3 – Tajriba ishi Mavzu: Test keys, test ssenariy va test rejalarni ishlab chiqish Ishdan maqsad: Dasturiy ta’minotni testlash uchun uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishni o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba variantda berilgan mavzu bo’yicha texnik vazifalarni ishlab chiqishlari lozim. Texnik vazifalar ilovasida har bir oyna nima vazifani bajarishi va qanday shaklda bo’lishini aniq ifodalash shart.
Nazariy ma'lumotlar Testlash - bu dasturning to'g'riligini baholashga qaratilgan jarayon, ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotning to'liqligi va sifatidir. Testlashni juda katta belgilar orqali turli hil usullarga ajratsih mumkin. Quyida testlash turlarining umumlashtirilgan ro'yxati keltirilgan.
Testlash turlari: Smoke test (Tutun testi) – tafsilotlarni ichiga kirmasdan, umuman dasturning asosiy funktsiyalarining to'g'ri ishlashini aniqlash uchun tizimni testlash. Testlash davomida ishlab chiqishning keyingi testlash uchun yaroqliligi aniqlanadi
Minimal Acceptance Test (MAT, Positive test) Minimal qabul qilish testi (MAT, ijobiy sinov): tizimni yoki uning qismini faqat haqiqiy ma'lumotlarda testlash (haqiqiy ma'lumotlar modul / funktsiyani to'g'ri ishlashi uchun ishlatilishida kerak bo'lgan ma'lumotlar).
Katta va murakkab dasturlar cheklangan skript va funktsiyalardan foydalanadi.
Acceptance Test-Qabul qilish testi: tizimni yoki uning qismini to'g'ri va noto'g'ri ma'lumotlar / ssenariylarda to'liq testdan o'tkazish. Ilovadan har qanday sharoitda maqsadga muvofiq foydalanish mumkinligini tasdiqlashga qaratilgan test turi.
Black box - Qora quti - tizimni testlab ko'rish, funktsional yoki funktsional bo'lmagan, tizimning ichki tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida ma'lumotsiz testlash. Testlovchi ichki tuzilishga va dastur kodiga kira olmaydi.
White box - Oq quti - ichki tahlil asosida testlash, komponent yoki tizim tuzilmalari orqali. Testlovchida dasturning ichki tuzilishi yoki dastur kodini olish imkoniyati mavjud.
Gray box - Kulrang quti - oq va qora quti usullarining kombinatsiyasi, testlovchida kod arxitekturasining bir qismiga ruhsat bor, ammo bir qismiga yo’q.