3- mavzu: Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari. Reja



Yüklə 70 Kb.
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü70 Kb.
#119392
  1   2
3- mavzu Tarbiya psixologiyasi maqsadi, vositalari va metodlar


3- Mavzu: Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari.
Reja:
1. Ta’limni va bilimlarni o’zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari.
2. Boshqarishning metodologik va nazariy asoslari.
3. Chet el psixologiyasida ta’lim va taraqqiyot muammolari.
4. O’qish tiplari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Ta’lim - juda keng ma’noga ega bo’lib, u bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, o’rganish, o’rgatish jarayonidir. Bu ta’rif xozirgi zamon ta’limi uchun yetarli emas. Chunki xozir mustakillik davrida ta’lim o’zining mazmuni bilan o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar berish bilan birga, o’quvchilarni xozirgi zamon ruxida milliy kadrlar, jaxon madaniyati va maorifining ilg’or g’oyalaridan okilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustakil fikrlashga o’rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layokatli kiluvchi ta’lim hamdir.
Ta’lim ikki tomonlama jarayon;
1-dan, o’quvchi tomonidan bajariladigan, boshkariladigan,
2-dan, o’quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir.
Demak, ta’lim jarayoni o’rganish va o’rgatish, o’rganib olish va uni xayotga tadbik etish xususiyati bilan izoxlanadi.
O’rganish (o’qitish) - bu o’kutuvchining o’kuvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularda yangi xakikatni ochishga qodir bo’lgan ijodiy, mantikiy tafakkurni tarbiyalashdir.
O’rganish- bu o’kuvchilarning o’qituvchi tamonidan berilgan bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni, o’zlarida bilish kobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu passiv mushoxada jarayoni emas, balki o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga beriladigan bilim va malakalarni faol ravishda kayta ishlash jarayonidir.
O’rganishning asosiy moxiyati shundaki, bunda - o’qish jarayonida o’quvchilar mustakil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish ko’nikmasini o’z ichiga oluvchi akliy va jismoniy mexnat elementlarini o’ziga sindiradi.
Ta’limning muvaffakiyati o’kuv materiallarning mazmunigagina, ta’lim usullarigagina emas, balki u kzp jihatdan o’quvchining qanday o’qiyotganligini bilishga, ya’ni o’kuvchining yosh xususiyatlariga, akliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni o’zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham bog’likdir.
O’kish jarayoni - o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga ham, uning psixik rivojlanishining (aqliy, emotsional, irodaviy jixatdan) individual tavsifnomasiga, unda o’qishga nisbatan karor topgan munosabatlariga, uning qizikish-xavaslariga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim jarayoni o’quvchiga nimani va qanday kilib o’zlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas, ya’ni sirtdan ta’sir kiladigan shart-sharoitlarning oqibati emas, balki o’quvchining individual-psixolok xususiyatlariga bog’lik ravishda amalga oshiriladi.

Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin