4-Ma’ruza Mavzu: Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati: Reja



Yüklə 327,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix26.09.2023
ölçüsü327,9 Kb.
#148982
  1   2   3   4   5   6   7
4 Mavzu Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati



4-Ma’ruza 
Mavzu: Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati: 
Reja: 
1.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiya 
2.
Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish 
3.
Axborot xavfsizligi siyosati 
4.
Xavfsizlik siyosatining zaruriyati 
5.
Xavfsizlik siyosatining afzalliklari 
6.
Xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasi 
7.
Xavfsizlik siyosati xususiyatlari 
8.
Axborot xavfsizligi siyosatining turlari 
Tayanch iboralar: arxitekturasi, strategiya, axborot siyosati, kibersiyosat, togaf, 
zachman framework, feaf, dodaf, risk, strategiya
 
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘ndalangki, beqaror 
iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi. Bunday masalalarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

daromadning oshishi;

o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;

harajat va chiqimlarning pasayishi;

innovatsiyaning tezlashishi;

bozorga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish vaqtining qisqarishi; 

buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;

raqobatlik qobiliyatining oshishi;

me’yoriy talablarga moslikni ta’minlash. 
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan 
foydalaniladi (4.1-rasm). Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va 
texnologiyalar majmuini shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy 
holatini hisobga oigan holda uning kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi 
asosini belgilaydi. 


4.1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar bilan bog‘liqligi 
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud, 
masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h.k 
Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va 
axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas. Axborot va axborot 
tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‘zgarishlarni madadlaydi, balki ularni 
oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi xollarda esa yangi tijorat-
imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha 
rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari 
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot 
operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor bo‘lish 
uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan axborot 
xavfsizligi arxitekturasi zarur. 

Yüklə 327,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin