma nasos orqali 1-qismdan 4-
qismgacha, suv trubinasida esa teskari yo’nalishda oqadi.markazdan
qochma nasoslarda
nomidan anglaganimizdek, markazdan qochma kuch muhim rol o’ynaydi.Markazdan qochma
nasoslarda suyuqliklar bir me’yorda uzatiladi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlikka
energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish g’ildiragi kuraklari yordamida beriladi. Bunda
parraklar orasidagi suyuqlik zarrachasi markazdan qochma kuch ta’sirida
nasos kamerasiga
intiladi. Bunday harakat natijasida ish g‘ildiragi markazida bosim kamayib, ta’minlovchi
idishdagi suyuqlik so‘rish trubasi orqali ko‘tariladi va ish g’ildiragi kuraklari orasida chiqib
ketgan suyuqlik o‘rniga yangi suyuqlik keladi.
Ish g’ildiragi bilan korpus orasida kattagina tirkish bo‘lib,
agar korpus suyuqlik bilan
to‘ldirilnasa, gildirak aylanishidan hosil bo’lgan siyraklanish suyultirishi ko‘tarishga ta’sirli
bo‘lmaydi. Shuning uchun markazdan qochma nasoslarni ishga tushirishdan oldin uning korpusi
suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Nasosni to‘ldirishda yoki qisqa vaqtga to‘xtaganida suyuqlik oqib
ketmasligi uchun so‘rish trubasining suvga botirilgan qismida klapan o‘rnatilgam bo‘ladi.
2
Ishchi g’ldirak aylanganda kuraklari oralig’ida uning o‘qida r radiusda joylashgan har bir m
massali suyuqlik hajmiga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch F ta’sir qiladi.