3-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü23,47 Kb.
#169526
  1   2   3   4   5
3-ТАБИИЙ РЕСУРСЛАР (3)


3-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi.



Reja:





Tabiiy resurslaring umumiy tavsifi.


Tabiiy resurslaring klassifikasiyasi.


Muqobil energiya manbalaridan istiqbolli foydalanish.


O‘zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish



Tayanch iboralar: Tabiiy resurs, real resurslar, potensial resurslar, tabiiy resurslaring klassifikasiyasi, tugaydigan resurslar, tugamaydigan resurslar, qayta tiklanadigan tabiiy resurslar, insonning tabiiy resurslarga ta’siri, muqobil energiya manbalari, qazilma boyliklar.


1.Tabiiy resurslarning umumiy tavsifi.
Tabiiy resurslar deb tabiatda mavjud bo‘lgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish hamda xo‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy ob’yektlarga, sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. Tabiiy resurslar foydalanish sohasiga ko‘ra ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, madaniy, ilmiy va boshqa resurslarga, tabiatning u yoki bu komponentlari tarkibiga ko‘ra esa suv, o‘rmon, mineral, energiya va boshqa resurslarga ajratiladi. Mamlakatni tabiiy resurslarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning muhim shartidir, aksincha, zaxiralarini kamligi yoki umuman yo‘qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Shuni ham taьkidlash joizki, bu qonuniyatni har doim ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resruslar umuman yo‘q yoki bo‘lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koriya, Singapur va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar, muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika taraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlantirishda eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish jamiyat munosabatlari harakteri bilan belgilanadi. Ko‘plab sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarni xom ashyo va energiya resurslari bilan ta’minlovchi mamlakatlarga aylanib qolganlar. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining moddiy boyliklari va ma’naviy saloxiyatini yuqoriligi bilan boshqa mustaqil davlatlardan keskin farq qiladi. Chunki bu hudud yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakat rivojining muhim sharti hisoblangan yer osti va yer usti resurslariga boy. Yaponiya, Koreya, Singapur davlatlaridagi kabi yoshlarni ilm olishga bo‘lgan intilishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, eng muhimi uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy qadryatlarimiz O‘zbekistonning tezlik bilan rivojlanishi uchun muhim omil bo‘la oladi.
Jamiyatni ma’lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurslardan foydalanishda ularni real va potensial resurslarga ajratiladi.

Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin