4-Amaliy mashg‘ulot.
MAVZU: Chizma geometriya va chizmachilik belgi hamda simvolikalari.
Fanlararo munosabatdagi o‘z va o‘zlashgan, umumiylikka ega bo‘lgan tayanch
tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlar.
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarga chizma geometriya va chizmachilik
belgi hamda simvolikalari, fanlararo munosabatdagi o‘z va o‘zlashgan,
umumiylikka
ega bo‘lgan tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlarni tushuntirish.
Darsning jihozi: Kompyuter,
proyektor, ko’rgazmali materiallar,
doskada ishlash
uchun chizma qurollari, format qog’oz, tarqatmali materiallar
Vizual amaliy materiallar
Chizma geometriya va chizmachilik belgi hamda simvolikalari.
Hamma belgi va simvolikalar asosan ikki guruhga bo‘linadi.
Quyida chizma
geometriyaga oid ayrim matematik belgi va simvolikalar ro‘yxatini keltiramiz.
Geometrik figura va ularning munosabatlari uchun belgi va simvolikalar.
Belgi – moddiy xususiy ravishda idrok etiladigan predmet voqea yoki harakat. Bu
harakat bilishda ko`rsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet xususiyat
munosabatlarida namoyon bo`ladi.
Belgi tushunchasi falsafa, mantiq, tilshunoslik,
psixologiya va satsiologiyada taxlil qilinadi. Bunda inson faoliyatini tadqiq qilish bilan
bog`liq bo`lgan hamma fanlarda muhim o`rin tutadi. Antic faylasuflar Platon, Aristotel
17-18 asrlarning mutafakkiri Lokk. Leydnim bilishda belgilarning roliga katta e`tabor
qaratgan. 19-20 asrda tilshunoslik va matematik mantiq belginig tadqiq qilishga ko`p
yangilik kiritda. Belgi haqida maxsus fan semiotika vujudga keldi.
Belgilar til va
g`ayritil belgilarga bo`linadi. G`ayritil belgilar ham o`z navbatida belgi-nusxalar, belgi-
alomatlar, belgi-signallar va h.k. ga bo`linadi.
Belgining axborot uzatish jarayoni bilan aloqasi muhimdir. Biron moddiy
obyektdan iborat bo‘lgan belgi boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi.
Belgining predmet ma'nosini aniqlamasdan turib belgini tushunish mumkin emas.