4-mavzu: massivlar. Bir o’lchamli massivlar



Yüklə 16,95 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü16,95 Kb.
#154565
4-mavzu SAIDOVA


4-MAVZU:MASSIVLAR.BIR O’LCHAMLI MASSIVLAR.

  • Massivlar Matematika, iqtisod, informatika va hokazo sohalarda tartiblangan berilganlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Masalan, sonlar ketma – ketligi, jadvallar, familiyalar ro‘yhati va hokazo. Bir xil turli berilganlar to‘plamini qayta ishlash uchun massivlar tushunchasi kiritilgan. Xotirada ketma- ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi. Odatda massivlarga zaruriyat, katta hajmdagi,lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni yechishda yuzaga keladi. Massiv – bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining ) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo‘lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi Dasturda ishlatiladigan har bir aniq massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak.Bu nomni to‘liq o‘zgaruvchi deyiladi,chunki uning qiymati massivning o‘zi bo‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi. Murojaat sintksisi: [] Massiv indeksi sifatida butun son qo‘llaniladi, ya’ni indeks sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatish mumkin va uning qiymati massiv elementining tartib nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida o‘zgaruvchi olinishi mumkinki, o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks o‘zgaradi. Haqiqiy turdagi (float, double,dicimal) qiymatlari to‘plami cheksiz bo‘lganligi sababli ularni indeks sifatida ishlatilmaydi. Massiv dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Statik massivning uzunligi oldindan ma’lum bo‘lib, u xotirada ma’lum adresdan boshlab ketma-ket joylashadi. Dinamik massivning uzunligi dastur bajarilishi jarayonida aniqlanib,u dinamik xotiradagi ayni paytda bo‘sh bo‘lgan adresga joylashadi.

  • Bir o‘lchamli massivlar. Agar massivning elementiga bir indeks orqali murojaat qilish mumkin bo‘lsa, bunday massivga bir o‘lchamli massiv deyiladi. Bir o‘lchamli massiv [] =new [massiv elementlari soni] kabi ko‘rinishda e’lon qilinadi. C# da massiv indeksi noldan boshlanadi.

  • 1- misol.

  • n natural soni berilgan. 2 sonini dastlabki n ta darajasidan tashkil topgan massivni hosil qiling va elementlarini chiqaring.

  • (1, 2, 4, 8,...) using System; class massiv1 { public static void Main() { int n; Console.Write("n="); n = Convert.ToInt32(Console.ReadLine()); while (n > 10) { Console.Write("n="); n = int.Parse(Console.ReadLine()); } int[] a = new int[n]; for (int i = 0; i < n ; i++) { Console.WriteLine("a[" + i + "]=" + (Math.Pow(2,i))); } } } 2- misol. n natural soni berilgan. Dastlabki n ta Fibonnachi sonlaridan tashkil topgan massivni hosil qiling va elementlarini chiqaring. (1, 1, 2, 3, 5, ...) using System; class massiv1 66 { public static void Main() { int n; Console.Write("n="); n = int.Parse(Console.ReadLine()); while (n > 10) { Console.Write("n="); n = int.Parse(Console.ReadLine()); } double[] a = new double[n]; a[1] = 1; a[2] = 1; Console.WriteLine("a[1]=1"); Console.WriteLine("a[2]=1"); for (int i = 3; i

  • Massiv – bu bir xil toifali, chekli qiymatlarning tartiblangan to`plamidir. Massivlarga misol qilib matematika kursidan ma`lum bolgan vektorlar, matritsalarni ko`rsatish, uning elementiga bir indeks orqali murojaat qilish mumkin bo’lgan massiv bir o’lchamli deyiladi. Bir o’lchamli massivni e`lon qilish quyidagicha bo’ladi:  < [elementlar_soni ] ={boshlang`ich qiymatlar}; Quyidagi massivlarni e`lon qilishga bir necha misollar keltirilgan:  1)float a[5]; 2)int m[3]; 3)bool b[10]; 1) a elementlari haqiqiy sonlarda iborat bo`lgan, 5 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 4 gacha bo`lgan sonlar  Float a [5];massiv elementlari a[0] a[1] a[2] a[3] a[4]  Qiymati 4 -7 15 5.5 3 2) m elementlari butun sonlardan iborat bolgan, 3 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 2 gacha bo`lgan sonlar. •Int m[3]; massiv elementlari m[0] m[I] m[2] •Qiymat 2 -17 6 •Xotirada joylashishi [ 0x22ffI0 0x22ffI4 0x22ffI8 Massiv elementlariga murojat qilish oddiy ozgaruvchilarga murojat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojad qilish uning indeksi orqali boladi •A[1]=10; a massivning indeksi 1 bolgan elementi 10 qiymat ozlashtirsin •Cin>>a[2]; a massivning indeksi 2 bolgan elementi kiritilsin; •Cout<

Yüklə 16,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin