3 – Amaliy mashg’ulot Mavzu. Sifatni oshirish ahamiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarish tizimini joriy etish Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni. Sifat narxdan muhimroq



Yüklə 35 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü35 Kb.
#168675
  1   2   3   4
3-AAmali


3 – Amaliy mashg’ulot
Mavzu. Sifatni oshirish ahamiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarish tizimini joriy etish
Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni.
Sifat narxdan muhimroq
Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan iste’molchilarning 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Ma’lumotlar sifat harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 – 25% dan kam bo’lmagan qismini tashkil qilganini ko’rsatadi.
Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan.
Sifatga bog’liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan.
Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliyotda qo’llanildi. 1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli islohotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistik nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan. Yaroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko’ra bepul almashtirib berilgan.
Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish tartibini qurayotib, korxonalar quyidagi oldinga qo’yilgan maqsadlarga ega bo’lishi kerak:
1. Mahsulot sifatining bozor talabi va aniq xaridor talabiga muvofiq kelishi;

  1. Mahsulotning sotib olish, yetkazib berish va foydalanish xarajatlari yig’indisini kamaytirish;

  2. Xaridor istagan muddatga yetkazishni amalga oshirish;

  3. Korxonaning bozorda yuqori mavqeini yaratish va korxonaning mustahkam hamkor sifatida tasdiqlaydigan dalillarni keltira bilish.

Sifatni boshqarish tartibi – firmada amal qilinayotgan va foydali texnik, boshqarish usullarini o’z ichiga olgan, insonlar va mashinalarning o’zaro munosabatini eng yaxshi va eng qulay usullarni ta’minlagan va shuningdek sifat uchun qilingan xarajatlarni tejash, ma’lumotlarni berishni o’zida namoyon etadigan kelishilgan ish qurilishidir.
Jahon tajribasi va faqat amaldagi sifatni boshqarish tartibini umumiy belgilarini, bplki har birida qo’llanishi mumkin bo’lgan printsip va usullarni barpo etadi. Hozirgi vaqtda kontseptual farqlarni o’z ichiga olgan ba’zi sifatni boshqarish tartibini uch darajasini ajratish mumkin:
9000 seriyasidagi ISO standarti talablariga muvofiq sistemalar
umumfirma sifatni boshqarish sistemasi (TQM umum sifatni boshqarish-Total Quality Management).
Milliy mezon va sifat bo’yicha halqaro (regional) mukofot va diplomlar sistemasi
Ilmiy – texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “yapon mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda bozor sifatning narxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar.
1987 yilda sifat bo’yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu davr haqida yozadi: “80 – yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat urushidan iborat va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning o’ljasi hisoblanadi. Amerika sanoatiga nafaqat Yaponiya, balki Osiyo va Yevropa tomonidan ham hujum uyushtirilmoqda. Qo’shma SHtatlarda ko’plab mahsulot turlarining takomillashuv darajasi aniqlanmaydi.
Prezident R. Reygan “Xьyulett – Pakkard” kompaniyasining prezidenti J. A. Yangga ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo’llarini izlash bilan shug’illanuvchi guruhni boshqarishni taklif qildi. Bunga Yang javoban quyidagicha ta’kidladi: “So’nggi yigirma yilda xalqaro bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligi pasayib ketgan.



Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin