3 ‒ mavzu. Ma’lumotlar bazasi va uni boshqarish tizimlari
Reja:
1.
Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha.
2.
Ma’lumotlar turlari.
3.
Ma’lumotlar bazasi arxitekturasi.
4.
Ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi.
5.
Microsoft Access dasturi va uning imkoniyatlari.
6.
Access muhitida ma’lumotlar bo’yicha jadval, so’rov va formalar yaratish.
Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha
Ma’lumotlar bazasi (MB)
deganda real dunyoning konkret ob’yektlari
haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushunish mumkin. Lekin ma’lumotlar hajmi oshib
borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi.
Yuzaga kelgan muammo
ob’yekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo’li bilan hal qilinadi.
Ob’yekt
— bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lgan narsadir. Ob’yektlarga tegishli
bir qator ma’lumotlar borki, ularning to’plami MB bo’la oladi. Masalan,
har bir
akademik
litsey yoki kasb
hunar kolleji — bu ob’yektlar bo’lsa,
ulardagi
o’quvchilar haqidagi ma’lumotlar to’plami MBga misol bo’la oladi.
Har qanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi.
MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob’yektlar
va ularni tavsiflovchi
parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi bog’lanishlarni o’rnatishdan iborat.
MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo’yicha zarur ma’lumotlarni
(tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni
ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo’lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash
— bu ob’yektlar va ma’lumotlarning o’zaro bog’lanishini
tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.