1- Laboratoriya ishi
Suyuqliklarning oqish rejimlarini aniqlash
Ishdan maqsad: har xil oqim rejimlarida oqimni o‘zgarishini o‘rganish
Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o‘rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o‘rganadigan gidrodinamikadan tashkil topgan.
Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega. Suyuqlik go‘yo ma’lum hajmga ega, lekin shaklga ega emas, ammo faqat molekulyar kuchlar ta’siri ostida shar shaklini oladi.
Moddalarning suyuq holati o‘z tabiatiga ko‘ra, gaz holat bilan qattiq holat o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egallaydi.
Gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz ham, suyuqlik ham tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun suyuqliklar tomchili, gazlar esa elastik suyuqlik deb qaraladi.
Suyuqlik va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o‘xshaydi:
1) Suyuqliklar xuddi gazlar kabi ma’lum shaklga ega emas, uning fizik xossalari barcha yo‘nalishda bir hil, ya’ni izotopdir;
2) gazlarning qovushqoqligi kichik bo‘lib, yuqori temperaturada suyuqliklarnikiga yaqinlashadi;
3) kritik temperaturadan yuqori temperaturada suyuqliklar bilan gazlar orasidagi farq yo‘qoladi.
Gidravlikada nazariy tadqiqotlar natijalarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqlik modelidan foydalaniladi.
Ideal suyuqlik deb, bosim va temperatura ta’sirida o‘z hajmini o‘zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o‘zgarmas zichlikka ega bo‘lgan va ichki ishqalanishi bo‘lmagan suyuqliklarga aytiladi. Har qanday suyuqlikda ichki ishqalanish kuchlari va qovushqoqlik bo‘ladi. Demak, haqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo‘lmaydi, ya’ni barcha suyuqliklar real suyuqliklardir. Ammo ba’zi suyuqliklarning qovushqoqligi juda kichik bo‘ladi. Ular temperatura va bosim ta’sirida o‘z hajmini shu qadar kam o‘zgartiradiki, bu o‘zgarishni amalda hisobga olmasa ham bo‘ladi. Bunday suyuqliklar shartli ravishda ideal suyuqliklar deyiladi. Elastik suyuqliklarning hajmi temperatura va bosim ta’sirida keskin o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |