26-Mavzu Parket pollar



Yüklə 152,8 Kb.
tarix07.07.2023
ölçüsü152,8 Kb.
#136086
26-Mavzu Parket pollar


26-Mavzu Parket pollar

  1. Parket pollari.

  2. Gips-tolali plitalardan pollar.

  3. Probkadan pol qoplamalari.

  4. Falsh pollar.

1.Polbop laminant taxtalar
Polbop laminat taxta ikki xil o‘lchamda ishlab chiqariladi: uzunligi R1-1216 mm, R2-1216 mm, eni 200 mm, qalinligi R1-8 mm, R2-10 mm, yuzasi 0,24 m2.

Yog‘ochsimon plastiklar yog‘ochli materiallarni bosim ostida qizdirib qayta ishlangan buyumlardir. Yog‘ochsimon plastiklar quyidagilarga bo‘linadi:


presslangan yog‘och (plastifikatsiyalangan); yog‘och-qatlamli plastiklar; yog‘och shoxlari va cho‘plarni bog‘lovi bilan presslab ishlangan buyumlar; polimerli bog‘lovchilar asosida ishlangan yog‘och tolali plita (DVP) va yog‘och qirindili plitalar (DSP).
Polimer yog‘och plitalarni tayyorlash jarayonida, yog‘och qirindilari maydalanadi va tolalarga aylantirilib gilam shakllanadi. So‘ngra gilam bo‘laklarga bo‘linadi va bo‘laklardan presslangan plitalar ishlanadi. Nam bo‘laklarni presslab qattiq yoki yarim qattiq plitalar olinadi.
Tolasimon plitalarni ishlashda maydalangan yog‘och tolali massaga parafinli, smolali va yoqilg‘i emulsiyalar qo‘shiladi (namli muhitga chidamliligini oshirish uchun). Qattiq va o‘ta qattiq plitalar massasiga nisbatan 5..7 % gacha namlikda, 150...170 0S haroratda qizdirib presslanadi. O‘ta qattiq plitalarning o‘rtacha zichligi 950 kg/m3, qattiq plitalarning o‘rtacha 850 kg/m3 va yarim qattiq plitalarniki esa 400 kg/m3 dan kam emas. Plitalar uzunligi 1200....3600, eni 100...1800 va qalinligi 3...8 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi.
Qattiq yog‘och tolali plita (DVP) larni qurilish konstruksiyalarida ishlatishda ularning qattiqligi va yemirilish ko‘rsatkichlari alohida ahamiyatga ega. Yog‘och tolali plitalar ishlab chiqarishda bog‘lovchi va qo‘shilmalar sifatida fenolformaldegid va mochevina formaldegid polimerlar ishlatiladi.
Bunday termoreaktiv sintetik smolalar yuqori harorat va bosim ostida qotadi. Qotish reaksiyasini tezlatish uchun turli katalizatorlar qo‘shiladi.
Plitalarning namli muhitga chidamliligini oshirish uchun maydalangan yog‘och qirindisi massasiga nisbatan 1 % gacha parafin, yoki serezin qo‘shiladi. DSP uzunligi 2500...3500, eni 1220...1750 va qalinligi 10...25 mm o‘lchamlarda;
ekstruzion usulda ishlanganining uzunligi 2500, eni 1250 va qalinligi 15...52 mm qilib tayyorlanadi.
DSP ning namligi 8 %, suv shimuvchanligi 12...80 %, issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,06...0,22 Vt/m 0S, issiq yutuvchanligi 1,7...1,9 kJ/(kg k). Yog‘och asosidagi plastik plitalarning turlari 2.16 – rasmda keltirilgan.



Nazorat savollari
1. Yog‘ochning tuzilishi haqida aytib bering.
2. Qurilishda qanday yog‘och turlari ishlatiladi?
3. Yog‘ochning fizik xossalarini aytib bering.
4. Yog‘ochning mexanik xossalari qanday aniqlanadi?
5. Davlat standarti bo‘yicha yog‘ochlarning mustahkamligi namligiga bog‘liq holda qanday aniqlanadi?
Yog‘ochda qanday nuqsonlar mavjud?
6. Yog‘ochning hasharot va zamburug‘lardan shikastlanishini tushuntirib

  1. bering.


Yüklə 152,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin