Oilaning bola shaxsini shakllantirishga ta`siri



Yüklə 89,16 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü89,16 Kb.
#178510
  1   2   3   4   5
Muxsinova Durdona





Xalqaro Nordik Universiteti 1-kurs talabasi Muxsinova Durdonaning Oila Pedagogikasi fanidan“Oilaning bola shaxsini shakllantirishga ta`siri” mavzusida bajargan ESSEI


MUNDARIJA

KIRISH


Asosiy qism.
1. OILADA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI.
2. BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIDA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR.
3. OILA QADRIYATLARINING BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIGA TA`SIRI.
XULOSA VA TAVSIYALAR

KIRISH
Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri bor. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun, avvalo ,tarbiyalanishi zarur. Samarqandiyning «Bo‘stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: «Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi - har tоmonlаmа shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiya - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa hisoblanadi. Bog’chaning maqsadi: bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezilari amalga oshiruvchi ta’lim - tarbiya jarayonini olib borishdir. Bog’cha maktabgacha ta’lim ustaviga muvofiq bo‘lgan zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog‘lig’ini mustahkamlashga doimo g‘amxo‘rlik qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ularning muhim bo‘lgan va muhim bo’lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatishi lozim. Bola shakllanishi va rivojlanishida qiziquvchanlik o‘ziga xos xususiyatdir. U bolaning tevarakatrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni mustaqil javob qidirishga yo‘llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bolalarni o‘z navbatida tarbiyalab boradi. Maktabgacha Ta’lim tashkiloti o‘z navbatida ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi.
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalasining yillik ish rejasi to‘g‘risida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Ushbu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllantirishda oila tarbiyasiga chambarchas bog‘laydilar. Shunday ekan bola tarbiyasi bir vaqtning o‘zida “Maktabgacha ta’lim”, “Oila” va “Jamiyat” nuqtai- nazarida shakllanib boradi. Biz oilani “davlat ichra kichik davlat”- deb ataymiz. Unda yangi inson, ya’ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo‘ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o‘qituvchisi va tarbiyachisidir. Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota - onaning o‘zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota - onalar o‘z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindosh - urug‘lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro‘si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bu ma’naviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni ko‘zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o‘rnak bo‘ladigan kishilardir, ya’ni obro‘li ota - onalardir. Bunday odamlar o‘z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta’limda ham e’tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a’zolari bo‘ladi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’limtarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatib beradi. Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oila va Jamiyatning ham birdek xissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta’lim- tarbiya olsa, uni maktabgacha ta’limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish, nasihat yoki o‘yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa albatta jamiyat va o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosidur .
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan tasiri benihoyat kattadir, Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Otaonaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota onalar bolalar xulq- atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar ko‘pincha "demokratik" va "avtoritar" nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta’sir etishning "demokratik" shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p aloqa qilinadi, unda ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas ta’qiblarini qo‘ymaslikka harakat qiladilar, buning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga xapakat qiladilar. Oiladagi "avtoritar" muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. "Hukmron" otaonalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulqatvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. "Demokratik" oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh; fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar. Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, oiladagi muhit iliq ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo‘ladilar. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga mexr-muhabbat bilan, diqqat e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi o‘sib kelayotgan shaxs axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi. Oilaning bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalarining psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog‘lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak. Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqishlari bolada kattalarga bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinrok bir yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi, biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi. 4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo - bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishidan maxrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning "bolalar jamiyati" a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas. Bolalar o‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar.Biroq, har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo "suvdagi baliqday" his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni, o‘zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshqalarga tobelikni his etadilar.Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo‘lgadigan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq, ijobiy munosabatlarning yo‘qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkii.Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin. Ko‘p bolali oilalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa - singillar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aka-ukalar va opa - singillar bolaga eng yaqin bo‘lgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, hatto, shunday fikrdaki, oila azolarining soni ko‘paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar opa-singillar ta’siri kuchayib boradi. Katta akalari va opalari davrasida bola o‘zini emotsional himoyalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o‘zlarini mehribonlik his-tuyg‘ularini, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular o‘rtasida bola o‘zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi mumkin. Akalaru, opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqotda bo‘lish extiyojini qondirishlari mumkin. Demak bog‘cha yoshdagi bolalarning boshqa bolalar bilan bo‘lgan ancha murakkab va xilmaxil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs shakllanishini belgilab beradi. O‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishiga qiynalayotgan, muloqotda bo‘lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalarning tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarini faollashtirmaslik lozim. Yaxshisi, dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo‘lgan 1-2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kengaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda noto‘g‘ri shakllanib ulgurgan muloqot motivlarini qaytadan qurish avvalo, boshqalarning fikri bilan hisoblashishga o‘rgatish ancha foydalidir.



Yüklə 89,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin