6-mavzu: qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turlari va ahamiyati



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə1/11
tarix24.10.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#160777
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1323355.pptx 3

10-MAVZU: KORXONALARDA INVESTITSION FAOLIYAT VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI


Reja:
1. Investitsiyaning mohiyati, ahamiyati va turlari.
2. Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish manbalari.
3. Investitsiyalardan foydalanish samarador-ligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
4. Korxonalarda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.

“Investitsiya” atamasi lotincha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi.

Investitsiya — foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan ehtiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli sohalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir (https://uz.wikipedia.org).

Korxonalarda foyda olish maqsadida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag‘lar investitsiyalar deb ataladi.

Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

- kapital investitsiyalar;

- innovatsion investitsiyalar;

- ijtimoiy investitsiyalar.

Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.

Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ularni o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.

Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi.

Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham bo‘lish mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo‘yilmalar deb ham ataladi.


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin