6-mavzu: qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turlari va ahamiyati



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə4/11
tarix24.10.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#160777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1323355.pptx 3

Misol. Agar pul tushumlari birmuncha farqli bo‘lib, birinchi yilda 100 mln. so‘mni, ikkinchi yilda 200 mln. so‘mni, uchinchi yilda 300 mln. so‘mni, to‘rtinchi yilda 450 mln. so‘mni va beshinchi yilda 500 mln. so‘mni, oltinchi yilda 550 mln. so‘mni tashkil etsa, qoplanish muddatini hisoblash qanday amalga oshiriladi?

Bunda uch yillik pul tushumlari yig‘indisi boshlang‘ich investitsiyalar miqdoridan kichikligi, to‘rt yil bo‘yicha katta ekanligini inobatga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati loyihaning to‘rtinchi yilgi faoliyatiga bog‘liqligini ko‘ramiz.

Uch yillik olingan daromadlarning (100+200+300=600) boshlang‘ich investitsiya-lardan farqi 200 mln. so‘mni (800 – 600) tashkil etishini inobatga olsak, ushbu qoldiq summaning to‘rtinchi yilda olingan daromadlarga nisbati uning qoplanish muddatini ko‘rsatadi, ya’ni 200/450 = 0,44 koeffitsiyentni, yil hisobida esa 5 oy 10 kunni, jami investitsiyalarning qoplanish muddati esa 3 yil 160 kunni (3 yil + 5 oy 10 kun) tashkil etishini hosil qilamiz.

Ushbu usulning asosiy afzalliklari qoplash muddatini aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining oddiyligi, qulayligi va tushunarliligidadir. Kamchiligi esa kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olishga qodir emasligi, shuningdek uni investitsiya loyihasining daromadliligini aniqlashda qo‘llab bo‘lmasligidadir.

Bu usul investorning qancha vaqt mobaynida o‘z kapitali bilan tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishini tasavvur qilishga yordam beradi.

Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati – bu shanday vaqtki, bunda loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan xarajatlarni qoplaydi.

Investitsiyalarning rentabellik darajasi (ROI yoki ARR).

Bu ko‘rsatkich buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o‘rtacha daromadni investitsiyalarning o‘rtacha yillik hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari soliqlarni to‘lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Eng yaxshisi, soliq to‘langandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir, chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi.


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin