XARAZMSHOHLAR DAVLATI VA UNING YUKSALISHI.
XI
asr
va
XII
asrning
birinchi
yarmida
Xorazm
saljuqiylar
davlati
(
Gʻaznaviylar davlati
xarobalarida XI asrda tashkil topgan) tarkibiga
kirgan. Xorazmning XI asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub
xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq
amirining
tashtdori
Anushtegin
asos
solgan.
Sulton
hammomchilari
mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092
yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama
zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh
Anushtegin
Garchoini
Xorazmga
noib
etib
tayinlaydi
va
Xorazmda
Anushteginlar
sulolasi
hukmronligi
boshlanadi.
Anushteginlar
turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda,
Osiyo
da hukmronlik qilgan uch
buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib
chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn
Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga
Anushteginning oʻgʻli
Qutbiddin Muhammad
(1097-1127 yy.) qoʻyiladi.
Garchi, u "Xorazmshoh" unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham
Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh
mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi
Otsiz
Xorazm mustaqilligi
yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq
sultoni
Sanjar
ga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir
diplomat va qatʼiy
sarkar
da boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi,
u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz
qipchoqlar
va
turkmanlar
ga qarshi urush
boshlaydi. 12-asrning boshida
Oʻrta Osiyo
ni sharq tomondan yangi istilochilar -
qoraxitoylar
bosib oladilar. Sulton Sanjar oʻzining yaqin qarindoshi boʻlgan
samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga
qarshi
Samarqand
yaqinida boʻlib oʻtgan jang Sanjarning toʻla magʻlubiyati
bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning magʻlubiyatidan ustalik bilan
foydalanib
1141-yili
Marv
ni ishgʻol etadi, 1142-yili esa
Nishopur
ga
yaqinlashadi. 1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli
Elarslon
(1156-1172
yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-
atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli
Sultonshoh
Mahmud
ni (1172-1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli
Takash
ukasi
hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun
kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi.
Uning oʻgʻli Tekesh (1172-1200 yy.) 1187-yili Nishopurni, 1192-yili esa
Marvni bosib oladi. 1194-yili gʻarbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich
magʻlubiyatga uchratib,
Eron
ning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195-yili
Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib,
Iroq
ga bostirib kiradi. Oʻz
mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan
xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish
mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga
koʻrsatilgan homiylik boʻlgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan
foydalanib davlat ishlariga koʻproq taʼsir koʻrsatishga intilgan. Turkiy
"qoʻmondonlar"ning davlat ishlariga oʻzboshimcha aralashuvi keyinchalik
Tekesh oʻgʻli Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab
boʻlgan.
Alovuddin Muhammad
(1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada
kengadi. 1210-yilda
Movarounnah
rni Qoraxitoylardan tortib oladi. Uning
davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan
yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning
boshida
Turkon Xotun
va qipchoqlar turgan. Sulton saroyidagi bunday
nizolardan foydalangan
moʻgʻullar
1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy
qismini bosib oladilar. Xorazmshoh
Jaloliddin Manguberdi
(1220-1231 yy.) 11
yil davomida
Hindiston
, Eron va
Ozarbayjon
hududlarida moʻgʻullarga qarshi
mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin Manguberdi
Ozarbayjonda halok boʻlgach, 154-yil hukmronlik qilgan Anushteginlar
sulolasining hukmronlik davri tugaydi. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan
Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2.
Ekinji ibn Qorachar 1097.yil 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz
1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-yil 7.
Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin
Manguberdi 1220-1231 yy.
Dostları ilə paylaş: |