Qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) shakllantirishga sarflangan mablag‘lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi.
Korxonalarda moliyaviy investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, korxonalar qimmatli qog‘ozlar chiqarib, sotilishini yo‘lga qo‘yish lozim.
Siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik Investorlar huquqlarining kafolatlari Soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyoz va afzallliklar INVESTITSIYA MUHITI Xalqaro standartlarga javob beradigan moliya-hisob tizimi Ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma Xomashyo bazasi Malakali va arzon ish kuchi Qulay geografik joylashuv va zamonaviy logistika
Korxonalarda barcha investitsiyalar quyidagi ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi:
- korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan;
- chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali.
Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;