4-mavzu: miologiya reja



Yüklə 51,62 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü51,62 Kb.
#172703
  1   2   3   4
4-Ma\'ruza


4-mavzu: MIOLOGIYA


REJA:

  1. Muskullarning rivojlanishi

  2. Muskullarning mikroskopik tuzilishi

  3. Muskullarning shakli va vazifasi


Kalit so‘zlar: trunkopetal, trunkofugal, autoxton, sinergist.

Muskullarning morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari organizmda tashqi va ichki harakatlarni amalga oshirishga moslashgan. Barcha tirik mavjudotlar harakatini asosan muskullar ta’minlab beradi. Muskullardagi bu xususiyat organizmning tarixiy taraqqiyoti davomida organizm uchun ozuqa qidirish, dushmanlardan himoyalanish, fazoda harakatlanish ehtiyoji va boshqa sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan. Muskullar evolyutsiya davomida tsitoplazmasidagi qisqaruvchi oqsil strukturalarining tabaqalanishi va rivojlanishi natijasida muskul hujayralari shakllanib, ulardan esa muskullar paydo bo‘la boshlagan.


Skelet muskullarining qisqarishi faqat harakatnigina ta’­minlab qolmay, qon va limfa harakati hamda, suyaklar yuzasining rivojlanishi va shakliga ham ta’sir kursatadi.
Har xil jismoniy mashkdar organizm muskul tolalarining soni va xajmini orttirib borishi bilan birga harakatlanayotgan muskulning o‘sishiga ham yordam beradi. Muskullar rivojlanib, kuvvati oshganda odam gavdasining tashqi ko‘rinishi go‘zallashadi.
Muskul to‘qimasi nerv to‘qimasi strukturasi bilan emas, bal­ki funksiyasiga ko‘ra chambarchas bog‘liqdir. Har ikkala to‘qima birgalikda muskullar qo‘zg‘alish jarayonining tez yoki sekin amalga oshishidek muhim vazifani bajaradi. Muskullar o‘rta yashar odamlarda tana og‘irligining 40-42 % ga yaqin ulushini tashkil etadi, qolgan 58 %-ini esa suyaklar, yog‘lar (17%), qon (8%), ichki a’zolar (8%), teri (4%), miya va nervlar (3%) tashkil etadi.
Muskullarning qisqarishi natijasida asosan ikki xil - me­xanik va statik harakatlar sodir bo‘ladi. Asosiy harakatlarga tana harakati kiradi. Masalan, yurish-to‘rish, qo‘l va oyokdar harakati va h.k. Statik harakatda muskullar qisqarsa ham hech qanday mexanik harakat sodir bo‘lmaydi. Bunga qo‘lda yuk ko‘tarib to‘rish harakatini misol qilish mumkin. Muskulning qisqarish kuchi uning uzun-kaltaligi, yo‘g‘on-ingichkaligi, hamda uning tarkibidagi tolachalarning soniga borliq.
Muskul qisqarganda uning tarkibida murakkab kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lib,jarayon issiqlik hosil qiladi.Tanada hosil bo‘lib turadigan issiqlik muskullar qisqarishining mahsulidir. Muskul qisqarishi natijasida amalga oshadigan kimyoviy jarayonlar natijasida uning tarkibida sut va karbonat kislotalari hosil bo‘ladi, bunday hil muskullarning charchashiga olib keladi. Muskullarga dam berilganda organizmda modda almashinish tezligi pasayib, hosil bo‘lgan chiqindi moddalar qon orqali chiqib ketadi va muskullarning qisqarish qobiliyati qayta tiklanadi.


Yüklə 51,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin