3-sinfda musiqa o'qitish mazmuni va maqsadi reja: Kirish: Asosiy qism



Yüklə 89 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü89 Kb.
#149618
3-SINFDA MUSIQA O\'QITISH MAZMUNI VA MAQSADI


3-SINFDA MUSIQA O'QITISH MAZMUNI VA MAQSADI
Reja:
Kirish:
Asosiy qism:
l.Uchinchi sinf oquvchilarini psixologik-fiziologik xususiyatlari
2.Uchinchi sinfda musiqa oqitishning mazmuni va maqsadi
3.Musiqa darslarida korgazmali qurollar tayyorlash va uning metodik
ahamiyati
4.Tortinchi sinf oquvchilarni psixologik va fiziologik xususiyatlari
5.To’rtinchi sinfda musiqa darslarining maqsadi va mazmuni
6. Tortinchi sinfda dars mavzularini oquvchilar yoshiga va qiziqishiga niosligi
7.Uchinchi sinf dars mavzulari va ularni o’quvchilar yoshi va qizqishiga mosligi
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Musiqa savodi musiqa darsining bo’limlaridan biri bo’lib, xor bilan qo’shiq aytishga nisbatan ikkinchi darajali o’rin tutadi. Shunga qaramasdan musiqa savodi o’quvchi bolalarning musiqa ta’limida katta rol o’ynaydi: musiqa nazariyasi va tarixidan boshlang’ich bilim beradi, ularning saviyasini oshira borishga yordam qiladi. Musiqa savodi musiqaga, uning ifoda vositalariga ongli munosabat tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunib olishga yordam beradi, eng muhimi esa notaga qarab kuylash va ashula aytish malakalarini hosil qilish, garmonik eshitish qobiliyatini o’stirishga ta’sir ko’rsatish, xor ovozlarini aniq talaffuz etishga va xor bilan ijro etish sifatini oshirishga qulaylik tug’dirish yo’li bilan sinfda qo’shiqlar o’rgatishni osonlashtiradi. Musiqa darsida musiqa savodiga juda oz vaqt 5-10 minut ajratiladi. Shu sababli har gal qo’shiq o’rganish va musiqa asarlarini tinglash jarayonida qo’llash va eshitish malakalarini hamda musiqa bilimini mustaxkamlab va chuqurlashtirib borishi kerak. Maktabda musiqa savodini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodi talab olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llash hamda savod o’rgatish bilan birgalashib qo’shiq aytishni bir-biriga chambarchas bog’lab olib borishdan iborat. O’quvchilar mustaqil qo’shiq ayta oladigan va notanish kuylarni notaga qarab o’rgana oladigan bo’lgan vaqtlardagina musiqa savodini o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadga erishilgan bo’ladi. Musiqa savodini o’rganish bolalarning musiqa tovushlarini eshitish sezgilarining o’sishiga asoslanishi kerak. O’quvchi biror tovushni ovoz bilan esga tushunishdan oldin uning qanday yangrashini aniq- ravshan tasavvur qilishi va eshitib bilishi, ya’ni ko’rayapman-eshitayapman-kuylayapman deb, ko’zga ko’rinadigan narsadan eshitiladigan narsaga qarab borishi lozim. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytishda ham musiqa savodini o’rgatish jarayonida ham eshitish qobiliyati, metr-ritm sezgisi taraqqiy etadi.
Musiqa savodini o’rgatishning boshlang’ich davri Musiqa savodini o’rgatish l-sinfda boshlanadi. Ko’pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida bog’chaga qatnab, bog’chadagi musiqa mashg’ulotlarida bir qancha musiqaviy malakalar hosil qilgan bo’ladilar.
Ko’pgina qoshiqlar va o’yinlar o’rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo’ladilar va h.k.
Uyda tarbiyalanadigan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo’ladilar: radiyo va televideniye orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari bilan tanishgan bo’ladilar. Garchi ana shu bilimlar tasodifiy va sistemaga solinmagan bo’lsa-da, ammo o’qituvchi bolalarga musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o’sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko’rishi mumkin.
l-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur.
1-sinfda ta’limni shartli ravishda ikki bosqichga asosiy maqsad -bolalarning musiqa o’quvini o’stirishdir. Bu bosqich odatda o’quv yilining birinchi yarmini to’liq egallaydi. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho’zma kabi o’ziga xos xususiyatlarini ajrata bilishga o’rganishlari va nota yozuvini o’rganishga tayyorlanishlari kerak.
O’quv yilining ikkinchi yarmi - ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni musiqa tovushlarining chizma (grafik) usulda ifodalanishi - nota yozuvini bevosita o’rganishga kirishiladi.
3-sinf o’quvchilari o’zlarining psixologik xarakter iga ko’ra 1-2-sinflardan ancha farq qiladi. 2-sinfda olingan bilim va malakalar musiqa qonuniyatiga doir yanada konkret nazariy bilimga aylanadi. Ularning diqqat e’tibori turkun, nutqi ravon bo’ladi, ovoz apparatlari shakllangan ikki ovozlarni kuylash malakasiga ega bo’ladilar. 3-sinf o’quvchilari do1 - re2 (mi2) diapazonidagi bir ovozli va ikki ovozli elementlari bo’lgan qo’shiqlarni ijro qiladilar. Kuylash jarayonida o’z partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi partiyadagilar ovozini eshitib, kuzatib borishlari lozim. Yakka xolda, guruh yoki butun sinf bilan a’capclla qo’shiqlarini kuylash, ovozda asarning mazmimi va xarakterini ochib berishga intilish, o’zi va o’rtoqlarining ijrosiga to’g’ri baho bera olish, ijroda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni sezish va tuzatish, 4/4 o’lchovidagi dirijyorlik harakatlarini bilish, ishoralarga mos kuylash bular 3-sinf o’quvchilarini xor malakalarini maqsadi va vazifalari. O’quvchilarni musiqa haqidagi bilim doirasini kengaytirishda va musiqa qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa tinglash muhim ro’l o’ynaydi. 3-sinfda o’quvchilar, 1 va 2 -sinfda о’quvchilar musiqa tinglash bo’yicha egallagan malakalarini takomilashtiradilar, yangi bilimlarni egallaydilar:

  1. tinglayotgan asarning kuyini esda aniq saqlab qolish, ayrim parchalarni kuylab bera olish;

  2. musiqaning ifoda vositalari 4/4 o’lchovi, punkti,ritmi, intonatsiya, kalitoldida bitta diyez yoki bitta bemoli bo’lgan tonalliklar;

v) marsh, raqs, qo’shiq haqida kengroq tushunchaga ega bo’lish. Xajm jihatidan kattaroq bo’lgan asarlarni diqqat bilan oxirigacha tinglash;
g) o’zbek xalq cholg’u asboblaridan tashkil topgan orkestrning ayrim asboblari bilan yaqindan tanishish:d) xor turi va ularning o’ziga xususiyatini (bolalar, erkaqlar, ayollar yoki aralash xor ekanligini) aniqlash;
e) tinglanayotganda asarning xarakteriga ko’ra uning mazmuni mavzuini
aniqlash;
O’qituvchi ijrosidan tashqari gramplastinka yozuvidan, magnit tasmalaridagi yozuvlardan foydalanib, bolalar xori, professional san’atkorlar, cholg’u asboblarida ijro etgan musiqiy asarlar, xalq qo’shiq va kuylarini tinglab idrok etish bilan o’quvchilarni sexrli musiqa olamiga olib kirish badiiy didini, qiziqishini rivojlantirish mumkin. Dasturda 3-sinf o’quvchilarga musiqa savodi bo’yicha ma’lum xajmda bilim berish, nota bilan kuylash malakalarini hosil qilishga ham alohida e’tibor berilgan. Musiqa savodida 3-sinfda o’quvchilar 1 va 2-sinflarda olgan bilimlarini takomilashtiradilar. Ayni paytda yangi malakalarga ham ega bo’ladilar:
a) nuqtali notalar, butun, un oltitalik notalar va pauzalar haqida tushunchaga ega bo’lish;
b) tovush qatorining yarim tonlar bo’yicha bo’linishini bilish. Butun ton haqida tushunchaga ega bo’lish, major va minor ladlarini bilish;
v) altratsiya belgilari bilan batafsil tanishish va kuylaganda unga amal qilish. Musiqa asarlarini tinglab qaysi dinamik tusda ijro etilayotganini aniqlay olish;
g) metr-ritm, takt va o’lchov haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lish, ijro etilayotgan kuyning o’lchovini aniqlay olish. Bunda milliy usullardan foydalanish;
d) turli o’lchovdagi notalarni, skripka kalitini yoza olish;
Musiqa savodidan notaga qarab kuylash qobiliyatlari ongli ravishda rivojlanadi. O’qituvchfhi qo’l harakatiga qarab va ularni qo’llarini harakatga keltirib turli mashqlar qoshiqlarni kuylay oladigan bo’lishadi.
3-sinf oquvchilarning musiqa darsiga qiziqishlar yanada ortib borishga qaramasdan, darsning har bir elementini tajribalarga asoslanib tushuntirish lozim. Uchinchi sinf dars rejasini tuzganda ayniqsa, ijodiy yondoshish, uning strukturasini mantiqan bog’lab turish, asarlar tartibini sinf imkoniyatiga muvofiq belgilash, bolalarda aktiv qiziqish uyg’otib, badiiy emotsional kechinmalarni vujudga keltirish, ularni ovoziga moslab tuzish kerak. O’quvchilar o’quv jarayonida musiqaning hayotiyligini, soddadan murakkabga qarab uzluksiz rivojlanishini musiqaning nazariyasi va janrlarini tuzilishi va mohiyati, boshqa san’at turlari bilan aloqasini o’rganib boradilar.
3-sinfda yil mavzusi: «Musiqada shakl va mazmun»
I-chorak: «Musiqa ifoda vositalari»
II-chorak: «Xor va orkestr»
III-chorak: «Musiqaning tuzilishi»
IV-chorak: «Oddiy musiqa shakllari. Band va naqorat.»
Shuningdek, musiqa darslari yil, chorak mavzulari asosida rejalashtirilib faoliyat asosida o’tiladi.
4-sinfda o’quvchilar psixologik-fiziologik jihatidan hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo’ladilar. Diqqat e’tibori turg’un, jiddiy bo’lgan masalalar ustida fikrlash, xajmiy jihatidan kattaroq bo’lgan musiqani ham eshitishga qodir bo’ladilar. Taqqoslash, izlanish, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu xususiyatlarni barchasini o’qituvchi nixoyatda uylab, oqilona ish tutishi lozim. Nag bir darsdan unumli foydalanishi kerak. Bundan maqsad, bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga,dars uslubiga, musiqa san’atiga,ashula ayttrishga qiziqtirishdan iboratdir. 4-sinfda milliy musiqa merosini o’rganish kuchaytiriladi, unga qiyoslab umumbashariy musiqa boyligidan nodir namunalar o’rganiladi. Musiqa san’ati haqida umumlashma nazariy va amaliy bilim-malakalar hosil qiladi. Qo’shiq kuylash malaka ko’nikmalarini rivojlantiradi. 11 yoshdagi bolalarda ovoz ko’krak qismi kengayganligi sababli, tovush ancha kuchaygan bo’ladi. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo’shiq parchalaridan mashqlar tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib kuylash kerak. Mashq va ashulalar doimo sekin tempdan boshlab o’rgatiladi. Qo’shiq o’rgatishda dirijyorlik uslubida fortepiano cholg’u asbobidan unumli foydalanish lozim. Qo’shiq o’rgatish davomida sof unisonga, ikki ovozlilikka, badiiy ijroga erishish lozim.
Musiqa tinglash jarayonida o’zbek xalq musiqasi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati, o’zbek xalq musiqasining qardosh xalqlar musiqasi bilan yaqinligi va o’xshashligi haqida tanishtirish lozim. O’quvchilarda musiqaga mehr va xavas uyg’otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Musiqa savodining eng muhim ahamiyati quyi sinfda olingan bilim va malakalarga asoslanib, vokal-xor mashqlari va qo’shiqlarni nota bilan kuylash. O’quvchilarning ton va yarim ton haqidagi bilimini mustahkamlash. Lad haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash. Major va minor uchtovushliklari va tovush qatorlarini jo’rli va jo’rsiz kuylash, eshitish va taqqoslab aniqlash. 4/4 o’lchovini vokal-xor mashqlari va asarlar musolida o’rganish. Punktir ritmni musiqaning ifoda vositasi sifatida or’ganish. 3/4 va 4/4 o’lchovlarini kuchli va kuchsiz xissalariga kо’ta taqqoslash yo’li bilan farqlay bilish. Chorak, yarim va butun notalarni hamda shu o’lchovdagi pauzalarni bilish. 2/4, 3/4 va 4/4 o’lchovli mashq va qo’shiqlarni tinglash va kuylab taktlash, tinglash uchun
berilgan asarlarni tahlil qila olishdir. Kalendar mavzuli reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga olgan xolda chorak yil mavzulari hisobga olib, reja tuziladi.
IV-sinfda yil mavzusi: «Xalq musiqa ijodi»
I-chorak: «O’zbek xalq musiqasining ommaviy janri»
II-chorak: «Xalq ashulalari va ashula yo’lidagi kuylar.
O’zbek musiqasida bastakorlik uslubi»
III-chorak: «Kompozitorlik uslubi haqida ma’lumot»
IV-chorak: «Kompozitorlar ijodida xalq musiqasi namunalari»
Shuningdek, ta’lim jarayonida 4-sinf o’quvchilar quyidagilar haqida bilim va malakalarga ega bo’ladilar:
O’rganilgan asarlarning nomlari va muallif chiziq ijodkorlarini bilish: xalq musiqaning badiiy boyligi, tarixiy va madaniy jitxatidan rang-barangligi va go’zalligi, uning janrga boyligini ta’riflab berish. O’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari (terma, qo’shiq, lapar, yalla va cholg’u kuylari) ni bilish va ularning badiiy xususiyatlariga ko’ra ajrata olish. O’zbek musiqa amaliyotida ijodning uch uslubi ommaviy, xalq musiqa ijodi, bastakorlik hamda kompozitorlik ijodlari mavjudligi haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish.
Buning uchun bolalar melodiya tizimning tugalligi va notugalligi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari kerak. O’qituvchi shunday musiqa misolini tanlaydiki, bunda bir tarkib tonikada o’rnashmagan bo’lishi, boshqa bir tarkib esa – o’rnashgan bo’lishi lozim. U bolalarga har ikkala musiqaviv tarkibini kuylashni taklif qilishi bilan birga, bulardan qaysi biri tugalroq, qaysi biri notugal eshitilishini so’raydi.
So’ngra o’qituvchi bolalarga notugal misolni takrorlashni va shu misol ham tugal eshitilmog’i uchun oxirgi tovushni topish haqida topshiriq beradi. Bunday mashqlarni butun o’quv yili davomida o’tkazish va topshiriqni asta-sekin murakkablashtira borish tavsiya etiladi. Avval boshda o’quvchilar keskin tortiluvchi boshlama tondan keyingi tonikani, undan keyin ladning boshqa bosqichlaridan sakramali bilib olishadi.
III- sinfda bu ish davom yettiriladi, natijada o’quvchilar musiqa asarini tugallaydigan tovushning t o n i k a deb atalishini bilib olishadi. O’qituvchi ikki misolni taqqoslar ekan. I- bosqichda - gammaning asosiy bosqichida tugaydigan misol tugal eshitilishini tushuntirib beradi. Bolalar endi Do major gammasini bilganliklari va kuylay olganliklari sababli, o’qituvchi ularning diqqatini, bu gamma tonika bilan - do notasida boshlanib, shu tonikada tugayotganligi uchun Do major dcb atalishiga jalb etadi.

ALTERATSIYA BELGILARI. TON VA YARIM TON


Lad va tonikani o’rganishda endigi davr - alteratsiya (o’zgartma) belgilari bilan tanishishdir. Buning uchun sinfda ko’rsatma qurol -fortepiano klaviaturasi (klavishalari)ning katta qilib ishlangan jadvali bo’lishi zarur. O’qituvchi har bir oktavada 7 oq va 5 qora klavisha borligini ko’rsatadi. Bir oq klavishadan ikkinchisigacha bo’lgan oraliq har xil: agar shu klavishalar o’rtasida qora klavisha bo’lmasa - bu oraliq, oq klavishadan qora klavishagacha bo’lgan oraliq kabi, yarim ton deb ataladi; agarda oq klavishalar o’rtasida qora klavisha bo’lsa, bu oraliq butun tonga teng bo’ladi:


So’ngra o’qituvchi oq klavishalarning o’z nomlari borligini, qora


klavishalarning nomi yo’qligini, bularning oq klavishalar nomlariga bog’liq ekanligini tushuntirib beradi. Agar tovushni yarim ton ko’tarish yoki pasaytirish kerak bo’lsa, qora klavishalar ishlatiladi va qora klavisha qaysi tovushning ko’tarilayotganiga yoki pasaytirilayotganiga qarab nomlanadi. Buning uchun alohida belgilar bor: yarim ton ko’tarish belgisi diyez deb, yarim ton pasaytirish belgshisi bemol deb ataladi. Bu belgilar ko’tarish yoki pasaytirish kerak bo’lgan tovush (nota) oldiga qo’yiladi. Masalan:
Alteratsiya belgilari bilan bir necha dars davomida tanishib boriladi. Bunda bolalarning qandaydir ifoda yoki qoidalarni yod olishlari shart emas. Lekin ular qo’shiqdagi alteratsiya belgilarini amaliy ravishda topa bilishlari yoki maxsus mashqlardagi shu belgilarni qo’yib chiqa bilishlari va shu belgilarga muvofiq tovushlarni ovoz bilan o’zgartira olishlari lozim.
Alteratsiya belgilarini tushuntirishda agar biror belgi nota oldida tursa, uning ta’siri shu taktgagina yoyilishini, belgi kalit oldida tursa, uning ta’siri butun asarga yoyilishini ko’rsatib o’tish zarur.
Alteratsiya belgilarni yaxshiroq o’zlashtirish uchun o’quvchilarga birqancha mashqlarni bajarishni taklif qilish mumkin:
a) quyidagi musiqa misolida pasaytirish belgisi bo’lgan notalarni topish,
ularni klaviaturada (rasmda va fortepianoda) ko’rsatib berish kerak;
b) birinchi oktavada: fa-diyez, lya-bemol, si-bemol, mi-diyez va
hokazolarni notalar bilan yozish;
v) unison tovushlar bilan alteratsiyalangan tovushlar taqqoslanadigan
misollarni kuylash.
LAD. MAJOR VA MINOR

Tonika va alteratsiya tushunchalarini bilib olgandan keyin, Yevropa musiqasida keng yoyilgan asosiy ladlar - major va minor bilan bevosita tanishishga o’tish mumkin. Dastlab lad tuzilishini o’rib chiqish va esda qoldirish shart emas; bolalarni eshitib olib, major va minor ladlarini ajrata bilishga urgatish muhimdir. Buni ayni bir kuyni turli ladlarda taqqoslab ko’rish yo’li bilan o’rganish osonroq bo’ladi. Har ikkala kuyni doskaga yozib qo’yiladi, o’qituvchi avval major ohangini, keyin minor ohangini kuylashni taklif qiladi:


U bolalarning diqqatini tovush yangrashining farqiga jalb etadi, ikkinchi hoida kuyning birinchi holdagiga nisbatan mayinroq eshitilishini uqtirib o’tadi. Kuylasli pardaning o’zgarishi tufayli shunday eshitiladi.


O’qituvchi ogohlantirib qo’yish niyatida shuni aytish kerakki, odatda, majorni shodiyona, xushchaqchaq lad sifatida, minorni esa hazin, mungli lad sifatida birmuncha soddalashtirib izohlanadi. Bunday tushuntirish uncha aniq emas, chunki jahon musiqa adabiyotida majorda namunalari ozmuncha emas (F.Shopenning b-moll sonatasidagi motam marshining o’rta qismi majorda «Bo садули во огороде» degan quvnoq rus xalq qo’shig’i esa minorda yozilganligini eslaylik.) Shu sababli majorni va minorni ta’riflashda bularning latin tilidagi ma’nosiga asoslanish ma’qul: dur (major) qattiq, moll (minor) esa mayin degan ma’noni bildiradi, shu tufayli major ladi tovushini qattiq, minor ladi tovushini esa mayin tovush deb ta’riflash tavsiya etiladi.
O’qituvchi major va minor haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash uchun bolalarga juda xilma-xil mashqlami berishi mumkin:
a) o’qituvchining ijro etadigan kuyini eshitib olib, uning qanday ladda
yozilganini aniqlaydilar;
b) doskaga ikki kuyni(majorda va minorda yaratilgan kuylarni) yozib qo’yiladi,
o’qituvchi bularning birini ijro etadi, o’quvchilar esa qaysi kuy va qanday
ladda yozilganini aniqlaydilar;
v) majorda yoki minorda yozilgan hamda major bilan minorni taqqoslab
ko’riladigan melodiyalarni kuylash;
O’qituvchi o’quvchilarning tabiiy minorni o’zlashtirishlariga qarab ularni garmonik va melodik minor bilan asta-sekin tanishtira boradi. U har qanday yangi materialni ko’p sonli, asosan qo’shiqqa doir mashqlar, shuningdek, sinfda va uyda bajariladigan bir qancha yozma topshiriqlar asosida mustahkamlab boradi.
Bir oz keyinroq (V sinfda) o’quvchilarga major va minor tonliklarining yondoshligi va nomdoshligi to’grrisida tushuncha beriladi.
INTERVALLAR
1-sinfdanoq bolalar mashqni yoki qo`’hiqni boshlash oldidan qo’shiq jo’rsiz ijro etiladigan paytda o’qituvchining ovozi bilan uning
sozini - uchtovushlikni ifodalashiga o’rganib qolishadi; o’quvchilar shu uchtovushlikni birgalashib takrorlashadi, undan keyin mashqni kuylashadi.
Yuqori sinflarda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan berilgan bir tovush-tonikadan boshlab mustaqil suratda sozni kuylashadi. Shu bilan birga, avval boshda ular major uchtovushligini, keyin minor uchtovushligini ovoz sozi bilan ifodalashga o’rganadilar. Shunday qilib, ularda intervallarni-katta va kichik sekundalar hamda tertsiyalarni talaffuz qilishga oid muayyan musiqa tajribasi yig’ila boradi. Bundan tashqari, qo’shiqlarda boshqa intervallar ham urchaydi. Shu sababdan V sinfda intervallarni, ularning tuzilish xususiyatlarnini o’rganishga kirishish mumkin.
O’qituvchi interval so’zi balandlik jihatidan tovushlar o’rtasidagi oraliqni bildirishini tushintirib beradi va o’quvchilarning hosil qilgan eshitish assotsiatsiyalarini anglab olishlariga oid ishga kirishiladi.
O’quvchilar 1 sinfdan boshlab tertsiyani sozlash tariqasida bilishadigan va eshitib olib uchtovushlik turlicha eshitiladigan ikki tertsiyadan iborat ekanligini izohlab beradi. U uchtovushlikni doskaga, yozib qo’ygach, o’quvchilar bilan birgalikda major uchtovushligida tertsiyaning nechta butun ton va nechta yarim tondan tashkil topganligini aniqlaydi. Birinchi tertsiya ikki tomondan, ikkinchi tertsiya bir yarim tondan iborat ekanligiga ishonch hosil qilingach, o’qituvch, tertsiyalar sekundalar kabi katta va kichik bo’lishlari mumkin, deb xulosa chiqaradi.
Tanish qo’shiqlar intervallar ustida olib boriladigan ishda yordam qiladi. Pedagog bolalarga biror qo’shiqni esga olishni taklif etadi, uni doskaga yozib qo’yadi va qo’shiqning qaysi intervaldan boshlanishi sifatida kuylashni talab etadi.
Intervallarni izohlab berishda interval nomlarining matematik ma’nosini bolalarga tushuntirish va raqamli yozuvini ko’rsatish kerak. Masalan latincha sekanda so’zi ikkinchi degan mamoni bildiradi, ya’ni u ikki yonma-yon tovush o’rtasidagi oraliqni belgilaydi va 2 raqami bilan ko’rsatiladi; tertsiya- uchnichi demakdir; u uch yonma-yon tovush (do, re, mi) o’rtasidagi oraliqni qamrab oladi va 3 raqami bilan ko’rsatiladi. Shu intervalning katta yoki kichik interval ekanligini ko’rsatadigan so’zning birinchi bo’g’ini ma’lum raqamdan keyin yoziladi: masalan, 2 kat-katta sekunda, 3 kich - kichik tertsiya. Raqamli yozuvni bilish diktantlar yozish paytida intervallar yozuvini osonlashtirishga yordam beradi.
Intervallarni o’rganish davomida o’qituvchi bolalardan nazariy bilimlarni o’zlashtirish bilan birga, shu bilimlarni amalda qo’llana bilish ko’nikmalarini ham egallashni talab etadi. Ular berilgan notadan boshlab har bir yangi intervalni tuza bilishlari bilangina kifoyalanib qolmasdan, uni pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarata kuylashni ham, dastlab eshitib olib melodik bayon qilishni, so’ngra garmonik bayon qilishni ham topa bilishlari kerak.
Intervallar solfedjio (zam-zama) qilish malakalarini egallashga
yordam beradi, shu sababli o’qituvchi o’quvchilarga turli topshiriq va
mashqlarni berib borishi lozim intervallarni aniqlashga
mo’ljallanadigan yozma va og’zaki diktantlar ham shular jumlasiga kiradi. O’qituvchi cholg’u asbobida bir necha intervalni chaladi, bolalar esa bularni raqamlar bilan yozishadi. Shu intervallarning hammasi tekshirib ko’rilgandan keyin, o’quvchilar ularni kuylashadi. Intervallarni melodik holatda tinglash osonroq bo’lgani uchun o’qituvchi avval ularni dastlabki shaklida chalib beradi. O’quvchilar buni yaxshi o’zlashtirgach, intervallarni garmonik holatda aytib turib yozdirish mumkin.
Materialni sinfda va uyda mustahkamlab borish uchun o’qituvchi yozma yoki og’zaki topshiriqlar bermog’i mumkin:
birinchi oktavaning lya, re,fa, mi tovushlaridan intervallar tuzish;
musiqa misolida uchraydigan intervallarni aniqlash;
g) tanish qo’shiqlardagi, shuningdek notaga qarab o’rganib olinayotgan yangi qo’shiq yoki mashqlardagi kuyning interval tuzilishini aniqlash.

Musiqa asarlarining tuzilishi haqida tushuncha


O’quvchilar qo’shiq o’rganib, turli musiqa asarlarini eshitar ekanlar, musiqa shakllari tuzilishining ba’zi printsiplari bilan tanisha borishadi. Bolalar qo’shiqlarida band shakli keng yoyilgan. Bolalar o’qituvchining: «birinchi bandni aytamiz» yoki «ikkinchi bandni takrorlaymiz» degan so’zlarini eshitar ekan, asarning bandlardan tuzilishi haqida tushuncha hosil qilishadi.


Bir qancha qo’shiqlarda naqarot ham bo’ladi. Ular bu terminni ham osonlik bilan esda qoldirishadi. Ular bu terminni ham osonlik bilan esda qoldirishadi. Dastlab o’qituvchi shunday terminlardan qo’llanadi, o’quvchilar esa hali bularning ma’nosiga tushunmasdan takrorlashadi. Lekin II sinfda o’qituvchi bolalarning diqqatini qo’shiqlarning tuzilishi har xil bo’lishiga jalb etadi. Ba’zi qo’shiqlarda ayni bir melodik material takrorlanadi-yu, faqat she’r so’zlari o’zgaradi. Boshqa xil qo’shiqlarda band ikki qismdan-musiqa jihatidan turlicha bo’lgan peshtalqin (qo’shiqning boshi) va qaytarma naqoratdan iborat, shu bilan birga, peshtalqin (qo’shiqning boshida) she’r so’zlari o’zgaradi, naqarotda esa, odatda, bir xil so’zlar takrorlanaveradi. Shunday qilib, ikki qismli shakl bilan ham tanishiladi.
Bir oz keyinroq bolalar uch qismli shakl haqida tasavvur hosil qilishadi; bu shakl o’rta va chetki qismlar o’rtasidagi musiqa materialining kontrastli (qarama-qarshi) taqqoslanishiga asoslanadi. Uch qismli shakldagi qo’shiqlar uncha ko’p uchramaydi, shu sababli bu shakl bilan, aso’san, ko’pgina misollar topiladigan musiqa tinglash bo’limida tanishib chiqiladi.
Yuqori sinflarda o’quvchilar murakkab va katta asarlarni tinglab, rondo, variatsiya (xilma-xil tarona) lar, sonata allegrosi kabi musiqa shakllari to’grisida ma’lumot oladilar.
O’qituvchi faqat tegishli musiqa shakllarining tuzilish
xususiyatlarini tushuntirish bilangina cheklanib qolmaydi, balki o’quvchilardan musiqa shaklini aniqlay bilish ko’nikmalarini egallashni ham talab etadi. Avval ular bu ishni o’qituvchining yordamida bajaradilar, undan keyin tegishli musiqa shakllarini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Quyi sinflarda bolalarning materialni qanchalik o’zlashtirganliklarini aniq bilib olish uchun o’qituvchi ularga p’esa ijro etilayotgan paytda yangi qism boshlanayotganligini ko’rsatib qo’l ko’tarishni taklif qiladi. Bu ishni shakli aniqlangan tanish asar misolida bajarish ma’qul. Keyinroq buni yangi asar asosida sinab ko’rish mumkin, ammo dastlab bu asarni bolalarga bir marta chalib yoki kuylab eshittirish kerak.
Musiqa savodini o’rganishda dinamika, temp, rang-barang tus berish, tovush yo’nalishining o’ziga xos xususiyatlari kabilarga taaluqli alohida belgilar va maxsus terminologiya bilan tanishishga katta o’rin beriladi. O’qituvchi 1 sinfdan boshlab cresendo, diminuendo, piano (p), forie (f), mezzo forte (mf) kabi belgilarning nomi va ahamiyatini bolalarga asta-sekin bayon qila boradi.
O’quvchilar tempga oid belgilardan qo’shiqlarda dam-badam uchraydigan Allegro, Moderato, Andanto, Maestoso va boshqalarni bilishlari kerak.
Musiqa savodini o’rganishning oxiriga kelib o’quvchilar qo’shiqni mustaqil tahlil qilib, uning ladi-pardasini, tonligini, o’lchovini, shaklini, tempini, dinamik tuslarini, ijro xarakterini aniqlay bilishlari, nota tekstida qanday qo’shimcha belgilar uchrashini va bularning nimani bildirishini oydinlashtira olishlari lozim. Notaga qarab qo’shiq aytish tobora tushunarli va jo’nroq bo’la boradi, demak, qo’shiq osonroq yodda qoladigan bo’ladi.
Xulosa
Ko’p xollarda nazoratning yozma shakli o’quvchilar ichki sir-
asrorlarini, kechinmalarini, yashirinib yotgan iste’dodlarini ochish
imkonini beradi. Bu usul yozma sinovni 15-20 minut yoki butun dars
davomida o’tkazilishi mumkin. Keyingi yillarda yozma ishlarning
dasturlashtiriladigan shakli o’quv tarbiya jarayonida keng qo’llanilayapti. Bunda o’qituvchi savollar ro’yxatini to’zadi, ularning har biriga mumkin bo’lgan javoblarni taqlif qiladi, bu javoblarda bittasi to’laroq bo’ladi. O’quvchilarning vazifasi javoblar ichidan nisbatan to’laroq va aniqrogini tanlashdir. Shu uslub bilan o’quvchilarni musiqiy o’quvini o’stirish mumkin. Ba’zi musiqiy o’quvi bush bo’lgan bolalar bilan darsdan keyin alohida yakka tartibda shugullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib, qo’shiqlar alohida o’rgatiladi. Shu tarika, hamma o’quvchilarni musiqaga qiziqishi, qo’shiq kuylashi, musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy o’quvi, bir xilda oshib boradi va hamma bilan birgalikda qo’shiq kuylash ko’nikma va malakalari hosil bo’ladi. Ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish alohida ahamiyatga ega. Shu xususda og’zaki savol-javob shakli an’anaviy usullardan biri hisoblanadi. Og’zaki savoldan javob o’quvchilarni hozirjavoblikka tayyorlaydi, mantiqiy javobni tezda fikran tayyorlab so’zlarda ifoda qilish ko’nikmasini hosil qiladi. Og’zaki savol-javob yakka-yakka va yoppasiga so’rash orqali amalga oshiriladi. Yakka o’quvchidan suralganida o’qituvchi o’quvchiga bir nechta-savol beradi. O’quvchining javoblaridan o’quv materialining qanchalik o’zlashtirilganligi ma’lum bo’ladi. Butunicha sinf yoppasiga suralganida o’qituvchi o’zaro mantiqiy bog’langan qator sinf oldiga qo’yadi, o’quvchilarni javob berishda aktivlikka chaqiradi. Og’zaki savol-javob o’quvchilar og’zaki nutq madaniyatini o’stiradi. Ularni so’zamollikka, ravon adabiy so’zlar ishlatib mantiqiy javob axtarishga, shakllangan bilimlarni so’zlarda ifodalashga o’rgatadi. Ko’p xollarda nazoratning yozma shakli o’quvchilar ichki sir-asrorlarini, kechinmalarini, yashirinib yotgan iste’dodlarini ochishimkonini beradi. Bu usul yozma sinovni 15-20 minut yoki butun darsdavomida o’tkazilishi mumkin. Keyingi yillarda yozma ishlarning dasturlashtiriladigan shakli o’quv tarbiya jarayonida keng qo’llanilayapti. Bunda o’qituvchi savollar ro’yxatini to’zadi, ularning har biriga mumkin bo’lgan javoblarni taqlif qiladi, bu javoblarda bittasi to’laroq bo’ladi. O’quvchilarning vazifasi javoblar ichidan nisbatan to’laroq va aniqrogini tanlashdir. Shu uslub bilan o’quvchilarni musiqiy o’quvini o’stirish mumkin. Ba’zi musiqiy o’quvi bush bo’lgan bolalar bilan darsdan keyin alohida yakka tartibda shugullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib, qo’shiqlar alohida o’rgatiladi. Shu tarika, hamma o’quvchilarni musiqaga qiziqishi, qo’shiq kuylashi, musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy o’quvi, bir xilda oshib boradi va hamma bilan birgalikda qo’shiq kuylash ko’nikma va malakalari hosil bo’ladi.
ADABIYOTLAR:

1. I.Akbarov .«Musiqa lug’ati»
2. Apraqsina O. «Методика музыкального воспитания в школе»
M. 1983
3. D.Omonullayev. «Umumiy ta’lim maktablarida musiqa dasturlari»T.1992
4. Gudkova Ye.A., Vasileva A.B. «Ashula dars metodikasi»
Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin