46. Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab Xitoy mamlakatini qaysi hududlar bilan bog‘lovchi jahon ahamiyatiga ega «Buyuk Ipak yo‘li» deb ataluvchi karvon yo‘li o‘tadigan bo‘ldi?
A)
Markaziy va Janubiy Osiyo
B) O’rta Sharq va Sibir
C) Markaziy va Shimoliy Osiyo
D) Markaziy va G‘arbiy Osiyo
47. Qaysi asarda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida AQShda hukum surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi o'z ifodasini topgan?
A) Teodor Drayzerning "Moliyachi" asarida
B) Mark Tvenning "Munofiqlar oroli" asarida
C) Ga.rriyet Bicher-Stounning "Tom tog'aning kulbasi"
D) Jek Londonning "Temir tovon" asarida
48. O'zbekistonda 1929-1930-yillarda millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog'langanlikda ayblangan "Qosimovchilik" guruhi a'zolari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping .
1 ) N.Alimov ; 2 ) R. Inog’omov ; 3 ) B.Sharipov , 4 ) M.Saidjonov ; 5 ) S.Qosimov ; 6 ) U.Ashurov A ) 1 , 5 , 6 B ) 1.3.5 C ) 2,4,5 D ) 2,3,6
49. Qaysi davrda odamlar toshdan ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishgan?
A) So‘nggi paleolitda B) O’rta paleolitda
C) Neolit D) Eneolit
50. XX asr boshlarida Turkiyada davlat to'ntarishi amalga oshirilgan yillarni belgilang .
1) 1908-yil; 2) 1909-yil; 3) 1910-yil; 4) 1911-yil; 5) 1912-yil
A) 2,4 B) 1,3 C) 1,5 D) 2.5
51. 1997–1999-yillarda qaysi shaharlarda “Shanxay beshligi” sammiti bo’lib o’tadi?
A) Moskva, Almati, Bishkek.
B) Pekin, Moskva, Dushanbe.
C) Shanxay, Moskva, Almati.
D) Moskva, Dushanbe, Toshkent.
52. Xiva xonligida tashkil etilgan Kichik Kengash ishida xondan tashqari yana kimlar qatnashgan?
1. Inoq, 2. Qo`shbegi 3. Mehtar 4. Ko`kaldosh 5.
Devonbegi 6. Naqib 7. Inoq 8. Shayxulislom 9. Otaliq 10.
Bosh qozi
A) 1,3,5,7,9 B) 2,4,6,8,10
C) 2,3,5,6,8 D) 1,4,6,7,10
53. 1830-yili Parij shahrida boshlangan inqilobda aholining qaysi tabaqalari ishtirok etadi?
1) hunarmandlar, 2) ishchilar, 3) yirik zodagonlar, 4) talabalar, 5) dehqonlar, 6) burjuaziya, 7) zamindorlar.
A) 1,3,5,6 B) 1,2,4,5 C) 1,2,4,6, D) 1,4,6,7,
54. Buyuk Britaniyaga xayrixoh „Hurriyat va birdamlik“ partiyasi „Yosh turklar“ hukumatini noqobillikda ayblashiga sabab bo’lgan voqeani aniqlang.
A) Birinchi va ikkinchi Bolqon urushlarida Usmonli davlati Bolqondagi ta’siridan deyarli to‘la ajralishi.
B) „Yosh turklar“ hukumatini Germaniya bilan yaqinlashishi.
C) Italiya Liviyani bosib olishi.
D) Konsitutsiyaning bekor qilinishi.
55. Fransiyada 1920-yillarda sanoatning yangi paydo bo’gan turlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) avtomobilsozlik, radiotexnika,
mashinasozlik, neftni qayta ishlash.
B) metallurgiya, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kimyo sanoati.
C) avtomobilsozlik, samolyotsozlik,
neftni qayta ishlash, radiotexnika.
D) avtomobilsozlik, samolyotsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati
56. Misrda qaysi Prezident boshqaruvi davrida «inqilob himoyasiga yo‘naltirilgan har qanday dekretni» imzolashi va u sudda rad etilishi mumkin emasligini belgilab qo‘ydi?
A) Husni Muborak B) Muhammad Mursi
C) Abdul Fattoh as-Sisi D) Jamol Abdul Nosir
57. Novo-Ogaryovoda SSSR Prezidenti M.Gorbachyov hamda 9 ta ittifoqdosh respublikalar davlat oliy idoralari rahbarlarining uchrashuvi qachon bo’lib o’tadi?
A) 1991-yil 23-aprelda
B) 1991- yil 12- martda
C) 1991- yil 20- fevralda
D) 1991- yil 3- iyunda
58. Qachonga boshlab franklarning chek yerlari dehqon oilasini sotish yoki inom etish mumkin bo’lgan –allodga aylandi?
A) IV asr boshlarida B) V asr o’rtalarida
C) VI asr boshida D) VI asr oxirida
59. Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi qaysi viloyat 1882-yilda Step (Dasht) general-gubernatorligi tarkibiga qo’shigan?
A) Yettisuv viloyati B) Sirdaryo viloyati
C) Samarqand viloyati D)
Kaspiyorti viloyati
60. Quyidagi ma’’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping.
Abulg’oziy Bahodirxon Amir Shohmurod
a) qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la
osoyishtalikni ta’minlay olmadi.
b) Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlandi
c) pul islohatini amalga oshirgan
d) Shahrisabz va Kitobni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi
e) Bojxona xizmati va zarbxona tashkil etildi
f) Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to‘rtta birlashmaga bo‘ldi
g) hokimyatni o’z o’g’liga topshirgan
h)Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish
tizimlarini qayta tiklatdi
A) I-b,e,II-a,g,III-c B) I-f,b,II-h,c III-c
C) I-b,e,II-h,c,III-g D) I-b,f,II-h,c,III-g
61. Somoniylar hukumronilgi davrida qaysi hududdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar,
chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan?
A) Xazar va Bulg‘ordan
B) Sibirdan
C) Itil va bulg’ordan
D) Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistondan
62. O’rta Osiyo xonliklaridan qaysi birida xususiy yer-mulk egaligi harbiy xizmatchilarga yer berish orqali ham shakllantirilgan?
A) Buxoro amirligida B) Xiva xonligida
C) Buxoro xonligida C) Qo’qon xonligida
63. Qaysi davlatda o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni saqlab qolgan bo’lsada. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lkalarda esa hukumdor xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.
A) Eftallar davlatida
B) G’arbiy Turk xoqonligida
C) Oltin O’rad davlatida
D) Kidariylar davlatida
64. Turkman jangovar kuchlarining boshlig’i
Otamurodxon tomonidan qaysi qo’zg’olon
bostirilganini ko’rsating.
A) 1881-1891-yillarda bo’lib o’tgan Bobo Go’klan qo’zg’oloni
B) 1855-1856-yillarda bo’lib o’tgan Ernazarbiy
qo’zg’oloni
C) 1858-1859-yillarda bo’lib o’tgan qo’zg’olon
D) 1825-yilda bo’lgan Oydo’stbiy qo’zg’oloni
65. Yurtimizda muqaddas Qur’oni Karim kitobi
ilk bor kim tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan?
A) Alouddin Mansur
B) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
C) Nuriddin hoji Holiqnazarov
D) Oybek Muhammadqodir
66. Nuqtalar o‘rniga kerakli jumlani qo‘ying.
a) 1850-yilda Taypinlar qo‘zg‘oloni Xitoyning … da boshlandi;
b) Ilk o‘rta asrlarda Hindistonning … da ko‘plab dengiz porti shaharlari bo‘lib, ularga chet o‘lkalardan turli buyumlar keltirilar va, o‘z navbatida, hind hunarmandlari tayyorlagan xilma-xil buyumlar dunyoning turli burchaklariga olib ketilardi;
c) Afrosiyob – hozirgi Samarqandning … da mil.avv. VIII – VII asrlarda asos solingan
qadimiy shahar xarobalaridir;
d) Rivojlangan o‘rta asrlarda Fransiyaning … dagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini
birlashtirgan viloyat Flandriya hisoblangan.
1) shimol; 2) janub; 3) g‘arb; 4) sharq.
A) a-1; b-2; c-3; d-4 B) a-2; b-3; c-4; d-1
C) a-3; b-2; c-1; d-4 D) a-2; b-4; c-1; d-3
67. Sovet hukumatining rahbari V.I. Leninning buyrug‘i bilan O‘rta Osiyoning favqulodda komissari etib tayinlandi?
A) P. Kobozev B) F.Kolesov
C) I.Tobolin D) M.Frunze
68. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga
mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan
javobni toping.
Ma’lumotlar: 1) 1722-yil; 2) 1736-yil; 3) Nodirshoh; 4) Mir Mahmud; 5) Horun Bug‘roxon; 6) Nasr Eloqxon; 7) Xiva xonligiga asos solindi; 8) Buxoro xoni Ubaydullaxon Xivani bosib oldi
A) a-6, b-2, c-3, d-7 B) a-5, b-1, c-4, d-8
C) a-6, b-1, c-4, d-8 D) a-5, b-2, c-3, d-7
69. Aksumda IV asrda mahalliy yozuv islohoti natijasida vujudga kelgan alifbo bugungi kunda ham saqlanib qolayotgan davlat qaysi raqamda belgilangan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
70. SSSR va AQSH vositachiligida Xitoy
Kommunistik par tiyasi bilan Gomindan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o’tgan yil qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan.
A) 1946-yil iyunda B) 1947-yil
iyulda
C) 1946-yil noyabrda D) 1945-yil avgustda
71. Quyidagi qaysi voqea AQSHda fermerlar soni 3 marta ko‘paygan davrda sodir bo’lganligini aniqlang?
A) AQSHda aholining 2 foizini taslikil etgan sarmoyadorlar milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshladi.
B) Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo‘lgan „Po’lat korporatsiyasi" deb atalgan katta trestni tashkil etdi.
C) AQSH Xitoydagi inqilobga qarshi chiqqan kuchlarni qo’llabquvvatladi
D) Britaniyada Lordlar palatasi veto huquqlari cheklandi.
72. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi qachon ta’sis qilindi?
A) 1992-yil mat B) 1992-yil fevral
C) 1993-yil fevral D) 1994-yil noyabr
73. Qachon Yosh xivaliklar partiyasi rahbari
Polvonniyoz Yusupovboshchiligidagi delegatsiya
Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi?
A) 1917-yil mart B) 1917-yil iyun
C) 1917-yil aprel D) 1917-yil may
74. Quyidagilardan afg‘onlarning gilzoiy (a),
durroniy (b) va barakzay (c) qabila (sulola) lari
vakillari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1)Mir Mahmud; 2)Shuju; 3)Do‘st Muhammad;
4)Nodir Quli.
A)a-2, b-3, c-4 B)a-2, b-4, c-1
C)a-1, b-4, c-3 D)a-1, b-2, c-3
75. Qaysi Qo’qon xoni davrida asosan, tojik o'troq aholisi yashaydigan hududlar egallagan?
A) Umarxon B) Madalixon
C) Olimxon D) Norbo’tabiy