39-Mavzu: PhotoShopda ranglar bilan ishlash. Kanallar va filtrlar haqida



Yüklə 212,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü212,13 Kb.
#179594
39-mavzu




39-Mavzu: PhotoShopda ranglar bilan ishlash. Kanallar va filtrlar haqida 
ma’lumot 
Reja; 
1)
PhotoShopda ranglar bilan ishlash. 
2)
Kanallar haqida ma’lumot 
3)
filtrlar haqida ma’lumot 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ranglar tizimlari tabiatda uchraydigan ranglarning 
barchasini ham ko‘rsatib bera olmaydi. Ulaming yana bir kamchiligi, bu tizimlar 
apparatga bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, bir tizimda ishlaydigan ikkita turli 
qurilma ranglami bir xil ko‘rsata olmaydi. 
Apparatlarga bog‘liq bo‘lmagan va ranglami 
qamrab olishi eng katta bolgan tizim ishlab 
chiqilgan bo‘lib, u 
Lab 
deb ataladi. Ulardan 
birinchisi rangning yorug‘ligini (ingliz tilidagi 
Lightless 
so‘zidan olingan) anglatadi. Ikkinchi 
parametr 

esa rangning qizildan yashilgacha, 
uchinchi parametr 

rangning sariqdan ko‘k 
ranggacha bo‘lgan o‘zgarishini aniqlaydi. 



PhotoShopda 
bu tizimdan yuqorida keltirilgan bir tizimdan ikkinchisiga 
o‘tishda foydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang awal 
Lab 
tizimiga 
o‘tkaziladi, so‘ng undan boshqa tizimga o‘giriladi. 
PhotoShopda 
eng ко‘р bajariladigan amallardanbiri bu ranglami tanlash-
dir. Ranglami tanlashning bir necha usullari bo‘lib, ulardan bin 
Палитра цветов 
(Ranglar palitrasi) dan foydalanishdir. Bu muloqot oynasini ekranga chaqirish 
uchun uskunalar panelidagi (asosiy yoki fon rang) uskunasini tanlaymiz. 
Oynaning o‘rtasidagi vertikal surgichni siljitib, kerakli ranglar sohasiga o‘tamiz. 
O‘ng tomonda bu sohadagi ranglar ancha batafsil ko‘rsatiladi. Undan kerakli 
rangni sichqonchaning chap tugmasini bosib tanlash mumkin. Oynaning o‘ng 
tomonida rangni to‘rtta tizimdan birida kerakli parametrlami kiritib ham tanlash 
mumkin. 
Rang tanlashning ikkinchi yo‘li palitralar sohasidagi 
Цвет 
(Rang) 
palitrasidan foydalanishdir. Uning sarlavhasining o‘ng tomonidagi yashirin 
menyudan kerakli ranglar tizimini tanlab olish mumkin. Ekranda paydo bo‘l- 
gan gorizontal surgichlami surib, kerakli rang tanlanadi. 



Bu palitra bilan birga 
Образцы 
(Namunalar) nomli palitra joylashgan. Bu 
palitrada awaldan tanlab qo‘yilgan bir qator ranglar bo‘lib, ulami sichqon- cha 
yordamida tanlash mumkin: 
Bu palitraning yashirin menyusida awaldan aniqlab qo‘yilgan namuna- 
laming boshqa to‘plamlarini tanlash, yaratilgan to‘plamni yangi nom bilan 
saqlash, saqlab qo‘yilgan to‘plamlami qaytadan yuklab olish, palitra oynasining 
ko‘rinishini o‘zgartirish kabi amallami bajarish mumkin. 
Indekslangan ranglardan nashriyotlarda, animatsiya yaratishda va 
Internet 
tarmog‘ida, shu jumladan 
web 
sahifalarda keng foydalaniladi. 
Oq-qora suratlami saqlashda yarim tusli (kulrangning turli tuslaridan) 
foydalaniladi. Bunda har bir piksel uchun bir bayt ajratiladi va piksel kul 
rangning 256 ta tusidan biri ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Kanallar va filtrlar haqida ma’lumot 



Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. 
RGB 
tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. 
Tasvir- ning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu 
ranglaming tashkil etuvchilarini qo‘lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q. 
PhotoShop 
bu yerda ham yordamga keladi. Uning 
Каналы 
(Kanallar) palitrasi 
aynan shu maqsadga xizmat qiladi. 
Biror rasmni yuklab olib, 
Каналы 
(Kanallar) palitrasini ochamiz. 
Buning uchun asosiy menyuning 
Окно 
(Oyna) bolimidagi 
Каналы 
(Kanallar) 
bandini tanlaymiz. Palitraning 
RGB 
tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan. 
Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni 
qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos 
qo‘shtugmani bosish yetarli. Qizil kanalga 
Ctrl+3, 
yashil kanalga 
Ctrl+4, 
ko‘k 
kanalga 
Ctrl+5 
qo‘shtugmalari mos qo‘yilgan. Ulami navbatma-navbat bosib, 
rasmning o‘zgarishini kuzatamiz. 



bo‘ladi. Buning uchun asosiy menyuning 
Изображение 
(Tasvir) 
bo‘limining birinchi bandi - 
Режим 
(Tartib) ni, paydo bo‘lgan yangi menyudan 
CMYK 
bandini tanlaymiz. 
Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri 
alfa 
kanal 
deb ataladi. Alfa kanallar tasviming bir qismini ajratib olish uchun 
ishlatiladi. 
Filtrlar 
PhotoShopning 
yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan belgilab 
qo
4
yilgan algoritm bo‘yicha tasvimi qayta ishlashga aytiladi. 
Filtrlar asosiy menyuning 
Фильтр 
(Filtr) bo‘limida yig‘ilgan. Bu 
bo‘limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan: 
Во’limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo'yilgan 
qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar
10 ta guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida intemetdan yangi 
filtrlami yuklab olish mumkin. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1)
RGB 
va 
CMYK 
ranglar tizimida nechta kanal bor? 
2)
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi? 
3)
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limidagi bandlar necha guruhga 
bo‘linadi? 
4)
Kuchukcha yoki jo‘ja rasmini yuklab olib, unga turli filtrlami qo‘llab 
ko‘ring va muvaffaqiyatli chiqqan suratlami yangi nom bilan saqlab 
qo‘ying. 
5)
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat 
ko’rinishiga o‘tkazing. 
Uyga vazifa
1)
Palitralar sohasida ranglar bilan ishlashni mashq qiling
2)
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limi ikkinchi qismidagi filtrlarning 
bir nechtasini qo‘llab yangi tasvirlar hosil qiling. 

Yüklə 212,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin