33-§. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi
1. Makedoniyalik Aleksandr vafot etgach u yaratgan davlat uch qismga: ... bo'linib ketdi?
1. Eron 2. Misr 3. Yunoniston
4. Makedoniya 5. Turkiya 6. Suriya
A) 1-2-3 B) 4-5-6 C) 1-3-5 D) 2-4-6
2. Qachon Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi?
A) Mil. avv. 324-yil B) Mil. avv. 323-yil
C) Mil. avv. 322-yil D) Mil. avv. 321-yil
3. Baqtriyaliklardan yunonlar nimalarni o'zlashtirdilar?
A) Hunarmandchilik va san'at buyumlarini
B)
Savdo-sotiq, kulolchilik
C) Yozuv, og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlarini
D) Binosozlik va hunarmandchilik an'analarini
4. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik kimga o'tdi?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Andragor
5. Elliniashtirish davrida yunonlar... binosozlik va hunarmandchilik an'analarini o'zlashtirdilar.
A) Marg'iyona B) So'g'diyona
C) Parfiya D)
Baqtriya
6. Salavkiylar davrida davlat mudofaasi va qo'shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan ... shug'ullanar edi?
A) Arxont B) Diktator C) Konsul D) Strateg
7. Kimning hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo'ldi?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Andragor
8. Qachon Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan?
A) Mil. avv. 252-yil B) Mil. avv. 251-yil
C) Mil. avv. 250-yil D) mil. avv. 249-yil
9.
Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga qayerlar kirgan edi?
A) Ossuriya va Mesopotamiya
B) Kappadokiya va Araxosiya
C) So'g'diyona va Marg'iyona
D) Makedoniya va Karmaniya
10. Kim Yunon-Baqtriya davlati tarixida sezilarli iz qoldirmagan?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Diodot
11. Qachon Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi?
A) Mil. avv. 252-yil B) Mil. avv. 251-yil
C) Mil. avv. 250-yil D) mil. avv. 249-yil
12. Kim o'zini mingta
Baqtriya shahri hukmdori, podsho deb e'lon qiladi?
A) Antiox B) Mitridat I C) Diodot D)
Filipp II
13. Salavka davlati tarkibiga qayerlar kirgan?
1. Makedoniya 2. Misr 3. Finikiya
4. Midiya 5. Ossuriya 6. Kappadokiya
7. Mesopotamiya 8. Eron 9.
Parfiya
10. Baqtriya 11. So'g'diyona 12. Marg'iyona
A) 1-2-3-4-5-6 B) 7-8-9-10-11-12
C) 1-3-5-7-9-11 D) 2-4-6-8-10-12
14. Qaysi davlat Baqtriyaning raqibiga aylanadi?
A) Parfiya B) Yahudiya
C) Midiya D) Ossuriya
15. Parfiyada hokimiyat kimning qo'liga o'tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi?
A) Antiox B) Mitridat I C) Diodot D) Filipp II
16. Makedoniyalik Aleksandr vafot etgach u yaratgan davlat uch qisimga bo'linib ketdi. Bu davlatlar kimlar tomonidan boshqarilar edi?
A) Makedoniyaning
eng buyuk zamindorlari
B) Aleksandrning eng ishbilarmon o'g'illari
C) Makedoniyaning eng kambag'al kishilari
D) Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari
17. Salavkiylar davrida qayerlar yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi?
1. Qiziltepa 2. Uzunqir 3. Marv
4. Baqtra 5. Maroqanda 6. Termiz
A) 1-2-3 B) 3-4-5-6 C) 1-3-4-5 D) 3-4-6
18. Ko'chmanchi yuechji qabilalari qachon Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar?
A) Mil. avv. 160-150-yillarda
B) Mil. avv. 150-140-yillarda
C) Mil. avv. 140-130-yillarda
D) Mil. avv. 130-120-yillarda
19. Kimlarning istilolaridan keyin O'rta Osiyo tarixida antik yoki ellinlashtirish davri boshlandi?
A) Ahamoniylar B)
Fors-arab
C) Yunon-makedon D) Rim-slavyan
20. Marg'iyona Antioxiyasi bu qaysi shahar?
A) Balx B) Xiva C) Marv D) Agra
21. Kimning hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi Yunon-Baqtriya davlatiga qo'shib olingan edi?
A) Demetriy B) Geleokl
C) Yevtidem D) Andragor
22. Kimning hukmronligi davridan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlandi?
A) Antiox B) Mitridat I C) Diodot D) Filipp II
23. Qachon Salavka Bobil davlati hukmdori bo'ldi?
A) Mil. avv. 312-yil B) Mil. avv. 311-yil
C) Mil. avv. 310-yil D) Mil. avv. 309-yil
24. Qaysi hol Yunon-Baqtriyaning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi?
A) O’zaro ichki kurashlar
B) Tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘lgani
C) Toju-taxt uchun kurash
D) Sulolaviy nizolar