3-Mavzu. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari
3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy tushunchalar.
3.2.Sifat nazoratining Teylor tizimi, statistik usullar. Sifatni umumiy nazorat qilish
3.3.Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi.
3.4.Standartlarni vujudga kelishi
3.5.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining mohiyati
3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy tushunchalar
Sifatni boshqarish taraqqiyotini muhokama etish uchun SHvets yondoshuvlari asosida tuzilgan quyidagi davriy mumkin:
20
A.V. Glichev va V. Ye. bo’linishlarga asoslanish
Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning individual shakli.
Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning tsex shakli.
Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning sanoat (industrial) shakli: a) Sifat nazorati, Teylor tizimi – (XIX a. oxiri – XX asrning 20 yy.);
b) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish – (XX asrning 20–50 yy.); v) Sifat boshqaruvi – (XX asrning 50–80 yy.).
Postindustrial davr, Sifatni yalpi boshqarish (TQM) – (XX asrning 80 yillaridan – hozirgi kunga qadar).
Jahonda sifatni boshqarish taraqqiyotining tarixan ilk bosqichi – sifat bo’yicha ishlarni individual ravishda tashkil qilish shakli bilan bog’liq bo’lgan davriga to’g’ri kelgan. Bu shakl manufakturaga qadar hunarmandchilik ishlab chiqarishi uchun xos bo’lgan. Bunday shaklning mazmuni shundaki, bir ishchi mahsulotni yaratish, tayyorlash va sotish borasidagi masalalarni mustaqil o’zi hal qilib, sifati uchun ham barcha javobgarlikni o’z zimmasiga olgan (boshqalar esa bu javobgarlikka tortilmagan).
Sifatni boshqarishning ilmiy uslublari va tamoyillarining yaratilishini asosan shu davr bilan bog’laydilar. Bu davrga, yuqorida aytilganidek, uch kontseptsiya nuqtai nazaridan qaraladi:
1) Sifat nazorati, Teylor tizimi;
2) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish, SCQ;
3) Sifatni umumiy nazorat qilish, TQS.
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasi (TQM) – yuqorida ko’rsatilgan uch kontseptsiyaning taraqqiy etgan hosilasi hamda jamiyatning postindustrial rivojlanish davriga o’tishi natijasidir. (1-jadval). Bu kontseptsiyalar to’g’risida keyingi paragrafda alohida to’xtalib o’tamiz.
Nazarat savollari:
1.Sifatni boshqarish taraqqiyotini qanday shakllarga bo’lish mumkin?
2.Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etishning individual shaklini tavsiflab bering.
3.Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etishning tsex shakli deganda ni mani tushunasiz?
4.Sanoat(industrial) shaklining o’ziga xos tomonlarini yoritib bering.
5.Postindustrial davrda sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil etish?
Dostları ilə paylaş: |