Ma'lumki, shu kunlarda yurtimizda o'tkir respirator infektsiyalarning mavsumiy ko'tarilish davri kuzatilmoqda.
Ayniqsa, bog'cha va maktab yoshidagi bolalar o'rtasida xastalikka chalinish ko'rsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan cezilarli darajada oshgani qayd etilyapti. Bu esa o'z-o'zidan bolalar klinik shifoxonalariga murojaatlar soni ortishiga ham sabab bo'layotir.
— O'tkir respirator kasalliklar o'zi nima? Dastlab shu haqida aytib o'tsangiz.
— O'tkir respirator kasalliklar – havo-tomchi orqali yuqib, nafas yo'llarining turli qismlari yallig'lanishi va intoksikatsiya sindromi bilan kechadigan virusli xastaliklar guruhidir. O'RK bolalarda yuqumli kasalliklar umumiy sonining 90 foizini tashkil etib, ularning barchasi mavsumiy xarakterga ega. Ya'ni, bu xastaliklar yilning boshqa davrlariga nisbatan aynan kuz-qish mavsumida ko'p uchraydi. Bu guruhga bir necha kasalliklar, xususan, virusli – gripp, paragripp, adenovirus, rotavirus, enterovirus, shuningdek, bakterial– pnevmokokk,
Bilamizki, kuz-qish mavsumida bolalar o'rtasida o'tkir respirator xastaliklar ko'p kuzatiladi? Buning sabablari nimada?
— Darhaqiqat, kunlar sovib, havo biroz pasayishi bilan yosh bolalar o'rtasida O'RK ko'p uchraydi. Ayniqsa, 3 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar bu xastalik bilan ko'proq og'riydilar. Boisi ayni shu paytda ularning immun tizimi sustlashib, kasallikka qarshi kurashuvchanligi sezilarli darajada pasayadi.
o'tkir respirator kasalliklar havo-tomchi orqali yuqishi sababli, virus tanachalari aksirganda yoki yo'talganda 2-3 metrgacha tarqalib, ko'pchilikni zararlaydi. SHu bois virusga chalingan bolani alohidalash va uni yakka tartibda davolash lozim.
O'tkir respirator kasalliklari bolalarda qanday kechadi? Uning belgilari haqida ham aytib o'tsangiz. — Kasallikning kechishi bola organizmi, xususan, uning immun tizimi bilan bevosita bog'liq. Ya'ni, ayrimlarda xastalik engil darajada o'tsa, ba'zilarda birmuncha og'irroq kechadi. Kasallik asosan tumov bilan boshlanadi