Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi Reja: Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi va idroki Bolalarda diqqatning rivojlanishi



Yüklə 25,79 Kb.
səhifə1/4
tarix21.05.2023
ölçüsü25,79 Kb.
#118529
  1   2   3   4
1. Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi va idroki Bolala


Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi

Reja:
1.Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi va idroki
2. Bolalarda diqqatning rivojlanishi
3. Bola diqqatini barqarorlashtirish usul va vositalari
4. Bola xotirasi xususiyatlari
5. Bog‘cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi
6. Bola sezgisi asosiy turlarining rivojlanishi va idroki

Bola hayotining dastlabki 1-yillida idrok rivojlanishi yo‘li ancha


murakkabdir. Bu davr mobaynida juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y beradi,
birinchi o’rinda bu o‘zgarishlar sezgirlik sohasida sodir bo‘ladigan
rivojlanishg taaluqlidir.
Butun bog‘cha yosh davri mobaynida ko‘z sezgirligining o‘tkirligi
ortadi. Shuningdek, ko‘z o‘tkirligi darajasi faoliyat sharoitiga
bog‘liqligi ham aniqlangan — o‘rinda o'tirgan vaziyatida tadqiqot
o‘tkazilganda ko‘zning o‘tkirligi sezilarli darajada ortadi.
Bog‘cha yosh davrida ranglami farqlashda ham ancha os’ish
kuzatiladi: aniq va tiniqligi ortadi.
Z.M.Istominaning tadqiqotlari bo’yicha bola hayotining ikkinchi
yiljda ixtiyorsiz tarzda to‘rt asosiy rangni farqlaydi: qizU, sariq, yashil,
iro‘k. Oraliq ranglami differensirovka qilishda, ya’ni qovoq rang,
havo rang va siyoh ranglami ajratishda biroz qiynaladi.
Eshitish sezgirligi ham bog‘cha yoshidagUarda o‘ziga xos tarzdagi
xususiyatlarga ega. Tadqiqotlaming ko‘rsatishicha, eshitishning
nozlidigi 13 yoshgacha bo’lgan bolalarda kattalamikiga nisbatan ancha
past bo‘ladi va bu yosh ortishi bilan o‘sib boradi.
Bog‘cha yosh davrida, shuningdek, tovushlaming balandligini
farqlash qobUiyati ham rivojlanadi. Biroq, fonematik (og‘zaki) va
musiqani eshitish paraUel tarzda shakUanmaydi. Fonetik eshitish
birinchi yilning oxirlariga borib rivojlanib boradi va bola bog‘cha yosh
davrining dastlabki bosqichlarida o‘z ona tUining deyarli barcha
tovushlarini amaliy farqlay oladi, passiv nutq bUan bir qatorda faol
nutqni ham egllaydi.
Bu davrda hid bilish sezgisi ham rivojlanadi. Katta guruh bolalari
hidlami farqlashda kam xatolarga yo’l qo’yadi, aniqrog‘i ularni
aniq ayta oladi. Teri orqali tuyish hamda og‘irlikni seza olish xususiyati
ham rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu qobliyat
taxminan ikki barobarga ortadi.
A.Ya.Xolodnayaning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, fazoda mo‘ljal
olishning rivojlanishi bolaning o ‘z tana a’zolari fazoviy
munosabatlarini differentsirovka qilishdan (o‘ng va chap qo‘lni, juft
tana qismlarini ajratib nomlashdan) boshlanadi. Idrok jarayoniga
so‘zning qo‘shilishi, mustaqil nutqning o‘zlashtirilishi sezilarli
darajada fazoviy munosabatlar, yo‘nalishlar haqidagi bilimlaming
mustahkamlanishiga yordam beradi (D.A.Lyublinskaya,
A.Ya.Xolodnaya, E.F.Ribalko va b.q.)
Ba’zi chet el psixologlari 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar
shaklni farqlashga juda ojiz va ular predmetni idrok qilishda odatda
rangiga tayanadilar, deyishadi. A.A.Lyublinskaya va
N.X.Shvachkinning olib brogan tadqiqotlari hatto kichik bog‘cha
yosh davridagi bolalar ham tanish predmetlami idrok qUishda shaklga
- predmetning mazmun va mohiyatidan ajralmas bo‘lgan biror-bir
belgisiga asoslanadUar, deya xulosa chiqarish, imkoniyatini berdi. Biroq
shaklni ajratib, mavhumlashtirishni bunchalik tez bajara olmaydi.
KichUc bog‘cha yosh davridagi bola geometrik shaklni idrok qila
turib odatda uni biror bir predmet bilan o‘xshatadi (kvadratni
ko‘pincha “deraza”, “kubik” va b. deb; aylanani — “koptok”,
“g‘ildirak” kabi nomlaydi).
0 ‘rta va katta bog‘cha yoshidagUar duch kelgan shaklni farqlashga
ehtiyoj sezadUar. Ular ko‘pincha predmet nimaga o‘xshashi va ularda
mavjud tushunchalar orasidagi boshqa turli shakllardan nimasi bilan
farqlanishini aniqlashga urinishadi.
Vaqtni idrok qilish bolalar uchun ancha qiyinchilik uyg‘otadi va
buni tushunish ham mumkin. Axir vaqt ko‘igazmali shaklga ega emas,
o‘tib ketuvchi, qaytarilmas, uni idrok qilish sub’ektiv hollarga bog‘liq
hamda shaxsiy xarakteiga ega.
Sutka qismlaridan bolalar ertalab va kechqurunni osonroq, tun
va kunni esa biroz qiynalib idrok qilishadi. Dastlab bola vaqtning sifat
belgilariga asoslanib, ketma-ketlikda va sistematik tarzda kechadigan
hodisa, faoliyatlar hisobiga, kun tartibiga qarab (ertalab — “bu
nonushtagacha”, kun “kunning o‘rtasi, ya’ni tushlik vaqti”,
kechqurun — “onam ishdan chiqib meni olib ketadigan payt”)
mo‘ljal oladilar. Ko‘pincha ilk yosh va kichik bog‘cha davrida vaqtni
mo‘ljallashdagi xatoliklar bilan bog‘liq chalkashliklar sodir bo‘ladi.
Hafta kunlarini tartibsiz tarzda o‘zlashtiradilar. Bog‘chaga boruvchi
katta yoshdagilar “Hafta kunlaridan qaysi birlarini bilasan?” degan
savolga ko‘pincha shanba, yakshanba va dushanbani — emotsional
boy, ular uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kunlami ataydilar
(shanba va yakshanbani — oila a’zolari bilan biiga o‘tkazadilar; dushanba
— yana do‘stlari, tarbiyachi, tabiat burchagidagi hayvonlar bilan
uchrashuv kutayotgan bog‘chaga boradilar).
Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi,
o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa
kichik bog‘cha yoshdagilarda).
Biroz kechroq bolalar maqsadi hayot uchun katta ahamiyatga
ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga
nazar tashlash, rejalami tuzish “ertangi kun”ni, kelajakni anglamay
turib bo‘lishi mumkin emas.
Kelgusi zamon haqidagi elementar tushunchalaming shakllanishi
hayotning uchinchi yiliga, ya’ni “qilaman”, keyinchalik esa yanada
aniqroq bo‘lgan “keyin”, “ertaga”, “sal turib” kabi so’zlaming
paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.
Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok qilishdagi umumiylikni
e’tirof qiladilar. Maxsus tadqiqotlar tushunchalardagi umumiylik
bolaning dunyoni yagona vaqtli-fazoviy kompleksda aks ettira olish
qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikiga asos bo‘la oladi.
Rus psixologlari badiiy idrokning rivojlanishini shaxs
rivojlanishining natijasi sifatida ko‘rishadi. U insonga tug‘ma ravishda
berilmaydi. Bola san’at asarini aynan shu tarzda darhol idrok qila
olmaydi; rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida bola uchun unga
nisbatan harakatli, munosabatga xos (rasmdagi tasvirni bolalar
ushlab, paypaslab ko‘radilar, uni ushlab ko‘radilar va h.). Biroq
badiiy idrokning ilk kurtaklari bog‘cha yosh davrida namoyon bo‘la
boshlaydi. Ta’lim va taibiya insonga xos bo‘lgan ushbu qobiliyatlarning
rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Fransuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtem bolalar
tomonidan rasmlarni idrok qilishning go‘yoki bir-birini to‘ldiruvchi
va mazkur tartibdagina sodir bo‘luvchi bosqichlarini ishlab chiqadilar.
A.Bine idrokning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 1) predmetlami
tarqoq tarzda hisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha); 2) rasmdagi
predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahliliy idrok qilish
bosqichi (o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlami V.Shtem
ham ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtem tomonidan ilgari
surilgan idrok bocqichlari idrok qilishni emas, balki idrok hamda
nutq rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o‘zaro munosabatni
izohlaydi, degan fikrni bildiradi. Badiiy idrokda — tasvirning
mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning
mazmuniy va strukturaviy mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta
ahamiyatga ega.
Estetik idrok bolaning turli xil badiiy hamda kundalik faoliyati
davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri yo’naltirilishi bog‘cha
yosh davridayoq estetik idrokning ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga
olib keladi.
Insonning inson tomonidan idrok qilinishi kabi murakkab psixik
jarayon idrok qiluvchining o‘z rivojlanishi bilan barobar uning muloqot
ehtiyojining o‘zgarishi, bilish hamda mehnat natijasida shakllanadi.
Hayotining birinchi oyi oxiri, ikkinchi oyining boshida dastlab
jilmayish bilan keyinchalik unga nisbatan jonlanish kompleksi bilanbola
kattalami o‘rab tuigan muhitdan ajraladi. Ushbu ijtimoiy — perseptiv
jarayon go‘daklik va ilk bolalik davrida faol tarzda rivojlanadi.
Bog‘cha yosh davrida insonni idrok qilish faol tarzda shakllanishda
davom etadi. Buni esa yangi faoliyat turlarining (ayniqsa jamoa) bola
tomonidan o ‘zlashtirilishi, muloqot doirasining kengayishi va
shaxsiy muloqotning paydo bo‘lishi taqozo etadi. Bola
tomonidan insonni aks ettirishning faol shakli bu o‘yindir. Unda
bola o‘z yaqinlarining obrazlarini yaratadi. Ayniqsa, bolaning tasviriy
ijodi insonni idrok qilishining yaqqol namunasidir. Bolaning qanday
kishilarni tasvirlab berishiga, ularning obrazlarini qay tarzda ochib
chiqishiga qarab ma’lum ma’noda bolaning ularga nisbatan
munosabatiga baho berishimiz, insondagi nimadan oson ta’sirlanadi,
nimaga ko‘proq diqqatini qaratadi kabi savollarga javob topishimiz
mumkin.
Yorqin ijobiy bahoni bolalar o‘rab turgan kishilardan faqatgina
ishonchli munosabatda bo‘lganlariga, bog‘liqlikni his qilgan
yaqinlarigagina beradilar.

Bolalarda diqqatning rivojlanishi


Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik
chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham,
oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy
diqqat alomatlari yaqqol ko‘rina boshlaydi/ Demak, bolaning bir oylik
davrida uning diqqatini har turli kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush,
ortiqcha yorug‘lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi.
Ikki-uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan
(shaqildoqlaming tovushiga ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi
bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham
beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik
rang-barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p e’tibor beradi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalaming diqqati nihoyatda
beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi
o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin
ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi
o ‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar
diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali
tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir.
Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini
to‘xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalaming diqqati bir
narsadan ikkinchi narsaga chalg‘ib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi
turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga
hamma narsa yangilik bo‘lib tuyulaverganidan ulaming diqqatlari
bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z
o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyulgani sababli ham
diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya
qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi
ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani
hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi
bo‘lib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu
qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda
zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat
ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk
bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda
kattadir. Bolaning tilli chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar
bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini
bajarish imkoriiyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek,
kichik yoshli bolalar kattalaiga qarashishni, imkoniyatlari boricha
ulaming mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalaming
iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalarining uy-xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana
shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan
bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy
diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana
boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat
ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo
bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil
bola borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi.
Bog‘chada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblaiga bo‘ysunish,
qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalaming topshiriqlarini
chidam, qunt bilan ado etish kabi hollar bog‘cha yoshidagi bolalarda
diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni
rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki turli o‘yinlar
paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan
ma’lum maqsadlari ilgari suradilar. 0‘yinlaming qanday qoidalar
asosida yo‘nalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. 0‘yin
qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin
qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqlarining
harakatlarini ham kuzatib borishga intiladilar. Ana shunday o‘yinlarda
ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham faol ishtirok etadi,
binobarin, bolalaming o‘yini uchun sharoit yaratib beradi. Shuni
ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq,
shuning uchun ham ko‘pincha bolalar diqqatning bu turini o‘zlaricha
mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy
turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan rivojlantirib
borish kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarda diqqatning ayrim
xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib
yuksala boshlaydi. Buni biz bolalaming (xususan o‘rta va katta guruh
bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira olishlaridan,
ba’zi o ‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy
mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan bilishimiz mumkin.


Yüklə 25,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin