1
39-Mavzu: PhotoShopda ranglar bilan ishlash. Kanallar va filtrlar haqida
ma’lumot
Reja;
1)
PhotoShopda ranglar bilan ishlash.
2)
Kanallar haqida ma’lumot
3)
filtrlar haqida ma’lumot
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ranglar tizimlari tabiatda uchraydigan ranglarning
barchasini ham ko‘rsatib bera olmaydi. Ulaming yana bir kamchiligi, bu tizimlar
apparatga bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, bir tizimda ishlaydigan ikkita turli
qurilma ranglami bir xil ko‘rsata olmaydi.
Apparatlarga bog‘liq bo‘lmagan va ranglami
qamrab olishi eng katta bolgan tizim ishlab
chiqilgan bo‘lib, u
Lab
deb ataladi. Ulardan
birinchisi rangning yorug‘ligini (ingliz tilidagi
Lightless
so‘zidan olingan) anglatadi. Ikkinchi
parametr
a
esa rangning qizildan yashilgacha,
uchinchi parametr
b
rangning sariqdan ko‘k
ranggacha bo‘lgan o‘zgarishini aniqlaydi.
2
PhotoShopda
bu tizimdan yuqorida keltirilgan bir tizimdan ikkinchisiga
o‘tishda foydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang awal
Lab
tizimiga
o‘tkaziladi, so‘ng undan boshqa tizimga o‘giriladi.
PhotoShopda
eng ко‘р bajariladigan amallardanbiri bu ranglami tanlash-
dir. Ranglami tanlashning bir necha usullari bo‘lib, ulardan bin
Палитра цветов
(Ranglar palitrasi) dan foydalanishdir. Bu muloqot oynasini ekranga chaqirish
uchun uskunalar panelidagi (asosiy yoki fon rang) uskunasini tanlaymiz.
Oynaning o‘rtasidagi vertikal surgichni siljitib, kerakli ranglar sohasiga o‘tamiz.
O‘ng tomonda bu sohadagi ranglar ancha batafsil ko‘rsatiladi. Undan kerakli
rangni sichqonchaning chap tugmasini bosib tanlash mumkin. Oynaning o‘ng
tomonida rangni to‘rtta tizimdan birida kerakli parametrlami kiritib ham tanlash
mumkin.
Rang tanlashning ikkinchi yo‘li palitralar sohasidagi
Цвет
(Rang)
palitrasidan foydalanishdir. Uning sarlavhasining o‘ng tomonidagi yashirin
menyudan kerakli ranglar tizimini tanlab olish mumkin. Ekranda paydo bo‘l-
gan gorizontal surgichlami surib, kerakli rang tanlanadi.
3
Bu palitra bilan birga
Образцы
(Namunalar) nomli palitra joylashgan. Bu
palitrada awaldan tanlab qo‘yilgan bir qator ranglar bo‘lib, ulami sichqon- cha
yordamida tanlash mumkin:
Bu palitraning yashirin menyusida awaldan aniqlab qo‘yilgan namuna-
laming boshqa to‘plamlarini tanlash, yaratilgan to‘plamni yangi nom bilan
saqlash, saqlab qo‘yilgan to‘plamlami qaytadan yuklab olish, palitra oynasining
ko‘rinishini o‘zgartirish kabi amallami bajarish mumkin.
Indekslangan ranglardan nashriyotlarda, animatsiya yaratishda va
Internet
tarmog‘ida, shu jumladan
web
sahifalarda keng foydalaniladi.
Oq-qora suratlami saqlashda yarim tusli (kulrangning turli tuslaridan)
foydalaniladi. Bunda har bir piksel uchun bir bayt ajratiladi va piksel kul
rangning 256 ta tusidan biri ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Kanallar va filtrlar haqida ma’lumot
4
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi.
RGB
tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi.
Tasvir- ning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu
ranglaming tashkil etuvchilarini qo‘lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q.
PhotoShop
bu yerda ham yordamga keladi. Uning
Каналы
(Kanallar) palitrasi
aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Biror rasmni yuklab olib,
Каналы
(Kanallar) palitrasini ochamiz.
Buning uchun asosiy menyuning
Окно
(Oyna) bolimidagi
Каналы
(Kanallar)
bandini tanlaymiz. Palitraning
RGB
tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan.
Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni
qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos
qo‘shtugmani bosish yetarli. Qizil kanalga
Ctrl+3,
yashil kanalga
Ctrl+4,
ko‘k
kanalga
Ctrl+5
qo‘shtugmalari mos qo‘yilgan. Ulami navbatma-navbat bosib,
rasmning o‘zgarishini kuzatamiz.
5
bo‘ladi. Buning uchun asosiy menyuning
Изображение
(Tasvir)
bo‘limining birinchi bandi -
Режим
(Tartib) ni, paydo bo‘lgan yangi menyudan
CMYK
bandini tanlaymiz.
Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri
alfa
kanal
deb ataladi. Alfa kanallar tasviming bir qismini ajratib olish uchun
ishlatiladi.
Filtrlar
PhotoShopning
yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan belgilab
qo
4
yilgan algoritm bo‘yicha tasvimi qayta ishlashga aytiladi.
Filtrlar asosiy menyuning
Фильтр
(Filtr) bo‘limida yig‘ilgan. Bu
bo‘limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:
Во’limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo'yilgan
qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar
10 ta guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida intemetdan yangi
filtrlami yuklab olish mumkin.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1)
RGB
va
CMYK
ranglar tizimida nechta kanal bor?
2)
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi?
3)
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limidagi bandlar necha guruhga
bo‘linadi?
4)
Kuchukcha yoki jo‘ja rasmini yuklab olib, unga turli filtrlami qo‘llab
ko‘ring va muvaffaqiyatli chiqqan suratlami yangi nom bilan saqlab
qo‘ying.
5)
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat
ko’rinishiga o‘tkazing.
Uyga vazifa
1)
Palitralar sohasida ranglar bilan ishlashni mashq qiling
2)
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limi ikkinchi qismidagi filtrlarning
bir nechtasini qo‘llab yangi tasvirlar hosil qiling.
Dostları ilə paylaş: |