3-Laboratoriya ishi: Saralash algoritmlari. O’rniga qo’yish yo’rdamida saralash. Pufakli saralash. Shell saralash usuli. Ildizli saralash
Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya ishining maqsadi talabalar qanday saralash usullari va algoritmlari mavjudligini va ularning samaradorliklarini baholashni o’rganishlari kerak. Shu asosda saralash usullarini qiyosiy tahlil qilishlari va ularga oid dasturlar tuzishni o’zlashtirishlari kerak.
Qo’yilgan masala: Talabalar topshiriq variantiga mos saralash usuli yordamida masalani yechish dasturini yaratish ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o’rganish;
Berilgan topshiriqniтп algoritmini ishlab chiqish;
Java dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
3.1. Tuzilma elementlarini saralash
Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning information maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda ma’lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma’lumotlarni kalitlari bo’yicha doimiy ko’rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma’lumotlarni massivda kalitlari bo’yicha o’sishi tartibida berilishi tushuniladi. Ma’lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma’lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur.
Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:
Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma’nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, massiv o’z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.
Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan keyin bir xil kalitlilar boshlang’ich tartibda qanday joylashgan bo’lsa, shu tartibda qoldirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi (Bir xil kalitlilar o’zlariga nisbatan). Bunday usulga turg’un saralash deyiladi. Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin:
Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki almashtirishlar sonini hisoblash mumkin. Faraz qilaylik, N = 0,01n2 + 10n – taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo’lsa, u holda ikkinchi qo’shiluvchi katta, aks holda ya’ni, n > 1000 bo’lsa, birinchi qo’shiluvchi katta bo’ladi. Demak, kichkina n larda taqqoslashlar soni n ga teng bo’ladi, katta n larda esa n2 ga teng bo’ladi.
Qat’iy usullarning afzalliklarini ko’rib chiqaylik:
Bilamizki, dasturlarning o’zlari ham xotirada joy egallaydi. To’g’ridan-to’g’ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo’lib, ular tushunishga oson.
To’g’ridan-to’g’ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy xususiyatlarini tushuntirish qulay.
Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko’p amallarni bajarish talab qilinmasada, ushbu amallarning o’zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar tezroq ishlaydi.
Shu joyni o’zida qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko’ra 3 ta toifaga bo’lish mumkin:
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli (by insertion);
To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli (by selection);
To’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli (by exchange).
Dostları ilə paylaş: |