4-мавзу: Ўлчаш. ЎЛчашноани. 0+Ликлари



Yüklə 453,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.10.2022
ölçüsü453,18 Kb.
#64812
  1   2
3-Ma\'ruza taqdimot



3-MA’RUZA. KINEMATIKANING ASOSIY 
TUSHUNCHALAR
Reja
1.Kinematika. Kinematikaning vazifalari
2. Nuqtaning harakat qonunlarini berilish turlari.
3. Dekart koordinata o’qlaridan tabiiy o’qlarga utish.
4.Nuqtaning harakatini qutb, silindrik va sferik koordinatalar 
sistemalarida berilishi
5.Nuqtaning tabiiy o’qlardagi harakatida uning tezligi va 
tezlanishini aniqlash
6.Nuqtaning tekis o’zgaruvchan harakati
7. Nuqtaning Dekart o’qlaridagi harakatida uning tezligi va 
tezlanishini aniqlash


1.Kinematika. Kinematikaning vazifalari
Kinematika so’zi yunon (grek) tilidan olingan bo’lib «kinematos -
harakat» degan ma’noni anglatadi. Nazariy mexanika fanida shu nomli
qism bo’lib, bu qismda biz xar qanday moddiy nuqta, qattiq jism yoki
mexanik sistemalarning ya’ni har qanday mexanizm va mashinalarning
butun
harakatlarini
yoki
ularning
ayrim
zvenolarini,
yoki
shu
zvenolarining istalgan nuqtalarining harakat qonunlarini o’rganadi.
Lekin biz bu qismda shu moddiy nuqta yoki qattiq jismlarning
massalarini
etiborga
olmasdan
o’rganamiz, keyinchalik esa shu
harakatlarni ularning massalariga bog’liq ravishda alohida dinamika
qismida o’rganamiz. Shu sababli bu qismda moddiy nuqta so’zini o’rniga
to’gridan to’gri nuqta degan so’zdan foydalanaveramiz, ya’ni nuqtaning
massasini katta-kichikligini e’tiborga olmaymiz.
Kinematika qismining asosiy vazifasi nimadan iborat degan
savolga quyidagicha javob berish mumkin: Bu qismda ixtiyoriy nuqta,
qattiq jism yoki mexanik sistemalarning yaxlit harakatlarini yoki ularning
istalgan nuqtalarining trayektoriyasini, uning tezliklari va tezlanishlarini
istalgan vaqt uchun aniq hisoblab beruvchi qoidalar o’rganiladi.


Har qanday mashinani ya’ni foydali ish bajaruvchi uskunani o’rganish, uning
harakat qonunlarini o’rganishdan iborat bo’lib, ularni o’rganish uchun ushbu
harakatni birorta nisbiy qo’zg’almas bo’lgan hisob sistemasiga nisbatangina
aniqlash mumkin bo’ladi. Bunday hisob sistemasi uchun Evklid fazosini tanlab
olingan. Evklid buyo’q yunon olimi bo’lib, eramizdan oldingi 3 asrda
Aleksandriya shahrida (Misrda) yashab ijod qilgan.
Evklid fazosining koordinata o’qlari to’gri chiziqlardan iboratdir. Aslida yer
sharimizning sirtida yotuvchi koordinata o’qlarini o’tkazsak bu chiziqlar
yoysimon chiziqlardan iborat bo’ladi, lekin biz yerning radiusiga nisbatan o’ta
qisqa masofalardagi harakatlarni o’rganganimiz uchun, bunday cheklanish o’rinli
deb hisoblanadi.
Nazariy mexanikada fazoni uch o’lchovli deb qabul qilinadi, va universal vaqt
mobaynida o’lchanadi. Universal vaqt deganimizda uning o’tishi joyga bogliq
emasligini tushuniladi, yani dunyoning qaysi nuqtasida bo’lmaylik vaqt har doim
bir xil o’tishini ta’kidlanadi va 1 sekund vaqt oralig’i deb, bir sutkaning 24

60

60
ulushiga aytiladi.
Vaqt sekundlarda o’lchanib, lotincha « s » - harfi bilan belgilanadi. Uzunlik
o’lchovi sifatida metr qabul qilingan bo’lib lotincha «m» harfi bilan belgilanadi.
Kinematika qismida vaqt va uzunlik o’lchovlaridan boshqa
o’lchov birliklari
ishlatilmaydi.


2. Nuqtaning harakat qonunlarini berilish turlari
Nuqtaning harakatini o’rganishni uch xil usulda olib boriladi:
tabiiy o’qlar orqali, koordinata o’qlari va vektor usulida.
a) Nuqta harakati qonunini tabiiy o’qlarda berilishi.
Faraz qilaylik birorta nuqta fazoda ixtiyoriy egri yoki to’gri chiziq
bo’ylab harakat qilayotgan bo’lsin. Shu harakatning izini kinematikada

Yüklə 453,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin