«Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi andozasini tayyorlash»



Yüklə 366 Kb.
səhifə1/8
tarix23.06.2023
ölçüsü366 Kb.
#134360
  1   2   3   4   5   6   7   8
1403354308 45345


«Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi andozasini tayyorlash»

Bolalar yosh guruhlari quyidagi klassifikatsiyaga bo’linadi: yasli yoshidagilar 3 yoshgacha, maktabgacha yoshdagilar 3 yoshdan 7 yoshgacha; kichik maktab yoshidagilar 7 yoshdan 11 yoshgacha.


Bolalarning rivojlanishi davomida tana tuzilishi va tana proportsiyasi va tashqi ko’rinishi va harakatlar xarakteri qiziqishlari odatlari va mashg’ulotlari o’zgarib boradi.
Shunga ko’ra bolalarning turli yoshlarida psixologik-fiziologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o’zining turi, tuzilishi, bichim ranglari bezatilishi jihatidan turli-tuman bo’ladi.
Shu munosaabat bilan bolalar kiyimlari har bir yosh guruhiga mos holda loyihalanadi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar kiyimlarining assortimenti turli ko’ylaklar, halatlar sarafan, kofta, shim, yarim kombinzonlardan iborat:
Bog’cha yoshidagi bolalar ko’p harakat qilganligi sababli kiyimlar qulay sodda, kiyish va yechish uchun oson bo’lishi kerak. Ko’proq to’g’ri va pasti kengaygan shakllar ishlatiladi. Vishovka, mag’iz, tesma, to’r, ablikatsiyalar esa bolalar kiyimiga turli tumanlik bag’ishlaydi.
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi bichimlarining turli bo’lishi bilan ajralib turadi.
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asosan paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalardan bolalar kiyimlarini tikishda keng foydalaniladi.










BOG’CHA YOSHIDAGI QIZ BOLALAR KO’YLAGIGA TAVSIF
Ko’ylak paxta tolali gazlamadan tikilib, yoqa o’mizi dumaloq yoqasiz, yengsiz, bel chizig’idan qirqma bo’lib ort bo’lak o’rta chizig’idan taqilma ishlanadi. Old va ort bo’lak rel’ef qirqim orasiga qo’yma burma tikiladi.
Burmaga yig’ilgan yubka bel chizig’idan ko’ylak yuqori qismiga ulanadi. Ko’ylak yoqa o’mizi, yeng o’mizi, burmali qo’yma qirqimi va etak qirqimi asosiy gazlama rangiga mos mag’iz bilan ishlanadi. Ko’ylakni bezash uchun old bo’lak o’rta qismiga applikatsiya tikiladi. Bel qismidan belbog’ bilan bog’lanadi.



Yüklə 366 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin