4-Mavzu. Professiografiya (Professiogramma) To’g’risida Umumiy Tushuncha



Yüklə 250,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.02.2023
ölçüsü250,75 Kb.
#84545
  1   2   3
4-Mavzu. Professiografiya (Professiogramma) To’g’risida Umumiy T



1
4-Mavzu. Professiografiya (Professiogramma) To’g’risida Umumiy Tushuncha 
Reja 
Professiografiyaning mohiyati. 
Muxandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif. 
Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat. 
Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo’llari. 
Professiografiyaning mohiyati. 
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyatning 
tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida 
psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu 
yondashuvning mohiyati - “kasblar tasviri” umuman olganda professiografiyani 
o’rganish, kasbning psixologik tavsifi va loyihalashtirishini o’z ichiga oladi. 
Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari
mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari o’rganiladi. 
Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni o’rganishda 
differentsial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati 
professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga bo’ysunishidir. Masalan, 
kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish 
kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko’ra farqlanishi lozim. Malaka 
darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, ko’nikma tavsifi 
muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o’rganish uchun shunday belgilardan 
foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini 
aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differentsial tamoyili kasbning o’rganish 
usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo’llanilish sohasi ya’ni 
professiografiya o’tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. 
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo’lib, u mutaxassisning 
motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi. 
Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo’lib, u aniq kasbda dolzarb bo’lgan 
psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi. Professiografik tadqiqot 
metodlari. Kasbning ilmiy ta’siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi ya’ni psixik 
jarayonlar ko’rishini ya’ni, mehnat sub’ektining ichki vositalariga bo’lgan integral 
psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi. 
Professiografiyada ko’pgina turli-tuman usullar qo’llanadi: 
Ijtimoiy (so’rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv); 


2
Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy 
so’rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o’rganish 
metodi); 
Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o’lchash antopometrik va texnik 
ma’lumotlar); 
Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va 
vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi 
usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni tashkil etuvchi 
omil tadqiqot maqsadi muhim rol o’ynaydi. 
Psixografiyalarni kasbga yo’naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy 
professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mehnat 
sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq 
o’rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo’nalishi bu shaxsning qobiliyatlari, 
psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning kasbga 
yo’naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar 
juda muhim hisoblanadi. qolgan tadqiqotlar o’quv - kasb muassasalarida talabalar
o’quvchilarni o’qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo’lgan sharoitlarni 
aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq 
majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo’naltirish, kasbiy 
yo’nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo’lmaydi. 
Ta’limga yo’naltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’ektligi haqidagi g’oya 
qo’yiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’ekti bo’lib, unga bir qator maxsus 
belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va 
loyiqalashtirish texnologiyalarini o’rganib chiqishdi. “Kasb pasporti” bloki kasb va 
mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo’nalish, kasb maqsadi, ta’lim 
darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Kasbning asosiy ob’ekti” 
(sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Inson - tabiat”, “inson 
- inson”, “inson - texnika”, “inson - belgilar tizimi”, “inson badiiy obraz” va 
boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi 
hisoblanadi. “Kasbiy predmetli salohiyat” bloki ko’p tizimli ta’lim sifatida kasbiy 
muhim tavsifini o’z ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi 
asosiy ob’ektlarga yo’naltirilgan, bu ob’ektlar qanday ob’ektlar, bu sohada mehnat 
natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega 
bo’lishi lozim. “Ijtimoiy kasbiy salohiyat” blokida shaxs ob’ektining quyidagi 
yo’nalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni o’zini nazorat eta 
olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga 
yo’naltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. 
Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda 
tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan 


3
psixofiziologik xususiyatlariga qo’yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy 
ko’rsatmalar, jinsiga, yoshga bo’lgan va sanitariya - gigienik talablar kiradi. 
Muxandis xodimlari faoliyatiga psixologik tavsif 
Ma’lumki, muxandis xodimlar kasbiy faoliyatining bir nechta xususiyatlari mavjud 
bo’lib, bu xususiyatlar xodimlarning ruhiy jihatdan tayyorgarligiga salmoqli ta’sir 
ko’rsatadi. Muxandis xodimlari faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri - xodimlar 
faoliyatining huquqiy jihatdan tartibga solinganligi. Muxandis xodimlar kasbiy 
faoliyatining normativ hujjatlar, yo’riqnomalar va buyruqlar asosida belgilab berilishi 
mehnatni samarali tashkil etish, faoliyatni erkin amalga oshirish uchun keng 
imkoniyatlar yaratadi. 
Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixologik holatini avvalo 
yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o’z vakolatlarini qo’llashi esa 
harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asosga egaligini aniqlash imkonini 
beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko’pincha bu holat qonunda 
belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog’liq bo’ladi, shu bois bu 
xodimdan juda katta hissiy-irodaviy zo’riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan 
oqilona va qonuniy ravishda foydalanish - muxandisxodimlariga qo’yiladigan juda 
muhim kasbiy talab- lardan biri. Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va 
maqsadga muvofiqligi ko’p hollarda xodimning shaxsiy fazilatlariga bog’liq. 
Muxandis xodimlari kasbiy faoliyatining o’ziga xos jihatlaridan biri keng doiradagi 
kishilar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlikdir. Xodim 
o’z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega bo’lgan 
shaxslar bilan muomala qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa xodimdan shaxs 
psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik asoslarini bilishni talab etadi. 
Albatta, xodimning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan bilish xususiyati xosdir. Bu 
esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina emas, balki 
ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Shu nuqtai nazardan 
muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy psixologik tizimlar 
mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va kommunikativ faoliyat. Albatta, 
xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda 
uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon bo’ladi. 
Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini 
ko’rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat 
beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko’plab turli xil talablar qo’yadi, ular orasida eng 
muhimlaridan biri — shaxsda kasbiy muhim xislatlarning rivojlanganlik darajasi 
bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 
xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo’nal- ganligi; 


4
xodimning psixologik tayyorgarligi; 
rivojlangan irodaviy xislatlar; 
noodatiy vaziyatlarda o’zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik; 
yaxshi rivojlangan kommunikativlik; 
turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar 
o’rnata olish va sir saqlay olish; 
turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir ko’rsata olish 
qobiliyati; 
rolga, boshqa qiyofaga kira olish; 
rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va diqqatlilik, 
rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur; 
rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan 
intuitsiya; 
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish. 
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va rivojlantirish 
davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimining kasbiy 
shakllanishi uchun zarur va shartdir. 
Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo’lmasligi yoki etarli rivojlanmaganligi uning 
o’z funktsional vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishiga xalaqit beradi, shaxsning o’z 
kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu bois ham 
xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik 
tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi. 
Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
Muxandis xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini takomillashtirishning etakchi 
omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir. 
Kasbiy faoliyat - bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus bilimlar, 
ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan sifatlarini talab 
etadi. Kasbiy faoliyat - bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). 
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirishda 
shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-
irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga 
qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi. 


5
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining 
kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik 
xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o’ziga 
xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur 
shart-sharoitlari hisoblanadi. U to’rt guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat: 

Yüklə 250,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin